Tayanch tushunchalar: pedagogik jarayon, ma’naviyat, ma’naviy tarbiya,
o‘zlikni anglash, milliy o‘zlikni anglash, mehr-oqibat, diyonat, e’tiqot, adolat,
madaniyat, mentalitet, ma’naviy tahdid, mafkura, milliy g‘urur, milliy ruh, ahloq,
milliy bayramlar, xalq og‘zaki ijodi, oila, mahalla, ta’lim tarbiya.
1. Pedagogik jarayon va ma’naviyat tushunchasi haqida ma’lumot.
Pedagogik jarayon – ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga
qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o‘zaro
munosabatlari.
Ma’naviyat – ma’ni, ma’no degan ma’nolarni anglatadi va bu ma’nolar bilan
chegaralanib qolmaydi. Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban uyg‘onishga
chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon e’tiqodini butun
qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch. Insonning barcha qarashlarining
mezonidir. Demak, ma’naviyat tushunchasi jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy,
ma’rifiy, madaniy, diniy va ahloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etadi. Insonning
ruhiy poklanishi va qalban uyg‘onishi ma’naviyatning negizi va ma’no mazmunini
belgilaydi.
Ma’naviyatni anglashimiz uchun nima qilishimiz lozim? Har qaysi inson o‘zini
anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini
chuqurroq o‘zlashtirishi, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga
daxldorlik tuyg‘usi bilan yashash zarur. Ana shunday noyob insoniy fazilatlarga,
yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan xalq hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi,
o‘zining ezgu maqsadlariga erishadi.
Ma’naviyat o‘z navbatida quyidagi tarkibiy qizmlarga bo‘linadi.
Ma’naviyatning tarkibiy qismlari:
8-§. PEDAGOGIK JARAYONDA BO‘ LAJAK
O‘QITUVChILARNING MA'NAVIYATINI
Dostları ilə paylaş: |