D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi


Ilm-fan tizimiga boshqarish ko‘nikmasiga va iqtisodiy bilimga ega yosh



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə57/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

2. Ilm-fan tizimiga boshqarish ko‘nikmasiga va iqtisodiy bilimga ega yosh 
mutaxassislarni shakllantirish. 
Prezidentimiz 2020-yilgacha Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqladi.



77
 xalq ta’limi


tizimida faoliat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish
maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash,
moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich
oshirib borish.
O‘zbekistonning 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International
Student Assessment) Xalqaro miqyosida o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi
bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish nazarda
tutilgan.
Ushbu muddatga qadar STEAM fanlarini hisobga olgan holda innovatsion
iqtisodiyot talablariga javob beruvchi yangi davlat standartlari va dasturlari joriy
etilishi lozim.
Barcha maktablarda o‘quvchilarning ID-kartalarini joriy etish, barcha ta’lim
muassasalarining to‘liq internet ulash va avtomatlashtirilgan o‘quv jarayonini joriy
etish rejalashtirilmoqda.
Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bog‘langanligi, bu masala
davlatning, jamiyatning eng muhim ishini ta’kidladi. Ma’lumki, mamlakatimiz ta’lim-
tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini jadallashtirish maqsadida
ilm-fan tizimiga katta e’tibor berilmoqda.
- “Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhiti
ham o‘zgarmaydi’’- Sh. Mirziyoyev.
Dunyodagi zamonaviy o‘quv - dasturlari, o‘qitish metodikalarini o‘rganib,
yurtimiz umumta’lim maktablarida joriy qilish muhimligi ta’kidlanadi. Xalq ta’lim
vazirligiga ushbu tajriba asosida Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqib, 2020-2021 o‘quv
yilidan boshlab ta’lim jarayoniga sinov jarayoniga tadbiq etish vazifasi qo‘yildi.
Davlat va jamiyat qurilishi shunday bir murakkab tuzilmaki, uning tarkibidagi
bir-biriga bog‘liq bo‘lgan va bir-birini to‘ldiradigan soha va jabhalarni bir vaqtning
o‘zida jadal rivojlantirishni talab qiladi. Ularning har biri ikkinchisiga zamin yaratadi.
Qaysidir asosiy soha avval rivojlanib, boshqa soha va tarmoqlar uchun lokomativ
vazifani ham bajaradi. Albatta, bu jarayon har bir sohaning o‘ziga xos hususiytlarini
inobatga olish, obyektiv tahlil qilish, o‘z vaqtida tegishli choralar qabul qilish kabi
vazifalarni talab qiladi.
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga
muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmuni tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro
standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar
yaratish maqsadida O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2017-yil 20-apreldagi,
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2909-son
qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan oliy ta’lim darajasini sifat jihatdan oshirish va
tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy - texnik bazasini
mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonavuiy o‘quv ilmiy labaratoriyalari,
axborat ko mmunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash bo‘yicha Oliy ta’lim
tizimining 2017-2021-yillarda kompleks rivojlanish dasturi tasdiqlandi. Shu bilan
birga, respublikamiz hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon
talablariga javob Beradigan yuqori malakali kadrlarni o‘z vaqtida zarur ixtisosliklar
bo‘yicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash,



78
oliy ta’lim mazmuni bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya ishlab


chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturiga muvofiq
shakllantirish, kadrlar egallagan kasbi va mutaxasssisligi bo‘yicha ishga
joylashtirishga doir qator dolzarb masalalar to‘liq yechimini topmagan. Xususan,
Birlashgan millatlar tashkilotining Ta’lim fan va madaniyat maslalari bo‘yicha
(UNESCO) konsalting tashkiloti (DGP Research & consulting) hamkorligida jalb
qilingan nufuzli xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan 2017-yilning yanvar-iyun oylarida
O‘zbekiston respublikasi ta’lim tizimini kompleks o‘rganish bo‘yicha tahlillar
natijalari asosida oliy ta’lim jaraonida nazariya va amaliyot yaxlitligi
ta’minlanmaganligi, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish
korxonalarida o‘tkazish samarali tashkil etilmagani oqibatida bitiruvchilarning
aksariyat qismi tayyor mutaxassis bo‘lib chiqish o‘rniga ishga joylashgandan keyin
qaytadan o‘z kasbini, mutaxasisiligini o‘rganayotganligi, shuningdek, ta’lim sifatini
nazorat qilish mexanizmi zamonaviy talablarga javob bermasligi, ta’lim
mutaxasisilarda malakali pedagog va boshqaruv kadrlarning yetishmasligi xorijiy
ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi kabi
kamchiliklar qayd etilgan.
Bundan tashqari iqtisodiyot sohalarining istiqbolda kadrlar tayyorlashga
buyurtmalarini shakllantirish, bitiruvchilarga qo‘yiladigan malakaviy talablarni ishlab
chiqish, tarmoqqa zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash sifatini ta’minlash
jaroyonidagi ishtiroki talabga javob bermaydi. Oliy ta’lim dasturlarining o‘zgaruvchan
mehnat bozori talablariga hamohongligini ta’minlash uchun ish beruvchilar tomonidan
tizimli ishlar amalga oshirilayapti. Oliy ta’lim ilm-fan-ishlab chiqarish o‘rtasida
uzilishlar mavjud, integratsiya ta’minlanmagan. Ilmiy-tadqiqot institutlari oliy
ta’limda kadrlar tayyorlash jarayoniga zarur darajada jalb etilmagan, ularda ilmiy
izlanihlar iqtisodiy sohalarini real ehtiyojlardan kelib chiqib amalga oshirilmoqda. Oliy
ta’lim muassalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha har bir ta’lim talabasining
2-kursdan boshlab tegishli ta’lim tarmoqlarining muayyan tashkilotlari va
korxonalarida malakaviy amaliyotlar tizimli ravishda o‘tkazilishi, shuningdek ularning
amaliy mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish hamda
bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish; ishlab-chiqarish, ilm
–fan va ta’lim o‘rtasida integratsiyasini chuqurlashtirish uchun komplekslar tarkibidagi
vazirliklari va idoralariiga qarashli tarmoqlarni ilmiy-texnik rivojlantirish yo‘nalishlari
muammolariga bag‘ishlangan mavzular bazasini shakllantirish hamda bu
muammolarni oliy ta’lim muassasalari bilan xo‘jalik shartnomalarini tuzgan holda hal
etishga ularning ilmiy salohiyatini, ayniqsa, yosh olimlar va tadqiqotchilarni tizimli
tartibda jalb etish. Iqtidorli yosh pedagoglar va doktarantlarni yetakchi xorijiy ta’lim
muassasalariga tajriba orttirishga yuborish, ular uchun maxsus stipendiyalar ta’sis
etish, oli ta’lim muasasalaning professr o‘qituvchilari, doktarantlar va talabalarning
xalqaro tajriba almashinuvlarini tashkil etish orqali talabalar Salohiyatni oshrish;
O‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlarini, kompyuter-kommunikatsiya
texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy
o‘quv labaratoriya anjomlari vao‘quv metodik adabiyotlar ta’minlash, ilmiy tadqiqot
va inovatsion faoliyatini qo‘llab –quvvatlash va rag‘batlantirish, oliy ta’lim



79
muassasalarining zamonaviy ilmiy labaratoriyalarini tashkil etish va rivojlantirish


choralarni ko‘rish;
Har oyda kompleks rahbarlar, tegishli vazirliklar va idora rahbari biriktirilgan har
bir oliy ta’lim muassasalarining professor, o‘qituvchilari va talabalari bilan tarmoqqa
oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari, ta’lim mazmunini takomillashtirish, ilmiy
tadqiqot ishlarini rivojlantirish va kelgusidagi vazifallarni belgilab olish yuzasidan
uchrashuvlar o‘tkazib borish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 14-avgust
kuni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
qoshida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti
faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida” gi qarorni imzoladi. Muassasa faoliyati
yoshlar muammolarini o‘rganish, mazkur yo‘nalishda tahliliy va ilmiy-amaliy
tadqiqotlar o‘tkazish, istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirishga qaratilgan. Davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari,
jamoatchilik tashkilotlari istiqbolli yosh kadrlarini qayta tayyorlash muddatti 4
oygacha bo‘lgan dasturlar bo‘yicha o‘tkaziladi va yakunida tegishli diplom taqdim
etiladi.
30-yanvar kuni mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev akademiklar
shaharchasida olimlar, yosh tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va
ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, unda ilm-fan sohasidagi eng
muhim vazifalarni muhokama qilish bilan bir qatorda malakali mutaxasislarni
tayyorlash tizimini takomillashtirish, yirik ishlab chiqarish sohalarini salohiyatli
kadrlar bilan tayyorlash tizimini takomillashtirish, yirik ishlab chiqarish sohalarini
salohiyatli kadrlar bilan ta’minlash borasida muhim taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020-yil12-iyundagi, “2020-2021
o‘quv yilida O‘zbekiston respublikasining oliy muassasalariga o‘qishga qabul
qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq amalga
oshiriladi.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin