62
Uning madaniyatimiz tarixidagi oʻrni haqida gap ketganda, ikki jihatini alohida
taʼkidlash zarur: pedagogik faoliyati va adabiy badiiy ijodi. Uning pedagogik faoliyati,
taʼlim-tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida yangi bosqichga koʻtarilgan
maʼrifatchilikning xususiyatlarini belgilashda muhim manbalardandir.
Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan, dunyoviy va ilgʻor
ilm-fanni bolalarga oʻrgatishni oʻz oldiga asosiy vazifa qilib qoʻygan, yoshlarni
mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega boʻlishini
taʼminlaydigan haqiqiy xalq maktabi boʻldi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi.
Uning avvalgi sinf shogirdlari uchun “Birinchi muallim” i (1911)
Oktyabr
oʻzgarishigacha 4 marta, “Alifbedan soʻnggi oʻquv kitobi” – “Ikkinchi muallim”
(1912) 3 marta kayta nashr etilgan. Axloqiy didaktik mazmundagi “Turkiy Guliston
yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiypedagogik fikr taraqqiyotida
alohida oʻrin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX asrning
talab va ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Avloniy xulqlarni anʼanaviy yaxshi
va yomonga ajratar ekan, mulohazalarini Gippokrat, Platon, Aristotel, Saʼdiy Sheroziy,
Bedil fikrlari bilan dalillagan holda zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adib
Vatan muhabbatini uning uchun kurashmoqni eng yaxshi insoniy xulqlardan hisobladi.
Vatan – bu har bir kishining tugʻilib oʻsgan shahar va mamlakati. Uni qadrlamoq,
sevmoq, yashartmoq kerak. Shoir Vatan va unga muhabbat deganda shuni tushungan
edi. Tilga,
madaniyatga muhabbat esa, har bir kishining oʻz xalqiga boʻlgan
muhabbatidir: “Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgon oyinai hayoti til
va adabiyotidir. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”.
Avloniy Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, Shapaloq, Chol,
Ab, Chegaboy, Abdulhaq taxalluslari bilan sheʼr, hikoyalar va maqolalar yozgan.
Shuni aytish kerakki, Avloniy ancha murakkab hayot va ijod yoʻlini bosib oʻtdi. U
adabiyotga gʻoyaviy kurashlar gʻoyat keskinlashgan bir davrda kirib keldi. Hech
ikkilanmasdan maʼrifat va taraqqiyot uchun kurashishini maslak etib qabul qildi. Shoir
sheʼriyati bilan tanishar ekansiz, qiziq bir holga duch kelasiz. Unda birorta ishqiy sheʼr
yoʻq.
U ijtimoiy muammolarni, el-yurt gʻamini muhimroq biladi. Xalq va Vatan
baxtsizligi oldida har qanday muhabbatni rad etadi. Oʻz onadiyorini bamisoli “yor kabi
sevadi”. Butun mehrini shunga bagʻishlaydi. Asrimiz boshlari Turkiston takdirida
gʻoyat masʼuliyatli boʻlgan, uning hayot mamot masalasi hal qilinayotgan bir payt edi.
Buni Avloniy davrning peshqadam ziyolisi, yirik maʼrifatparvar, jadidlar taʼlimotining
faol tarafdori sifatida tezda ilgʻab oldi.
Dastlabki poetik asarlari “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” (I, II, III, GUjuzlar),
“Maktab gulistoni” (1916), “Mardikorlar ashulasi” (1917) kitoblarida va “Sabzavor”
tazkirasi (1914) hamda vaqtli matbuot sahifalarida chop etilgan asarlaridir. Ularda ilm-
maʼrifat targʻib qilingan, jaholat va nodonlik, eski tuzumning ijtimoiy-axloqiy asoslari
qoralangan, ozod va baxtiyor zamon haqida fikr yuritilgan. Shu jihatdan Avloniyning
bu davrdagi sheʼrlari Hamza, Anbar otin poeziyasiga ohangdoshdir. Avloniy barmoq
vaznini adabiyotda keng qoʻllagan. Milliy kuylarga moslab sheʼrlar
yozgan va
poeziyaning imkoniyatlarini boyitgan.
Avloniyning adabiyot oldidagi muhim xizmatlaridan biri shu boʻldiki, u
mardikorlik sheʼriyati deb atalgan yangi adabiy hodisaning yaratuvchilaridan boʻldi.
63
1916 yilgi mardikorlik voqealarini ifodalovchi “Bir mardikorning otasi oʻgʻliga aytgan
soʻzlari”, “Onasining oʻgʻliga aytgan soʻzlari”, “Afsus” kabi sheʼrlar yozdi. Ona
yurtdan uzoq shimolning qorli-muzli yerlariga, front orqasidagi qora xizmatga olib
ketilgan mardikorlarning
xayrlashuv manzaralarini, haqsizlikni yoritdi. Bu
sheʼrlarning ohang va uslubi xalq qoʻshiqlariga gʻoyat yaqin boʻlib, ular xalqimizning
milliy uygʻonishida muhim oʻrin tutdi.
Avloniy 1917 yil fevral inqilobini xursandchilik bilan kutib oldi (“Qutuldik”,
“Yotma” sheʼrlari). Oktyabrga bagʻishlab “Hurriyat marshi” (1919), “Ishchilar
qulogʻiga” kabi sheʼrlar yozdi, yangi sotsialistik tuzumni ulugʻladi. Lekin koʻp oʻtmay,
rus sovet tuzumi eski chor tuzumining oldingidan battarroq shakli ekanligini, sovet
siyosati riyokorlik asosiga qurilganligini anglay boshladi. Jumladan, tantanavor vaʼda
qilingan erkinlikning berilmaganligi shoir ijodida gʻamgin
tushkun ohanglarning
paydo boʻlishiga olib keldi (“Haftalik soatda” 1919). Shularga qaramasdan Avloniy
turli mavzularda sheʼrlar yozdi. 1919–20 yilgi Afgʻoniston safariga doir “Afgʻon
sayohati” kundaliklari esa mamlakatimizning yon qoʻshnimiz bilan oʻzaro doʻstlik,
totuvlik aloqalarining oʻrnatilishi tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.
Avloniy oʻzbek teatrining asoschilaridan edi. U 1913 yilda “Turkiston” teatr
truppasini tuzdi. “Turkiston” oʻzining qatiy nizomini ham eʼlon qilgan edi. Uning
tashkilotchisi ham, gʻoyaviy-badiiy rahbari ham Avloniy edi. Truppa “Zaharli hayot”
(Hamza), “Baxtsiz kuyov (A. Qodiriy) kabi XX asr boshlari oʻzbek dramaturgiyasining
eng yaxshi
namunalarini sahnalashtirgan, teatr ozarbayjon dramaturglari asarlari
(“Badbaxt kelin”, “Xoʻr-xoʻr”, “Jaholat”, “Uliklar”, “Joy ijaraga olgan kishi”, “Man
oʻlmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Qaram”) ni oʻzbekchaga tarjima qilib
sahnaga qoʻygan. Avloniyning oʻzi Mallu (“Layli va Majnun”), Fayziboy (“Baxtsiz
kuyov”), Aliboy (“Toʻy”), Boy (“Padarkush”) rollarini ijro etgan.
Avloniy “Advokatlik osonmi?” (1914), “Pinak” (1915)
komediyalari, 1914–17
yillarda yozgan “Biz va Siz”, “Portugaliya inkilobi”, “Ikki sevgi” kabi fojeaviy asarlari
bilan oʻzbek dramaturgiyasining maydonga kelishi va teatrchilikning xalq orasigatomir
otishiga muhim hissa qoʻshdi. Advokat Davronbek orqali Turkistondagi huquqsizlik,
dunyodan xabarsizlikni fosh etdi. “Advokatlik osonmi?” degan asarida bir qator
koʻknori va qimorbozlar obrazini yaratib, maʼnaviy turmushning tuban bir holga kelib
qolganlini koʻrsatdi. Monarxiyaga qarshi kurash, bayrogʻi ostida kechgan 1910 yilgi
Portugaliya inqilobi, 1909 yili Turkiyada yuz bergan “Yosh turklar” inqilobi (“Ikki
sevgi”) haqida yozib, adabiyotimizda mavzu va gʻoyalar koʻlamini kengaytirdi. “Biz
va Siz” da esa XX asr boshidagi Turkistonning eskilik va yangilik borasidagi kurashini
aniq taqdirlar misolida yoritib berdi.
Avloniy asosiy ijodiy faoliyatining eng sermahsul yillari 1917
yildagi Oktyabr
toʻntarishiga kadar boʻlgan davrga toʻgʻri keladi. Avloniy ijodi 60-yillarning oxiridan
oʻrganila boshlandi. Hozirda uning turli janrlardagi asarlaridan namunalar alohida
kitoblar holida chop etilgan.
Dostları ilə paylaş: