Glossariy – inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, atamalar lug‘ati degan ma’noni
anglatadi.
Guruh – umumiy bo‘lgan bir yoki bir necha belgilarga ko‘ra birlashgan kishilar
yig‘indisidir.
Iqtidor - oʻquvchi yoki talabaning kuch-qudrati yoki biror muammoni hal
qilishga qodirligining ifodasi.
Iqtidorlilik - insonga yanada yuksalish, faoliyatning bir yoki bir necha sohalari
boʻyicha boshqalarga qaraganda yuksak natijalarga erishish imkonini beruvchi tizimli,
rivojlanuvchan ruhiy xususiyat.
Iste’dod - 1) nihoyatda zoʻr qobiliyat, biror sohada yuksak darajadagi layoqat,
talant.
2) muayyan murakkab faoliyatni mustaqil, original hal eta olish imkonini
beruvchi layoqatlar uyg‘unligi.
Interaktiv usul- ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi oʻrtasidagi faol hamkorlik,
muloqot.
Innavatsiya- yangidan kiritilgan tushunchalar, tartib –qoidalar, texnalogiyalar va
yangiliklar.
Interfaol metodlar - ta’lim jarayonida o‘qituvchi tomonidan maqsadta erishish
uchun qo‘llanuvchi ukuvchilarning o‘z va o‘zaro faollashuvlariga karatilgan yo‘l va
usullar yigindisi.
Jamoa – 1) yagona jamiyat va kishilar uchun foydali maqsad, faoliyatga ko‘ra
birlashgan, jamiyat va kishilar manfaatini ko‘zlaydigan kishilarning tashkiliy guruhi;
2) kishilarning qadimiy uyushuv shakli.
Kasbiy tayyorgarlik- boʻlajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik va
jismoniy hamda ilmiy- nazariy va amaliy tayyorgarligi.
Kasbiy mahorat- ta’lim jarayonida pedagogik strategiya, strategik maqssad va
vazifalarni toʻg‘ri belgilash, qarorlar qabul qilish, ta’lim jarayonini loyihalashtirish,
innovatsion- pedagogik faoliyatni tashkil etish, ta’limni boshqarish jarayoniga tizimli