D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə40/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Adabiyot va san’at asarlari mustaqil respublikamiz fuqarolari ma’naviy
dunyosini boyitish, ularni go’zal narsalarning hammasidan bahramand qilish kabi
ajoyib xususiyatlarga ega. Ma’naviyat, yuksak badiiy, jozibali adabiyot va san’at
asarlari kishilar qalbiga tezroq yo’l topish, estetik hissiyotiga kuchli ta’sir qilish,
hayotiy voqea-hodisalarni chuqur mushohada etishga da’vat etish kabi xususiyatlari
bilan ajralib turadi. Shuning uchun adabiyot va san’at asarlarining kishilarni yuksak
ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashdagi badiiy ta’sir etishdek vositalik xususiyatidan
imkoni boricha kengroq foydalanish muhim ahamiyatga egadir.



49
Adabiyot va san’at asarlarining kuchi uning xalqchil va tushunarliligida, kishilar


ichki – ruhiy dunyosiga emosional ta’sir ko’rsata olishidadir. Ma’naviy barkamol
avlodni tarbiyalashda adabiyot va san’atning ana shu xususiyatini hisobga olish
muhimdir.
Ma’naviy tarbiyada o’zbek xalqining boy ma’naviy merosidan keng foydalanish uning
ta’sirchanligi, samaradorligini oshirishda muhim omil bo’la oladi. Yoshlarimiz
ma’naviy tarbiyasida Yusuf xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Lutfiy,
Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mashrab, Muqumiy, Furqat, Abdulla Qodiriy,
Cho’lpon, Usmon Nosir kabi mumtoz shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan
foydalanishimiz ular qalbini, ruhiy dunyosini ma’naviy boyitishda katta ahamiyatga
egadir. Ularning bizga qoldirgan boy badiiy-ma’naviy merosi o’zining chuqur falsafiy
mazmuni, axloqiy yo’nalishi bilan ajralib turadi.
Mumtoz san’atkorlarimiz asarlarida halollik va poklik, to’g‘rilik, birovning
haqiga ko’z olaytirmaslik, xiyonat qilmaslik, insonparvarlik, vatanparvalik,
mehnatsevarlik, diyonatlilik, iymonlilik, halol luqma bilan kun ko’rish, ota-onani
hurmat qilish kabi inson uchun zarur ma’naviy xislatlar yuqori badiiy saviyada bayon
etilgan.
Ma’naviy tarbiyada Pirimqo’l Qodirov, Odil Yoqubov, Sayd Ahmad, O’tkir
Hoshimov kabi yozuvchilarimiz; Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Oydin Hojiyeva,
Omon Matchon kabi shoirlarimizning asarlaridan ham keng foydalanish, badiiy
asarlar, ulardagi qahramonlarning fe’l-atvori, axloqi, ma’naviy dunyosi to’g‘risida
suhbat, munozara o’tkazish katta samara beradi.
Ma’naviy tarbiyada kishilar ongi, ruhiyatiga ta’sir etishda teatr san’atining ham
roli, o’rni va ahamiyati, ta’sir etish doirasi imkoniyatlari cheksizdir. Biz teatr san’atini
ikki tomoni charxlangan shamshirga o’xshatishimiz mumkin. U bir tomoni bilan
kishilar qalbiga yorug‘lik olib kirsa, uni yuksak ma’naviylik tomon yo’llasa, ikkinchi
tomoni bilan inson qalbidagi nodonlik, jaholat, ya’ni, ma’naviyatsizlikka va jaholatga
qarshi kurashadi.
Teatr san’ati boshqa san’at turlari kabi obrazli – badiiy tabiati bilan inson qalbiga
emosional ta’sir ko’rsatish, uning ruhiy dunyosiga chuqur kirib borish, shu orqali
ma’naviy dunyosini boyitish xususiyatiga ega. Mustaqillikni mustahkamlash,
kishilarni yuksak ma’naviylik ruhida tarbiyalashda teatr san’atining ana shu
xususiyatidan unumli foydalanish zamon talabi. Afsuski, kishilarimiz, shu jumladan
yoshlarimizning teatr, kino san’ati yoki san’atning boshqa turlariga bo’lgan qiziqishi
unchalik yetarli darajada emasligi kishini ajablantiradi.
Teatr voqeligimiz, kishilarimiz turmushi, intilishi, qiziqishi, xatti-harakatlarini
hayajon bilan aks ettiradigan maydondir. U bir vaqtning o’zida ham so’z, ham musiqa,
ham xatti-harakat orqali inson qalbiga ta’sir etish xususiyatiga egaligi bilan ajralib
turadi. Shuning uchun teatr va kino san’atining bu xususiyatidan ma’naviy tarbiyada
foydalanish katta samara berishi shubhasiz. Faqat ulardan samarali foydalanish lozim
bo’ladi.



50


1. Milliy o‘zlikni anglash ma’naviyatni qay darjada belgilaydi?
2. G‘arbona individulaizm ba sharqona jamoaviylik o‘rtasidagi tafovut nimalarda
aks etadi.?
3. Ma’naviy tahdid deganda nimani tushunasiz?
4. Milliy taraqqiyotda milliy ruh, milliy mentalitetning ta’siri nimalardan iborat?
5. Vijdon uyg‘oqligi va inson ma’naviyati o‘rtasidagi bog‘liqlikni izohlab bering?
6. Din ma’naviyatning tarkibiy qismi ekanligini izohlab bering?
7. Kishilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda adabiyot va san’atning ahamiyati
nimada deb bilasiz?
8. Qaysi yozuvchi va shoirlar asarlarida o’zbek milliy ma’naviyatining o’ziga xos
jihatlari o’z ifodasini topgan? Ular milliy ma’naviyatimizning rivojlanishida qanday
ahamiyatga ega?



Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin