D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə54/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Nazorat savollari:



74


Tayanch tushunchalar: konsepsiya, ilmiy –innovatsion faoliyat, milliy reyting 
tizimi, davlat dasturi, ilmiy g‘oyalar, iqtidorli yoshlar, mehnat bozori, integratsiya, 
tizimli ishlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, malakaviy amaliyotlar, amaliy mashg‘ulotlar, 
iqtidorli yosh pedagoglar, doktarantlar, maxsus stipendiyalar, o‘quv labaratoriya 
anjomlari, o‘quv metodik adabiyotlar, rivojlantirish istiqbollari, yoshlar muammolari, 
tahliliy va ilmiy-amaliy tadqiqotlar. 

1. Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maqsadi. 
Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadi ilm-fanni
rivojlantirish,
yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash,
ularga
zamonaviy
ilm
-fan
texnologiyalarining barcha sir- asrorlarini mukammal darajada biladigan yetuk kadr
qilib voyaga yetkazish, har bir fuqaronini mustaqil fikrga ega shaxs sifatida tarbiyalash,
hayotimizdagi barcha sohalarni zamon talablariga mos tarzda rivojlantirish asosiy
maqsad qilib olingan. Inson kundalik turmushida ham uchratish mumkinki, inson
uyqudan uyg‘onganda kun davomida qiladigan ishlari rejasini tuzib oladi, davlat ham
huddi shundek, inson reja asosida yashasa ma’lum maqsadga erishishi oson bo‘ladi.
Shuning uchun ham ilm-fanni rivojlantirish borasida, “Ilm-fanni 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyas” ishlab chiqilgan. Ilmiy –tashkilot , ilmiy –inovatsion
faoliyati samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan milliy reyting tizimini joriy etish;
2025-yilga qadar ilm –fanga yo‘naltirilgan jami mablag‘larning YAIM nisbatan
ulushini 6 baravarga, 2030-yildan esa 10 baravarga oshirish; ilmiy -tashkilotlarda
tadqiqotchilarimizning o‘rtacha yoshini 2025-yilga qadar 45ga, 2030-yilgacha esa 39
yoshga yetkazish, 2025-yilga qadar 39 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarimizning
umumiy sonini yuqori malaka ilmiy hodimlarining (fan nomzodi, falsafa va fan
doktori) ulushini 2 baravarga, 2030-yilgacha esa 3 baravarga oshirish kabi masalalarni
qamrab olgan.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin