5.
Tarbiyaviy ishlar tizimiga “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi” ni joriy qilish.
O‘zbekiston respublikasida ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
tasdiqlandi.
Quyidagi asosiy vazifalarning bajarilishi uchun bosqichma-bosqich amalga
oshiriladigan mexanizmlar belgilangan.
81
ilmiy faoliyatning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish;
yuqori ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish;
malakali ilmiy va muhandis kadrlar tayyorlash hamda ularni ilmiy-tadqiqot
faoliyatiga yo‘naltirish va yutuqlarini rag‘batlantirish;
ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infra tuzilmasini
yaratish;
ilm-fan taraqqiyotiga ko‘maklashadigan zamonaviy axborot muhitini
shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga borib Global innovatsion indeks
reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirish maqsadidan kelib
chiqqan holda mazkur konsepsiyani amalga oshirish samaradorligi va natijadorligiga
oid asosiy maqsadli ko‘rsatgichga erishish rejasi qo‘yilganligi qayd etildi.
Zotan, Alloh taolo insoniyatni yer yuzini obod qilish uchun yaratgan. Demak, u
o‘zining vazifalarini ado etish uchun har taraflama komil va yetuk bo‘lishi kerak.
Buning uchun esa bizning dinimiz Islomda barcha ko‘rsatma va imkoniyatlar mavjud.
Eng asosiysi, inson o‘zining oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarish asnosida doimiy holda
Allohga yuzlanib turishi tarbiyadir. Yuqorida aytib o‘tilganidek, ta’lim komil
tarbiyaning juz’idir. U esa aqlni rivojlantiradi va sayqallashtiradi. Natijada u o‘z
hayotida kerak bo‘ladigan ilm-u ma’rifatni ashyolar to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni,
kasbiy mahoratini yoki kasb-hunarga tegishli bo‘lgan fanlarni o‘rganadi. Lekin
tarbiyaga o‘xshab keng qamrovli bo‘la olmaydi. Chunki ta’lim insonning ruhiy, aqliy
va jismoniy taraflarini birdek qamrab ololmaydi. Shuning uchun ta’lim –tarbiya doimo
birga bo‘lishi talab etiladi. Shu bois ham “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada
takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yilning 6-
noyabrdagi qarori e’lon qilindi.
Innovatsion rivojlanishda ta’lim eng muhim jihat sanaladi. Aynan ta’lim
sohasidagi dastlabki qadamlaridir. O‘tgan davr mobaynida yoshlarni oliy ta’limga
qabul qilb olish darajasi 9 foizdan 25 foizga yetgani quvonarli daraja, albatta.
2020-yilda mamlakatimiz tarixida ilk bor matematika, kimyo, biologiya, va
geografiya fanlari ilmning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilanib, ularni kompleks
rivojlantirish choralari ko‘rilgan bo‘lsa, 2021-yilda fizika fani va xorijiy tillarni
o‘rganish birinchi o‘ringa qo‘yildi. Darhaqiqat, dunyodagi barcha kashfiyotlarning
yaratilishida fizika fani fundamental asosdir. Ushbu fan qonuniyatlari yuqori
texnologiyalar bilan bog‘liq sohalarni rivojlantirishga hissa qo‘shsa, xorijiy tillarni
mukammal bilish yoshlarga zamonaviy bilimlarni yanada kengroq bilish imkoniyatini
beradi. Bu ayniqsa innovatsion rivojlanish vazirligi ma’sul bo‘lgan soha ilm – fan
rivojlanishining muhim jihatidir. Bu yil olimlarning ingliz tilini puxta egallashiga
yordam
beruvchi
“English for science” loyihasini yo‘lga qo‘yganligi
tadqiqotchilarimizning ilmiy izlanishi uchun zarur bo‘lgan akademik izlanishga xizmat
qilyapti. Shu bois vazirlikda ingliz tili kunlarini joriy etish vaqti ham keladi. Hozir
xorijiy tillardagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni ingliz tiliga o‘girish bo‘yicha ham qator
loyihalar amalga oshirilmoqda. Masalan, Andijon davlat universitetida lug‘atshunoslik
va tarjimashunoslik inonvatsion markazi tashkil etildi. Bu dunyo ilmidagi qaynoq
ma’lumotlarning o‘zbek tilida muntazam taqdim etilishi, yosh avlodni yangiliklardan
82
xabardor etishning eng samarali yo‘lidir. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi
yoshlar akademiyasi a’zolari soni hozir 1800 nafarga yetdi. Respublikamiz
viloyatlarida 15 nafar yetakchi tanlab olindi. Bu yil yoshlar o‘rtasida eng yaxshi ilmiy
ishlanmalar uchun umumiy qiymati 30 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan “yosh olimlar”
innovatsion loyihalari tanlovi e’lon qililngan edi. Mazkur tanlov o‘zining ijobiy
tomonlarini namoyon qilgani bois, 2021-yilda vazirligimiz va boshqa davlat organlari
bilan birgalikda maktab o‘quvchilari va oliy ta’lim talabalari o‘rtasida “Bo‘lajak olim”
tanlovi tashkil qilinadi. Yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalari
ro‘yobga chiqarish uchun 50 milliard so‘m mablag‘ ajratilmoqda. O‘zbekiston
respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston
respublikasi prezidentining 2019-yil 11-iyuldag PQ-4391-son “Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi qaror ijrosi yuzasidan ishlab chiqildi.
Konsepsiya O‘zbekiston respublikasida oliy ta’limni rivojlantirishning strategik
maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta uzoq muddatli istiqboldagi
bosqichlarini belgilaydi, hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarini
ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi:
oliy ta’lim bilan qamrov kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislarni
tayyorlash sifatini oshirish;
oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini
ta’minlash, moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash;
korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan
mexanizmlarini joriy etish;
oliy ta’lim tizimining investitsiya jozibadorligini oshirish;
Yuqori
malakali
mutaxasisilar
tayyorlash
jarayoniga
kadrlar
buyurtmachilarni faol jalb etish;
Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, ilm-
fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish, ma'naviy - ma’rifiy va tarbiyaviy
ishlar ta’sirchanligini oshirish, xalqaro miqyosida tanilishi raqobatbardoshligini
ta’minlash.
Majlisda muhokama qilingan masalalar yuzasidan “O‘zbekiston respublikasinig
2030-yilgacha ilm-fan rivojlanish konvensiyasi” loyihasi muhokama qilindi. Avvalo,
shuni ta'kidlash joizki, konvensiya loyihasi 2019-yilning boshida ishlab chqilgan
bo‘lib, bunga qadar birlashgan millatlar tashkiloti, BMT taraqqiyot dasturi, jahon
banki, nufuzli xalqaro tashkilotlar, mutaxassislar va xalqaro konfrensiyalarda keng
muhokama qilingan. Shuningdek joriy yilning iyul oyida ushbu mavzuda O‘zbekiston
respublikasi prezidenti Adminitratsiyasida tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek,
yangi tuzilgan respublika oliy kengashi oldida turgan dolzarb vazifalar, uning istiqbol
rejalari ham muhokama qilindi.
Joriy yilning 7- oktabr kuni “O‘zbekiston kommunikatsiyalar agentligi”
ommaviy axborot vositalari vakilllari ishtirokida brifing o‘tkazilgan. Bunda, har bir
fikr yoki taklif yuzakilik, bir tomonlama yondashuvdan yiroq bo‘lish barobarida, keng
mushohada va asoslantirilgan holda bo‘lishi lozim.
83
O‘zbekiston respublikasi ilm-fan 2030-yilgacha rivojlantirish konvensiyasi
to‘g‘risida, O‘zbekiston respublikasi ilm-fan 2030-yilgacha rivojlanish konvensiyasi
O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF- 5847-son
farmoniga asosan qabul qilingan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini
ta’minlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi
84
o‘rinda turadi. Shu sababli barcha islohatlar ko‘lami va samarasini yanada oshirishda
har tomomnlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu-
shijoatli, tashabbuskor yoshlarni tayyorlash eng oliy maqsadlardan biridir. Bunday
ulug‘ maqsad qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn
Sinolar, Mirzo Ulug‘beklar, Navoiylar va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va
sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish,
sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish
milliy g‘oyamizning asosiy ustuni bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan “Yangi
O‘zbekiston- maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi” desak xato
bo‘lmaydi. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol
etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya o‘n, yuz barobar foyda keltiradi.
“ Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy
Dostları ilə paylaş: |