86
Ijtimoiy media hamkorlikda ishlash va faoliyat olib borish uchun juda keng
imkoniyatlarni taqdim etish bilan birga ma'lum ma'noda foydalanuvchilar uchun turli
xil xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Masalan, Twitter tarmog‘idagi
ma'lum bir qoldirilgan xabar yoki video qator uchun ta'lim oluvchi o‘zining fikrini
bayon etdi deylik, mazkur xizmat imkoniyatlari shu xabar yozilgan xeshtegni uzoq
yillar davomida saqlaydi va qidirish imkoniyatlari ishga tushirilganda shu ma'lumotni
va kim tomonidan nashr etilganini ko‘rsatadi. Bu o‘z navbatida ta'lim oluvchining
keyingi hayotiga ta'sirini o‘tkazishi mumkin. Misol uchun, pedagog tomonidan “dars
jarayonida terrorizm haqidagi fikringiz” degan ijodiy topshiriq berildi. Ta'lim
oluvchilar o‘z fikrlarini Twitterda bayon qildilar. Xo‘sh, mazkur servis ochiq servis
turlaridan biri hisoblanadi va unda qoldirilgan tvitlar bir necha yillardan so‘ng ham
o‘qilishi yoki ko‘rilishi mumkin. Bu esa tinglovchi yoki ta'lim oluvchining keyingi
hayotiga ta'sir qilishi mumkin.
Shu bilan birga ijtimoiy media tarmoqlari hamkorlikda ishlash xizmatlarini ham
taklif etadi. Buni qanday xavfli tomoni bor dersiz ehtimol? Hamkorlikdagi faoliyatda
amalga oshirilgan ishlarni bemalol ko‘chirish, tarqatish imkoniyatlari keng joriy
etilgan. O‘z navbatida hamkorlikda faoliyat olib borgan ta'lim oluvchi yoki talaba nima
bilan shug‘ullangani yoki uning shaxsiy ma'lumotlarini ham qayd etib boradi. Bu esa
uning keyingi faoliyati va hayotida yomon tomondan aks etishi mumkin. Shuning
uchun ijtimoiy mediadan ta'lim jarayonida foydalanishda, asosan ta'lim mazmunini
yorituvchi ma'lumotlar ustida ishlash maqsadga muvofiq. Shaxsiy ma'lumotlarni
uzatish yoki ularni joylashtirish qat'iyan ma'n etiladi. Tavsiya etilmaydi.
1. Ijtimoiy tarmoqlar deganda nimani tushunasiz?
2. Sizningcha, xozirgi axborot texnologiyari rivojlangan davrda ijtimoiy
tarmoqlarning shaxs shakllanishida o‘rni va ta’siri qanday?
3. Ijtimoiy tarmoqlarning ta’lim jarayonidagi qulayliklari va afzalliklari?
4. Ijtimoiy media va ijtimoiy tarmoqlarga tasnif bering?
5. Ijtimoiy media tarmoqlardan foydalanish etikasi haqida ma’lumot bering?
6. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishdagi havflar va ulardan saqlanish yo‘llarini
aytib bering?
Dostları ilə paylaş: