Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlar davlat moliyaviy nazorati subyektlari hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati obyekti – bu, byudjet ttizimi byudjetlari, davlat mulki, tabiiy resurslar yoki soliqqa tortish, eksport va import bo‘yicha biror-bir imtiyozlardir.
104 Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc. New Jersey, 2010.
Byudjet kodeksiga asosan G‘aznachilik bo‘linmalari davlat moliyaviy nazoratini105:
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish;
xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan amalga oshiradi.
G‘aznachilik tizimi nazorati – byudjetdan mablag‘ oluvchilarning majburiyatini ijroga qabul qiladi va keyin taqdim qilingan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun g‘aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig‘iga asosan vakolatni o‘ziga oladi va byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida to‘lovni amalga oshirish maqsadida byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xo‘jalik shartnomalarini majburan ro‘yxatdan o‘tkazadi va narxlar monitoringini, byudjet me’yorlariga rioya qilinishini dastlabki va joriy nazoratini amalga oshiradi.
Dastlabki moliyaviy nazorat moddiy va moliyaviy resurslarni samarasiz ishlatilishining oldini olishga xizmat qilib, bu nazoratni amalga oshirish jarayonida qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari, ko‘zda tutilgan xarajatlarning asoslanmaganligini aniqlash mumkin. Nazoratning bu shaklida xo‘jalik operatsiyalarining moliyaviy yoki byudjet yilining boshlanishidan oldinroq qonunlar va me’yoriy hujjatlar talablarini buzilishini oldi olinadi106.
105 O‘bekiston Respublikasi Byudet kodeksining 176-moddasi asosida.
106 Vahobov A. V., Malikov T.S. Moliya: Darslik. T.: Noshir, 2012. 712 b.
Dostları ilə paylaş: |