37
Darslik – muayyan fan bo‘yicha ta’lim maqsadi, o‘quv dasturi va didaktik
talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beruvchi
manba.
Dars jadvali - o‘quv rejasiga ko‘ra o‘quv xaftasining har bir kunida sinflar
bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq, ketma-ketligini
belgilovchi xujjat.
Dars tahlili - o‘quv mashg‘ulotini bir butun,
yaxlit xolda yoki muayyan
bo‘laklarga bo‘lib baholash.
Darslik yoki manba (kitob) bilan ishlash - materialni og‘zaki
bayon qilish
metodlaridan biri. Bu metod Oliy ta’lim muassasalari amaliyotida muhim o‘rin tutadi
Darsni jihozlash - o‘tiladigan dars mavzusiga ko‘ra o‘quv-didaktik materiallar,
qo‘llanma, multimedia, o‘quv vositalari kabilarni tanlash va tartibga keltirish.
Daftar - tikilgan, muqovalangan toza qog‘ozlar majmuidan iborat o‘quv quroli.
Debatlar - ikki qarama-qarshi, o‘zaro musobaqalashayotgan komanda (guruh)
ishtirokchilarining oldindan tayyorlangan chiqishlariga asoslangan rasmiy muhokama.
Dostları ilə paylaş: