D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə38/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

ShAKLLATIRISh 
g‘oya
mafkura
ma’naviyat
amaliyot
ma’rifat



46
2. Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar: 


 Ma’naviy meros (yozma va og‘zaki ijod namunalari “Avesto”, (Masalan,
Avesto va undagi Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal degan so‘zlar hozirgi kunda ham
ma’naviyatimiz shakllanishiga ulkan hissa qo‘shadi.) “Fozil odamlar shahri”,
“Mahbub ul qulub”), madaniy boyliklar, tarixiy yodgorliklar.
 Xalq og‘zaki ijodi (askiyalar, hikmatlar va hk)
 Din va diniy qadriyatlar
 Bemisli ilmiy ijodiy kashfiyotlar.
 Oila
 Mahalla
 Ta’lim – tarbiya tizimi
3. Ma’naviy tarbiyani shakllatirishga xizmat qiladigan namunalar: 
 «Otalar so’zi – aqlnini ko’zi»
 Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda ota-ona mas’uliyati.
 Adabiyot va san’at – shaxs ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning
muhim vositasi.
Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari ko’p. O’zbek
xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar davom etib kelayotgan, o’z
ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan biri – ota-onani
yuksak darajada e’zozlash, hurmatini joyiga quyishdan iboratdir. Farzand uchun
dunyoda ota-onadan ko’ra mehribon, aziz va moʻtabar zot yo’q. Ota-ona
farzandlarning suyanchig‘i, bitmas-tuganmas boyligidir.
Ota-ona o’z farzandidan hech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato etgan
buyukliklari ham ana shunda. O’zbek xalqi odob-axloqi bo’yicha, keksalarning, ota-
onaning oldidan salom bermasdan o’tish gunoh hisoblanadi. Ota-onani qadrlash,
ularning beo’lchov, beminnat xizmatiga bir umr sodiq bo’lish, duolarini olish –
bolalarning farzandlik burchidir. Bu milliy qadriyatlarimizning eng muhim
talablaridan biridir.
Buyuk bobomiz hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek ota-onani hurmat qilish
«…farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha 
ortiq bo’lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang uchun butun 
jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyong obod bo’lishni istasang, shu ikki 
odamning roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turgan – birisini oy deb bil, 
ikkinchisini quyosh. Ularning so’zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan 
chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. Hamma xizmatni sen odob bilan bajar, 
«adab» so’zidagi «dol» kabi qomatingni ham qil».
Tan olishimiz kerakki, sho’rolar davrida keksalarni, ota-onalarni hurmat qilish
haqidagi milliy qadriyatlarimiz biroz xira torta boshladi. Ba’zi yoshlarimizda
o’zlaridan kattalarni, nuroniy qariyalarni hurmat qilish, ularning nasihatlariga quloq
solish singari yuksak ma’naviy fazilatlar yo’qolib ketayotgani sezilmoqda. Ehtimol,
boshqa millat kishilari bunga unchalik e’tibor berishmas, lekin biz, o’zbeklar buni his
qilmay ilojimiz yo’q.
Keksalar uchun ajratilgan uylarda farzandlari tirik o’ziga to’q bo’lgan ota-onalar
yashayotganligiga toqat qilib bo’lmaydi. Gohi-gohida bo’lsa ham, ota-onaga qo’l



47
ko’tarish, undan ham og‘irroq jinoyat qilish hollari sodir bo’lib turganligini eshitib


turibmiz! Bu – oddiy nuqson emas, balki uchiga chiqgan tubanlik bag‘ritoshlik milliy
qadriyatlarimizni
oyoq-osti
qilish,
o’z
insoniyligini
yo’qotishdir.
Milliy
qadriyatlarimizga, o’zbek xalqining sha’niga dog‘ tushuradigan bunday yaramas
hodisalar zamini, ildizi, sababi nimada, degan savol paydo bo’lishi tabiiy.
Kattalarga
izzat-ikrom,
kichiklarga
mehr-shafqat,
ota-onalarga
e’zoz,
farzandlarga mehr-sadoqat kabi insonni inson sifatida ulug‘laydigan, axloqiy,
ma’naviy jihatdan go’zal va barkamol qiladigan qadriyatlarimiz odamlar, ayniqsa
yoshlar qalbidan o’rin ola boshlagani quvonchli bir holdir. Mustaqil O’zbekiston
Respublikasining asosiy qonuni – Konstitutsiyada farzandlarning jamiyat, oila, ota-
onalari oldidagi insoniy burchlari va mas’uliyatlari nimalardan iboratligi milliy
qadriyatlarimizdagi asosiy g‘oya va qoidalarga asoslanib belgilab berilgan. Uning 66-
moddasida qayd qilinishicha, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-
onalari haqida g‘amho’rlik qilishga majburdirlar.
Xullas, har bir farzandning o’z ota-onasini e’zozlashi farzandlik burchi va
jamiyat oldidagi mas’uliyati sanaladi. Ota-onani e’zozlashning quyidagi sharqona
talablariga hammamiz amal qilishimiz ham farz, ham qarz, farzandlik burchimizdir.
Ota-onaga taom berish, ozoda qilib kiyintirib qo’yish, kasal bo’lganda shifokorga
ko’rsatish, kerakli dori-darmonni keltirib berish, doimo hol-ahvol, sihat-
salomatliklarini so’rab turish, ota-ona oldida «uh» tortmaslik gerdaymaslik lozim
bo’ladi. Ota-ona norizo bo’lgan ishni qilmaslik, aroq ichma, yomonlarga qo’shilma,
desa uni qilmaslik va qo’shilmaslik kerak bo’ladi. Ko’chada yurganda otadan oldin
yurmaslik, otadan avval ovqatga, dasturxonga qo’l uzatmaslik, otadan avval
o’tirmaslik, otadan ko’ra poygakda oʻtirish lozim. Otaning oldida oyoqni uzatib,
yonboshlab olish bizning axloq-odobimizga kirmaydi. Ota-ona chaqirganda labbay deb
javob qaytarish, nima ish qilayotgan bo’lsa, hech ikkilanmasdan darrov ularga javob
berish farzandlik burchi hisoblanadi. Shunda ota-ona o’z farzandidan rozi bo’ladi. Ota-
onaning roziligini olgan farzand baraka topadi, ishi o’ngidan kelaveradi, oldiga
qo’ygan maqsadiga erishadi.
Ota-onasi norizo bo’lgan farzand kechgacha yugursa ham, ishining barakasi
bo’lmaydi, biri ikkiga aylanmaydi. Turmushga chiqish, uylanishda ota-onaning
roziligini, oq fotihasini olishda hikmat ko’p. Yuqoridagilarning hammasi biz uchun bir
hovuch oltin, xazina. Kelgusi hayotimiz uchun poydevor qo’yish demakdir. Bu dunyo
qaytar dunyo, nima eksang shuni oʻrasan, siz ota-onangizga nima qilgan bo’lsangiz, u
sizga farzandlaringizdan qaytadi. Bu ham tabiat qonuni bo’lsa neajab!
Endi ota-onani hurmat qilishning ulug‘vorligi haqidagi ba’zi ibratli fikrlarni
hadislardan keltirib o’tamiz. «qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab 
ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan 
bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi 
birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha, Olloh taolo undan rozi bo’lmaydi»; «Kim ota-
onasini rozi qilsa, unga tubo (jannatdagi daraxt) nasib bo’lib, Olloh taolo uning umrini 
ham ziyoda qiladi»; «Uch toifa kishilarning duosi, hech shubhasiz, Olloh taologa 
maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi»; «Ota-
onalarning keksaygan vaqtda har ikkisini yoki biri bo’lmaganda boshqasini rozi qilib, 



48
jannatiy bo’lib olmagan farzand xor bo’lsin, xor bo’lsin, va yana xor bo’lsin»; «Ota-


onaga itoat qilish – tangriga itoat qilishdir. Uni oldida gunoh qilish tangri oldida 
gunoh ish qilish bilan barobardir» va boshqalar. Farzand tarbiyasi quyidagi
bosqichlarda amalga oshirilishini har bir ota-ona yaxshi bilishi foydadan holi
bo’lmaydi.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin