D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi


Avloniyning ta’limiy-axloqiy qarashlari



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə52/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

2.Avloniyning ta’limiy-axloqiy qarashlari: 
Uning pedagogik qarashlari bugungi kunda oʻzbek milliy maktabini yaratishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Avloniy ijodiy merosini chuqur oʻrganishga qiziqish ortib
bormoqda. U insonga xos xulqni ikkiga – yaxshi va yomonga ajrata-di. “Yaxshi



64
xulqlar” deb nomlangan birinchi qismida u 31 fazilat, “Yomon xulqlar” deb atalgan


ikkinchi qismda esa 20 illatga ta’rif beradi. Oʻz mulohazalarini dalillash uchun Qur’-
on

oyatlari va hadislardan, shuningdek, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa’diy, Mirzo Bedil


singari mashhur mutafak-kirlarning fikrlarini keltiradi. Har bir axloqiy kategoriyaga
oʻz munosabatini bildirgach, oʻsha fikrning mazmunini ifodalovchi bayt yo biror
maqol-hikmat ilova qiladi.
Avloniy “axloq ulamosi” ning qarashlari asosida insonlarning xulqlarini yaxshi
va yomon xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi
xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom, vijdon, vatanni suymak kabi fazilatlarni
kiritsa, g‘azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqning belgilari deb
biladi. Avloniyning ma’rifatparvarlik va milliy uyg‘onish g‘oyalarini kuylagan
dastlabki she’rlari oʻzbek milliy uyg‘onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki
boʻlib qoladi. U bu turkumga mansub she’rlarida oʻzbek mumtoz adabiyotidagi she’riy
shakllarni katta ijtimoiy mazmun, ma’rifatparvarlik g‘oyalari, hajviy ruh va xalqona
ohanglar bilan boyitdi.
Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she’r va masallar yozgan. Shoir
bu asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab
va kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg‘otishni maqsad qilib qoʻygan.
Uning koʻpgina she’rlari zamirida Vatanni sevish g‘oyasi yotadi. Shoir bu she’rlarida
Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat oʻsha 10-yillarning
oʻrtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik
zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan ta’rifini boshlab, “Tog‘laridan konlar
chiqar, Erlaridan donlar chiqar… Havosi oʻta yoqumlik, Choʻllari bor toshlik, qumlik,
Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona diyorga
katta mehr uyg‘otishga erishadi.
Ma’rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy she’riyatida markaziy oʻrin egallaydi.
Shoir ilm - fanning fazilatlarini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan”
kabi tushunchalar shoir she’rlarida ezgulikning betim-sol ramzi, obrazi darajasiga
koʻtariladi, “jaholat” va “nodon-lik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin
qilinadi.
Abdulla Avloniyning “Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom” asari ham mavjud.
Ushbu asar boshlang‘ich maktablarning oʻquvchilariga moʻljallangan. Bu asar birinchi
marta 1910 yilda Munavvarqori tomonidan Toshkentda Il’in bosmaxonasida bosilgan.
Mustaqillik yillarida esa Zokirxon Afzalov Shokirxon oʻg‘li tomonidan 1994 yilda
“Fan” nashriyotida chop etilgan. Risolada Odam alayhissa-lomdan Muhammad
alayhissalomgacha oʻtgan payg‘ambarlarning qissalari va zuhuri islom zikr etilgan.
Islom tarixi fanida payg‘ambarlar tarixi, payg‘am-barimiz Muhammad
alayhissalomning hayotlari va Islom dini tarixi, shuningdek, ilk xalifalik davri tarixi
uch bosqichda oʻrganiladi. Nasiruddin Rabg‘uziyning “Qissayi Rabg‘uziy”, Alisher
Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlari payg‘ambarlar tarixiga oid boʻlsa,
Alixontoʻra Sog‘uniyning “Tarixi Muhammadiy”si ikkinchi va Rizouddin ibn Faxrud-
dinning “Xulafoi roshidin” asari uchinchi davrni oʻz ichiga oladi. Abdulla Avloniy
asari mana shu uch davrni mujassam-lashtirgan. Adibning asosiy koʻzlagan maqsadi
millat kelajagi boʻlgan bolalarni boshlang‘ich sinfdanoq qisqacha boʻlsa-da Islom



65
tarixi bilan tanishtirish, diniy ma’rifatlarni oshirish, ularning qalblariga iymon nurini


singdirish boʻlgan. Abdulla Avloniyning bu asari tahsinga sazovordir.
U oʻzbek xalqi madaniyati, ma’rifati bilan bir qatorda qoʻshni afg‘on xalqi
ijtimoiy-siyosiy hayotida ham 1919-1920 yillarda muhim rol’ oʻynagan. Shoʻro
hukumatining Afg‘onistondagi siyosiy vakili va konsuli vazifasini bajargan.
Avloniy asarlar yozish bilan bir qatorda maktablar ochish, xalqni savodxon
qilishi, oʻzbek xotin-qizlarini oʻqitish, oʻqituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash bilan
shug‘ullanadi. U 1923-24 yillarda eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim
yurtlari mudiri, 1924-29 yillarda Toshkent harbiy maktabida oʻqituvchi, 1925-34
yillarda Oʻrta Osiyo Kommunistik universiteti, Oʻrta Osiyo Qishloq xoʻjaligi
maktabida, Oʻrta Osiyo Davlat universitetida dars beradi. Pedagogika fakul’tetining til
va adabiyot kafedrasi professori va mudiri boʻlib ishladi.
U 1933 yilda oʻzbek maktablarining 7-sinfi uchun “Adabiyot xristomatiyasi”
tuzib, nashr ettirdi. Abdulla Avloniy “Hijron”, “Nabil”, “Indamas”, “Shuhrat”, “Tang-
riquli”, “Surayyo”, “Shapaloq”, “Chol”, “Ab”, “Chig‘aboy”, “Abdulhaq” taxalluslari
bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq she’r ijod qilgan.
Avloniy 1927 yilda “Mehnat qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. 1930 yilda
unga “Oʻzbekiston xalq maorifi zarbdori” faxriy unvoni berildi.
Hozirda mustaqil Oʻzbekistonimizda Abdulla Avloniy nomida bir qator
maktablar bor. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar adabiyoti boʻyicha uning
nomida mukofot ta’sis etgan. Toshkent koʻchalaridan biri, Respublika oʻqituvchilar
malakasini oshirish markazi va mahallalardan biri uning nomida. Respublika
oʻqituvchilar malakasini oshirish markazida Abdulla Avloniy muzeyi tashkil qilingan.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin