D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi


Kreativ ta’limni qayerlarda uchratamiz



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə50/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Kreativ ta’limni qayerlarda uchratamiz:
 Darslarni noan’aniviy yondashilganda.
 Fanga yangi ma’lumotlar kirib kelganda.
 Pedagogic va texnik texnologiyalardan foydalanilganda.
 Interfaol metodlardan foydalanilganda.
 Texnologik dars ishlanmalari o‘rqali tayyorlangan darslarda.
Kreativ ta’limning afzalliklari: 
 Ta’lim va darsning samaradorligini oshiradi
 Darslarning qiziqarli va mazmunli o‘tishini ta’minlaydi
 O‘quvchini darsga fanga mavzuga hayotga qiziqishi oshiradi
 Yangicha va ijodiy fikrlashga yordam beradi
 Mustaqil fikrlashga o‘rgatadi
 O‘z ustida ishlashga o‘rgatadi
 Kelajakda ilg‘or g‘oyalarni kashf qilishga va ularni hayotga tadbiq qilishni
o‘rgatadi.



60

1. Kreativlik nima?
2. Innovatsiyalar necha turga boʻlinadi, toping va ularga ta’rif bering?
3. Kreativ ta’limni qayerlarda uchratamiz?
4. Oʻqituvchining kreativligi, ijodiy faoliyatda hamkorligi va o‘zaro yordam
qobiliyati qanday holatlarda namoyon bo‘ladi?
5. Kreativ ta’limning afzalliklarini sanab bering va ular haqida o‘z fikringizni
bildiring?
6.
Kreativlik pedagogik nuqtayi nazardan qanday komponentlardan tashkil
topadi?
Nazorat savollari:



61



Tayanch tushunchalar: maʼrifatparvar shoir, Oʻrta Osiyo davlat universiteti, 
mardikorlik voqealari, axloqiy didaktik, maorif, jaholat, diniy ma’rifat, nifoq, 
namimat, Ovrupaliklar, litografik, kotib, funun tarbiyasi, fikr tarbiyasi, makruh, 
fatonat, diyonat, islomiyat, nazofat, g‘ayrat, riyozat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm, 
intizom, miqyosi nafs, vijdon. 

1.Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi: 
XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur
vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat
arbobi Abdulla Avloniydir. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha
mahallasida, toʻquvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod
mahallasining egri-bugri koʻchalarida, koʻpchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir
yoʻl ishchilari bolalari orasida kechdi. Oʻqchidagi eski maktabda, soʻng madrasada
oʻqidi (1885–1886). Mustaqil mutolaa bilan shugʻullandi. Arab, fors, rus tillarini
oʻrgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi.
Qisqa muddat ichida u maʼrifatparvar sifatida tanildi va oʻlkadagi ijtimoiy-madaniy
harakatchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi.
XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim
oʻzgarishlardan biri maktab oʻquv ishlarida oʻzgarish boʻldi. Avloniy bu davrda
jadidchilik harakatiga qoʻshilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri
boʻlib tanildi. Avloniy 1904 yilda Mirobodda, soʻngroq Degrezliqda (1903–14) xuddi
shunday yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi.
1909 yilda maktab maorif ishlariga yordam beruvchi “Jamiyati xayriya” ochib,
yetim bolalarni oʻqitdi. “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” nomli toʻrt qismdan iborat
sheʼriy toʻplamining birinchi juzʼini nashr qildirdi. Munavvarqori, Muhammadjon
Podshoxoʻjayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xoʻjayev, Shokirjon
Rahimiy kabi taraqqiychilar bilan sheriklikda “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916)
shirkatlarini tuzdi. “Taraqqiy”, “Shuhrat” (1907), “Osiyo” (1908), “Turon” (1917)
gazetalarini chiqardi. 1918 yilda Turkiston Shurolar hukumatining birinchi gazetasi
“Ishtirokiyun” ning tashkilotchilaridan va uning birinchi muharrirlaridan boʻldi. U
sovet davrida turli masʼuliyatli lavozimlarda xizmat qildi, qaysi vazifada ishlamasin
ilm-maʼrifat
tarqatish, taʼlim-tarbiya masalalari bilan shugʻullanib keldi,
bilimyurtlarida, oliy maktablarda oʻqituvchilik qildi. 1930–34 yillarda Oʻrta Osiyo
davlat universitetida (hozirgi ToshDU) kafedrani boshqardi. U 1934 yilda vafot etdi.
Avloniy 1927 yilda Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi.
Avloniy 30 yildan ortiqroq ijod qildi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarining, soʻng
inqilobiy talotumlaru milliy-ozodlik kurashlarining guvohi boʻldi. Oʻtgan davr ichida,
oʻzi taʼkidlaganidek, “oʻnlab sheʼr va maktab kitoblari, toʻrt teatr kitobi” qoldirdi.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin