D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi


“Turkiy Guliston-yohud ahloq” asaridagi ta’lim-tarbiyaviy masalalar



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə53/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

3.“Turkiy Guliston-yohud ahloq” asaridagi ta’lim-tarbiyaviy masalalar. 
Abdulla Avloniyning
“Turkiy Guliston yoxud axloq” nomli 1913-yilda
yozilgan asari asr tonggi o‘zbek badiiy pedagogikasi tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega. U
shakl, qurilish (kompozitsiya), mazmun va maqsad jihatidan buyuk fors shoiri Shayx
Sa’diy (1203-1292) ning “Bo‘ston” hamda “Guliston” nomli jahonga mashhur
asarlarining an’analari ruhida yozilgan. Buni asar nomidagi ishoraning o‘ziyoq
ko‘rsatib turibdi. Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston…” asarini o‘z davrining
maktablari, yoshlari, xususan, yuqori sinf o‘quvchilari uchun qo‘llanma tarzida
yaratdi
.
Asarning tub mohiyatini yoshlarni ma’rifatga chorlash, sharqona, ko‘p milliy
an’analarimiz ruhidagi tarbiya ishining yo‘l-yo‘riqlarini talqin etish, ayni vaqtda,
ta’lim-tarbiya sohasida yangi asrning ilg‘or talabalarini qo‘yish, axloq
muammolarining shaxs kamoloti va jamiyat ravnaqidagi o‘rnini yoritish tashkil etadi.
Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston…” da yaxshi va yomon xulq, ruh, fikr, axloq, o‘y
va maktab tarbiyalari haqida mulohaza yuritar ekan, ularning har biridagi o‘ziga xos
tomonlarni ochib berishga harakat qildi. Uning o‘qish, o‘qitish, tarbiya ishlarida davr
talabi asosida islohotni amalga oshirish nihoyatda zarur degan fikrni o‘z zamoni uchun
ham, bugungi kun uchun ham qimmatlidir. “Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo 
mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidur”, deb yozadi Avloniy.



66
Shunisi alohida diqqatga sazovorki, “Turkiy Guliston…” da tarbiyaviy ishlar


bugun deyarli unutilib borayotgan diyonat, sa’y va g‘ayrat, riyozat, shijoat, qanoat,
sabr, hilm, nafs, vijdon, iffat, havo, viqor, hivzi lison, munislik, xayrixohlik,
oliyhimmatlik kabi yuksak axloqiy tushunchlar (ilmni egallash va vatanparvarlik
g‘oyasi bilan chambarchas aloqada); zulm, nifoq, ta’ma, hasad, loqaydlik, g‘iybat,
haqorat, uyatsizlik, namimat (chaqimchilik), adovat, xasislik, vijdonsizlik, johillik,
g‘azab, xiyonat singari shaxs tabiatidagi yomon xulqlar (millat va vatan saodatiga
e’tiborsizlik va bepisandlik bilan bog‘langan holda) muhim ijtimoiy muammo sifatida
talqin etiladi. Ularning inson hayoti va taqdiridagi o‘rni va rolini muallif lo‘nda, aniq
va muxtasar ravishda talqin qiladi. Bu axloq luzumlarini chuqur o‘zlashtirish bugungi
yoshlar uchun ham, shubhasiz, muhim ahamiyat kasb etadi.
Asar quruq pand-nasihatlardangina tashkil topgan emas. Undagi qator fikr,
g‘oyalarda XX asr boshlaridagi Turkiston xalrlaridagi milliy uyg‘onish ruhi aks
ettirilgan. Xususan, millat kelajagi haqidagi qayg‘urish, vatan istiqboli haqida o‘ylash,
el va yurtga sodiq, vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga birinchi darajali e’tibor berish
kerakligi “Turkiy Guliston…” ning g‘oyaviy-badiiy mazmunida alohida o‘rin tutadi.
Men xastayamu millatim o‘lmish nega bemor?!”, deydi Avloniy kitobning
boshlanishida va xasta dilni, bemor millatni davolashning asosiy yo‘li nimadan iborat?
– degan savolga butun asar davomida javob berishga intiladi.
Asardagi barcha naql-hikoyatlar g‘oyasidan kelib chiqadigan badiiy mantiq
shuki, insonni barkamol etish va millatning ravnaq toptirishning asosiy yo‘li – har bir
shaxsning yuksak axloqli va ma’naviy go‘zal, ilmli va ma’rifatli bo‘lishiga erishishdan
hamda butun kuch-quvvat, aql-zakovat, bilimu idrok, aqchayu iqtisod – barchasini
vatan ravnaqi va xalq saodatiga yo‘naltirishdan iboratdir.
Asarda XX asr boshlaridagi milliy uyg‘onish ruhi, ayniqsa, vatanga, millatga
sodiq farzandlar tayyorlash zarurligi o‘tkir qo‘yilgan. “Amerikaliklar bir dona bug‘doy
ekub, yigirma qadoq bug‘doy olurlar. Ovrupalilar o‘zimizdan olgan besh tiyinli
paxtamizni keturib, o‘zimizga yigirma besh tiyinga soturlar! Ammo bizlar osiyolilar,
xususan, turkistonlilar dumba sotub, chandir chaynaymiz. Qaymoq berib, sut oshiymiz,
non o‘rniga kesak tishlaymiz!” degan fikrlar ulug‘ adib Abdulla Avloniy asr
boshidayoq bu masala xususida nechog‘lik chuqur va teran mushohada yuritganini
ko‘rsatib turibdi.
Bu – o‘zligimizni anglash uchun, o‘z qadrimizga yetish, istiqlolni kiritish uchun
aytilgan dadil va jasur fikrlar edi. Biz haqiqiy mustaqillikni qo‘lga kiritgandan
keyingina o‘shanday kamchiliklarni bartaraf etish, o‘shal orzu, o‘shal da’vatni amalga
oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldik
Hozir alohida iftixor bilan takrorlayotganimiz – muqaddas hadisda aytilgan
“Xubbul vatan-minal iymon” – “Vatanni sevmoq iymondandir” degan fikrga ham
Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy Guliston…” ida alohida o‘rin ajratgan. Yoxud yana
bir misol. “Hifzi lison deb har bir millat o‘z ona tili va adabiyotining saqlamagani
aytilur, - deydi Abdulla Avloniy shu asarida. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini
yo‘qotmakdur. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulangani kamlik qilub, bir chetiga
rus tili ham yopishdurmakdadurmiz. Durust, bizlarga hukukatimiz bo‘lg‘on rus lisonin



67
bilmak hayot va saodatimiz uchun osh va non kabi keraklik narsadur. Lekin o‘z


erkimizga ishlatmak va so‘zlamak lozimdur”.
Avloniyning asr boshidagi bu xasratli nidosi buyuk bobolarimiz arvohlarining
ruhi yanglig‘ turkistonliklar boshi uzra deyarli sakson yil davomida charx urib yurdi.
Axloqiy-falsafiy mazmunga ega bo‘lgan “Turkiy Guliston…” badiiy teran va go‘zal
asardir. U “Axloq”, “Tarbiya”, “Yaxshi xulqlar”, “Yomon xulqlar” deb nomlangan
kimsalarga bo‘linadi. Ularning ichida har bir axloqiy tushunchani yuritishga alohida
parcha ajratiladi va u mo‘jaz naql, ixcham hikoyatlar bilan bezaladi-pedagogik
mazmun badiiy va tarixiy obrazlar vositasida yanada mustahkamlanadi.
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston (Markaziy Osiyo)
o‘lkasida pedagogic fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda
ilg‘or ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir,
dramaturg, muallim Abdulla Avloniy (1878-1934) ning xizmatlari ko‘p. U maktablar
ochib, shaxsan o‘zi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan
ta’minlash ishiga katta hissa qo‘shdi. Uning qalamiga mansub «Turkiy Guliston yoxud
axloq», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» «Maktab Gulistoni» asarlari bir necha
bor nashr etildi. Bular ichida «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari o‘zbek klassik
pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi. Abdulla Avloniy mazkur asarni fors
klassik shoiri shayx Muslihiddin Sa’diy (1184-1310) ning «Guliston» asaridan
ta’sirlanib, unga taqlid qilib yozganligi haqida shunday deydi: «Ban bu asari
nochizonami bir necha muallim birodarlarimning iltijolari ila yozmoq va nashr
qilmoqg‘a g‘ayrat va jasorat qilmish edim. Alhamdu lilloh val minna ikkinchi tab’ihada
muvaffaq o‘ldum, chunki Turkiston maktablarida o‘z shevamizda (o‘zbek tilida
demoqchi) yozilmish mukammal «Axloq kitobining shunday asarga tashna va muhtoj
ekanlig‘i o‘zum muallimlar jumlasidan o‘ldig‘imdan manga ham ochiq ma’lum o‘ldi.
Shuning uchun ko‘p vaqtlar tajriba so‘ngidan adibi muhtaram shayx Sa’diy usulida
yozmoqni, garchi og‘ir ish bol’sa ham, o‘zimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu
kamchilikni oradan ko‘tarmakni munosib ko‘rdim».
Demak, aytish mumkinki, «Turkiy Guliston yoxud axloq» Sa’diyning
«Guliston» asari usulida o‘zbek tilida yozilgan axloq kitobidir. Abdulla Avloniyning
mazkur asari 1913 yilda Toshkentda Ilin bosmaxonasida litografik (toshbosma) usulida
nashr etildi. Asar bunday darslikka bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib 1917 yilda ikkinchi
marta chop qilindi. Har ikki nashr ham hajm jihatidan bir-biridan farq qilmaydi. Faqat
birinchisi kotib Abdusalom Abdurahmon o‘g‘li, ikkinchisi kotib Abdul Mannon ibni
Abdul Majid (o‘zbek milliy teatrining mashhur aktyori Mannon Uyg‘ur Majidov)
dastxatidir. «Turkiy Guliston yoxud axloq»ning uchinchi nashrini 1967 yili
«O‘qituvchi» nashriyoti amalga oshirdi. Bunda asarda uchragan diniy iboralar,
Hadisdan olingan hikmatlar davr talabiga ko‘ra tushirib qoldirildi. Asarni «O‘qituvchi»
nashriyoti 1992 yil asli nusxa yozuvida (arab yozuvi asosidagi o‘zbek yozuvida) va rus
alifbosi asosidagi o‘zbek yozuviga o‘girilgan matni bilan birga, shuningdek, qiyin
so‘zlar lug‘ati ilova qilingan holda bosib chiqardi. «Turkiy Guliston yoxud axloq»ning
qo‘lingizdagi beshinchi nashri sobiq nashrlar ichida eng mukammalidir. Bunda kotib
Mannon Uyg‘ur dastxati matnining faksimeli, lotin yozuvi asosidagi yangi o‘zbek
yozuviga o‘girilgan matni, qiyin so‘zlar lug‘ati berilgan.



68
Bundan tashqari Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim»


«Maktab Gulistoni» asarlaridan tanlangan hikoya, she’rlari ham ilova qilindi. Kitobni
nashrga
tayyorlashda
iqtidorli
shogirdlarimiz
Tavakkalova
Dilnoza
va
Boboxonova Feruzalarning xizmatlari bo‘r. Asar keng kitobxonlar ommasiga
mo‘ljallangan ma’rifat darsligidir. Uning yoshlarning axloqiy tarbiyasida katta
ahamiyatga ega ekanligiga ishonchimiz komildir. Nashr haqida bildirilgan fikr-
mulohazalar, istaklar mamnuniyat bilan qabul qilinadi. Men bu asari nochizonimni
birinchi maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim bermak ila barobar ulug‘ adabiyot
muhiblari, axloq havaskorlarining anzori oliylarina taqdim qildim.
Har kun o‘luram shomg‘acha
Men g‘amga giriftor,
Har shab yonaram otasha parvona kabi zor.
Hech kimsa emas bu meni ahvolima voqif,
Men xastayamu millatim o‘lmish nega bemor.
Noshiri va shoiri Abdulla Avloniy
 AXLOQ 
Insonlarni yaxshilikg‘a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur.
Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar
ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. Axloq ilmini o‘qub, bilub amal qilgan
kishilar o‘zining kim ekanin, janobi Haq na uchun xalq qilganin, yer yuzida nima ish
qilmak uchun yurganin bilur. Bir kishi o‘zidan xabardor bo‘lmasa, ilmni, ulamoni,
yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning qadrini, qimmatini bilmas. O‘z
aybini bilub, iqror qilub tuzatmakg‘a sa’y va ko‘shish qilgan kishi chin bahodir
va pahlavon kishidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: «Mezon tarozusiga
qo‘yiladurgan amallarning ichida yaxshi xulqdan og‘irroqi yo‘qdur. Mo‘min
banda yaxshi xulqi sababli kechasi uxlamasdan, kunduzlari ro‘za tutub ibodat qilgan
kishilar darajasiga yetar», – demishlar.
So‘ylasang so‘yla yaxshi so‘zlardan,
Yo‘qsa jim turmoqing erur yaxshi.
O‘ylasang yaxshi fikrlar o‘yla,
Yo‘qsa gung bo‘lmoqing erur yaxshi.
Ishlasang ishla yaxshi ishlarni,
Yo‘qsa bekorlig‘ing erur yaxshi.
XULQ 
Inson ikki narsadan murakkabdur. Biri jasad, ikkinchisi nafsdur. Jasad ko‘z ila
bor narsalarni ko‘rur. Ammo nafs idrok ila yaxshini yomondan, oqni qoradan
ayirur. Jasadning ham, nafsning ham biror surati bordurki, yo yaxshi va yo yomon
bo‘ladur. Jasadning surati hammaga ma’lum bir narsadurki, har vaqt ko‘zga ko‘rinib
turadur. Ammo nafsning surati ko‘zga ko‘rinmaydurgan, aql ila o‘lchanadurgan bir
narsadurki,
buni
xulq
deb
atalur.
Agar
bir
kishi
yoshligida
nafsi
buzulub tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, «Allohu akbar» bunday kishilardan
yaxshilik kutmak yerdan turub yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur. Rasuli akram
nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Bir tog‘ning



69
o‘rnidan ko‘chib ketganini eshitsangiz, ishoningiz, ammo bir odamning xulqi


boshqa bo‘ldi deb eshitsangiz ishonmangiz», – demishlar.
Xulqi yomon yuz, ko‘zlidin na sud
Yuz, ko‘zli xulqni qilmas kashud.
Xulq mariziga davo istasang,
Marg davosin berilur qistasang.
Xulqi yomoning kelturar ko‘p zarar,
Xulqing o‘zi boshingga kaltak urar.
Xulqi fano bo‘lsa degil alhazar,
Xor-u zalillikda qolur darbadar.
 YAXSHI XULQ, YOMON XULQ 
Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo‘lmishlar. Agar nafs tarbiyat
topib, yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikg‘a tavsif bo‘lub, «yaxshi xulq» agar
tarbiyatsiz o‘sub, yomon ishlaydurgan bo‘lub ketsa, yomonliqg‘a tavsif bo‘lub «yomon
xulq» deb atalur. Janobi Haq insonlarning asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi
ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradurgan qilub yaratmishdur. Lekin bu
insondagi qobiliyatni kamolga yetkurmak tarbiya ila bo‘ladur. «Qush uyasinda
ko‘rganin qiladur». Inson javhari qobildur. Agar yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqlardan
saqlanub, go‘zal xulqlarga odatlanub katta bo‘lsa, har kim qoshida maqbul, baxtiyor
bir inson bo‘lub chiqar. Agar tarbiyatsiz, axloqi buzulub o‘ssa, Allohdan
qo‘rqmaydurgan, shariatga amal qilmaydurgan, nasihatni qulog‘iga olmaydurgan, har
xil buzuq ishlarni qiladurgan, nodon, johil bir rasvoyi olam bo‘lub qolur. Rasuli akram
nabiyyi muhtaram afandimiz: «Imoni komil bo‘lgan kishilar yaxshi xulqli bo‘lurlar,
sizning eng yaxshilaringiz xotunlariga yaxshilik qilganlaringizdur», - demishlar.
Xudoning rahmat-u fayzi hamma insonga yaksardur,
Va lekin tarbiyat birla yetushmak sharti akbardur.
Tug‘ub tashlov-la bo‘lmas bola, bo‘lg‘ay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bo‘lur ul rahnamo sizga.
Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo‘lur olim,
Buzulsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa, bo‘lg‘usi zolim.
Yomonlarga qo‘shuldi Nuhning o‘g‘li, o‘ldi beimon,
Yurudi Kahf iti xublar-la bo‘ldi oti inson.
 TARBIYA 
Tarbiya – «Pedagogiya», ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur. Ilmi axloqning
asosi tarbiya o‘ldug‘indan shul xususda bir oz so‘z so‘ylaymiz. Bolaning salomati va
saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini
tuzatmak, yaxshi xulqlarni o‘rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o‘sdurmakdur.
Tarbiya qilguvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan
kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga «yaxshi xulq» degan davoni
ichidan, «poklik» degan davoni ustidan berub, katta qilmog‘i lozimdur. Zeroki,
«Hassinu axloqiko‘m» amri sharifi uzra xulqimizni tuzatmakg‘a amr o‘linganmiz.
Lekin xulqimizning yaxshi bo‘lishining asosiy panjasi tarbiyadur. Axloqimizning
binosining go‘zal va chiroyli bo‘lishiga tarbiyaning zo‘r ta’siri bordur,



70
ba’zilar «tarbiyaning axloqqa ta’siri yo‘q, insonlar asl yaratilishida qanday


bo‘lsalar, shunday o‘sarlar, tabiat o‘zgarmas», – demishlar.
Yomon xo‘ tun zalmaydi darmon ila,
Turkiy Guliston yoxud axloq. Abdulla Avloniy
Ipak o‘lmas ip, rangi alvon ila.
Boqing, bir daraxt mevasidur yomon,
Bo‘lur yaxshi payvand, parvo bilan.
Bilur har kishi aslini rangidan,
Va yokim ulangandagi zangidan».
Lekin bu so‘z to‘g‘ri emasdur. Chunki tarbiyaning axloqga, albatta,
ta’siri bo‘ladur. Oramizda masal borki, «sut ila kirgan, jon ila chiqar», mana bu so‘z
to‘g‘ridur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz:
«Beshikdan to mozorga borguncha ilm o‘rgan», – demishlar. Bu hadisi sharifning
ma’nosi bizlarga dalildur. Hukamolardan biri: – «Har bir millatning saodati,
davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘lidur», – demish.
Shariati islomiyada o‘z bolalarini yaxshilab tarbiya qilmak otalarga farzi ayn, o‘z
millatining yetim qolgan bolalarini tarbiya qilmak farzi kifoyadur. Payg‘ambarimiz:
«Bolalaringizni yetti yoshida namozga o‘rgatingiz. Agar o‘n yoshida o‘qimasa
uringiz», – demishlar.
Har kishining dunyoda oromi joni tarbiyat,
Balki oxirida erur dorulamoni tarbiyat.
Tarbiyat hamroh etadur hur ila ruzvonlara,
Gar desam bo‘lmas xato jannat makoni tarbiyat.
Ey, Otalar! Jonlaringizdan suchuk farzandingiz,
G‘ayrat aylang o‘tmasun vaqt-zamoni tarbiyat.
Moyai zilli xumodur tarbiyatning soyasi,
Bizda anqo tuxmidek yo‘q oshyoni tarbiyat.
TARBIYANING ZAMONI
Emdi ochiq ma’lum bo‘ldiki, tarbiyani tug‘ulgan kundan boshlamak, vujudimizi
quvvatlandurmak, fikrimizi nurlandurmak, axloqimizi go‘zallandurmak, zehnimizi
ravshanlandurmak lozim ekan. Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur? degan savol
keladur. Bu savolga, «birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi, maktab va
madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur», – deb javob
bersak, bir kishi deyurki, «qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz, boshi paqmoq, qo‘li
to‘qmoq onalarmi? O‘zlarida yo‘q tarbiyani qaydan olib berurlar», der. Mana, bu so‘z
kishining yuragini ezar, bag‘rini yondurar. Otasiga nima dersiz, desak, qaysi
ota? To‘ychi, uloqchi, bazmchi, do‘mbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini
bilmagan, ilm uchun bir pulni ko‘zlari qiymagan, amondan xabarsiz otalarni
aytursizmi? Avval o‘zlarini o‘qitmak, tarbiya qilmak lozimdur», – der. Mana bu so‘zni
eshitgach, umid qo‘llari qo‘ltuqg‘a urilur. Xayr, bo‘lmasa muallimchi desak, «Qaysi
muallim? Maqsadi pul, maslagi shuhrat, yuqori maktablarda o‘qumagan, «usuli ta’lim»
ko‘rmagan muallimlarni aytursizmi? Avval o‘zlari dorilmuallimin» larda o‘qimaklari,
so‘ngra dars bermaklari lozimdur», – der. Mana bu so‘z insonni hayrat daryosiga g‘arq
qilur. Mudarrislarga na dersiz desak, qaysi mudarris? Matlablari osh, maqsadlari



71
chopon, darslari beimtihon, isloh yaqinidan yurmagan mudarrislarni aytursizmi? Bular


o‘z vazifalarini bilub, nafslaridan kechub, zamonga muvofiq ravishda darslarini isloh
qilub, imtihon birla o‘qutmaklari lozimdur», – der. Mana bu so‘z har kimni «Alisloh»
demakga majbur qilur. Bo‘lmasa hukumat-chi? desak, «xayr, hukumat hammaning
otasidur. O‘z fuqarosining bolalarini tarbiya qilmak lozim, shuning uchun
bizning Rusiya hukumati o‘gay bo‘lsak ham, har yerda bizlar uchun ham maktablar
ochub, bolalarimizni tekin o‘qitur. Lekin o‘zimiz ish bilmagan, yalqov, uyda onamiz
tarbiyasi, otadan pul tarbiyasi, muallimdan axloq tarbiyasi, mudarrisdan funun
tarbiyasi ko‘rmaganimizdan, hukumat maktablaridan ham o‘z hissalarimizni
ololmaymiz», – der. Mana bu so‘z bizlarni tarbiyadan mahrum, huquqning na
ekanin bilmaganlig‘imizni bildirur.
Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo
saodat – yo falokat masalasidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi
vasallam afandimiz: «Insonlarning karami dinidadur, muruvvati aqlindadur, hasabi
axloqindadur», – demishlar.
Agar bir qushning yosh bolasin olib,
Bo‘lur tarbiyat birla yo‘lga solib.
Onasin olib asrag‘on birla rom,
Qilmas kishi sa’y qilsa mudom.
Kerak tarbiyat yoshlikdan demak,
Ulug‘ bo‘lsa lozim kelur g‘am yemak.
Egur bemashaqqat kishi navdani,
To‘g‘unchi egur kuydirib kavdani.
 BADAN TARBIYASI 
Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki
o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad
lozimdur. Sog‘ badanga ega bo‘lmagan insonlar amallarinda, ishlarinda, ibodatlarinda
kamchilik qilurlar. Maishatimizni rohatda bo‘lmog‘i jasadimizning sog‘lom
bo‘lmog‘iga bog‘lidur. Biz sihatimizni saqlamak ila amr o‘linganmiz, shuning uchun
vujudimizi
hifzi-sihatga
zid
bo‘lgan
yomon
odatlar
ila
churitmakdan
saqlanmakligimiz lozimdur. Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami bordur.
Jism ila ruh ikkisi bir choponning o‘ng ila terisi kabidur. Agar jism tozalik ila
ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponning ustini qo‘yib astarini yuvub
ovora bo‘lmoq kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun
mahkam va sog‘lom bir vujud kerakdur. Shuning uchun ota-onalar bolalari kasal
bo‘lgan zamon beparvolik qilmay, tezlik ila tabib yoki do‘xturga boqizmak kerak.
Imom Shofe’i hazratlari: «Ilm ikki xildur: biri badan ilmi, ikkinchi din ilmi», –
demishlar. Bunga qaraganda eng avval hifzi sihat qoidalarini bilmak, salomatlikga ters
bo‘lgan narsalardan saqlanmak ila bo‘ladur. Ichkulik, ko‘knor, nasha, afyun, taryok,
chilim, nos, popirus kabi badanning salomatlikig‘a zararli, og‘ulik, ba’zisi harom,
ba’zisi makruh, ba’zisi isrof bo‘lgan narsalardan qochmak, saqlanmak shariat, aql,
hikmat yuzasidan lozimdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam
afandimiz: «Har narsa ko‘p ichganda mast qiladurgan bo‘lsa, man sizni aning
ozginasidan ham nahy qilaman», – demishlar.



72
Salomatlikni saqlov lozim ishdur.


Gunahdin saqla jisming yoz-u qishdur.
Kasal bo‘lsang, bo‘lur dunyo qorong‘u,
Maishat talx o‘lub hasrat chekishdur.
Harom-u shubhadan pok et o‘zingni,
Bu dunyo aysh-u ishratdan kechishdur.
Hamma ishratchi hijronlikda ketdi,
Bu olamda bir ish ishlab ketishdur.
Turkiy guliston yoxud axloq kitobi
FIKR TARBIYASI 
Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan,
muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur.
Fikr insonning sharofatlik, g‘ayratli bo‘lishiga sabab bo‘ladur. Bu tarbiya
muallimlarning yordamiga so‘ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati,
kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘lidur. Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor
bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan oyilmaydurgan, birining vujudi birig boylangan jon ila
tan kabidur. Masalan: joy solinmagan yaxshi bir uyning ichida o‘tirmak mumkin
o‘lmadig‘i kabi, ichiga har xil yangi ashyolar to‘ldurub ziynatlangan eski imorat ham
o‘lturushga yaramaydur. Basharti o‘ltursa, insonlar: «Eski uyga yangi zoldivor», «kir
ko‘ylakka jun jiyak», «mis qozonga loy tuvoq» deb hajv, kulgi qilurlar.
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,
Xanjar, olmosdan bo‘lur o‘tkur.
Fikrning oyinasi olursa zang,
Ruhi ravshan zamir o‘lur benur.
AXLOQ TARBIYASI 
Axloq tarbiyasi: insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja berguvchi
axloq tarbiyasidur. Biz avvalgi darsda tarbiya ila dars orasida farq bor, deduk, chunki
dars oluvchi-biluvchi, tarbiya oluvchi-amal qiluvchi demakdur. Shuning uchun tarbiya
qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga omil bo‘lub shogirdlarga ham bergan
darslarini amal ila chaqushturub o‘rgatmaklari lozimdur. Bu ravishi ta’lim ila berilgan
dars
va
ma’lumot
shogirdlarning
diliga
tez
ta’sir
qilub,
mulloyi
boamal bo‘lurlar. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam
afandimiz: «Eng yomon kishilar ilmiga amal qilmaydurgan kishilar», – demishlar.
Agar tarbiya qiluvchi muallim o‘zi olim bo‘lub amalsiz bo‘lsa, buning ham
shogirdlarning axloqiga zo‘r ta’siri bo‘ladur. «Domlaning o‘zi falon joyda falon ishni
qildi. Ammo bizlarga qilmanglar, haromdur, deb va’z etadur», deb fikr va xayollariga
bo‘yla shak va shubha tushub qoladur.
BAYT 
Minbar uzra jilva aylab va’z etarlar qilma deb,
O‘zlarin xilvatda ko‘rsang oni qilmoqda emish.
Ichma suv derlar biza oltun-kumush asbobda,
Bilsamiz maqsudlari qo‘ltuqg‘a urmoqda emish.
YAXSHI XULQLAR



73
Yaxshi xulq: bir qismi o‘z nafsimizga, bir qismini bir-birimizga qarshu ishlatmak


uchun kerakli bo‘lgan yaxshi xulqlar: fatonat, diyonat, islomiyat, nazofat, g‘ayrat,
riyozat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni suymak,
haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor, xavf va
rajo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat va afvdur. Mana
bu yozdig‘imiz yaxshi xulqlar aql va shar’i sharifga muvofiq. Alloh taolo ham bandalar
qoshida maqbul va mu’tabardur. Emdi bu yaxshi xulqlarni qo‘lga olmak uchun ota-
ona, muallim ustodlarimiz hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon qulog‘i birla
tinglab, doim xotirda tutmoq, axloqi yaxshi kishilar birla ulfat bo‘lmak, axloqi buzuq
yomon kishilardan qochmak lozimdur. Bizim shariati islomiyada «axloqi hasana» –
yaxshi xulqlar ila xulqlanmak, har narsaga ibrat ko‘z ila boqub, xulqini tuzatmak
vojibdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam: «Islomiyatda
buzuqlik yo‘qdur, buzuqlikni ustiga oluv ham yo‘qdur. Islomiyatda eng mu’tabar
kishilar yaxshi xulq egalaridur», – demishlar.

1. Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi haqida so‘zlab bering?


2. Avloniyning ta’limiy-axloqiy qarashlariga ta’rif bering?
3. Abdulla Avloniy insonga hos hulqni necha turga bo‘ladi?
4. Abdulla Avloniyning “Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom” asari kimlarga
mo‘ljallangan?
5. “Turkiy Guliston-yohud ahloq” asaridagi ta’lim-tarbiyaviy masalalar haqida
so‘zlab bering?
6. “Turkiy Guliston-yohud ahloq” asarida “ahloq” tushunchasiga qanday ta’rif
berilgan?
7. Yaxshi hulq va yomon hulqqa asarda qanday ta’rif berilgan?
8. Fikr tarbiyasi va ahloq tarbiyasi haqida so‘zlab bering?

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin