Auktsionniamalgaoshirishtartibi Dastlab lot moderatsiyaga qo‘yiladi. Moderatsiya jarayoni muvaffaqiyatli o‘tgach, Elektron tizim byudjet buyurtmachisi bo‘yicha zarur mablag‘lar mavjudligini tasdiqlash uchun talab etilayotgan to‘lovlar so‘rovnomasini Moliya vazirligining G‘aznachiligiga yuboradi. Korporativ buyurtmachilar Lotni elektron tizimda faollashishi uchun moderatsiyadan o‘tishi va yetarli miqdordagi mablag‘ avans to‘lovi sifatida Hisob-kitob kliring palatasidagi shaxsiy raqamga o‘tkazilishi
kifoya. Har ikki yo‘nalishda ham portalga joylashtirilgan lot 10 kun davomida faol bo‘ladi. Shu vaqt mobaynida ishtirokchilar boshlang‘ich narxni bosqichma-bosqich pasaytirib borish tizimida narx taklif qiladilar. Savdoda lotning boshlang‘ich narxi 2% miqdordan tushirib boriladi. Buyurtmachi tovarga narx taklif berish jarayonida ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx berilgan oxirgi narxdan 15% va undan past miqdorda bo‘lsa, oxirgi va taklif etilgan narx o‘rtasidagi farqli qiymatda zakalat kiritiladi. Qo‘shimcha zakalat bo‘lmagan taqdirda bu taklif avtomatik tarzda elektron tizim tomonidan rad etiladi. Auktsion yakunida elektron tizim avtomatik tarzda eng past miqdorda berilgan narx egasini auktsion g‘olibi, deb topadi. Auktsionning yakunlanish muddati faqat birjaning ish kunlari va vaqtlariga to‘g‘ri keladi. Auktsion natijasiga muvofiq buyurtmachi va yetkazib beruvchining shaxsiy kabinetida elektron shaklda shartnoma tuziladi va rasmiylashtiriladi. Shartnomani “Bitimlar reyestri”dan topish mumkin. Buyurtmachi va ishtirokchi o‘rtasida elektron raqamli imzo yordamida tuzilgan bitim haqiqiy deb hisoblanadi. Agar auktsionda bir ishtirokchi yoki umuman hech kim ishtirok etmasa, auktsion o‘tkazilmagan, deb hisoblanadi. Bunday hollarda buyurtmachi 3 kun ichida auktsionni 5 kunga uzaytiradi.
Byudjetbuyurtmachisiauktsionorqaliishtirokchibilanshartnomarasmiylashtirgandankeyin,to‘lovniamalgaoshiradi Shartnoma rasmiylashtirilgandan keyin byudjet buyurtmachisi 10 kun ichida Birjaning G‘aznachilikdagi maxsus hisob varag‘iga pul o‘tkazadi. Birja ijrochiga shaxsiy kabinet orqali 100% to‘lov qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar yuboradi. Ijrochi shartnomada belgilangan muddat ichida va uning boshqa shartlariga muvofiq tovarni yetkazib beradi. Tovar qabul qilingach, buyurtmachi 3 kun ichida Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi va hisobotining avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi orqali tovarni to‘liq hajmda qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar jo‘natadi. Shartnoma bo‘yicha mablag‘ Hisob-kitob kliring orqali, tovar buyurtmachiga to‘liq yetkazib berilgandan so‘ng ijrochiga o‘tkaziladi. Tovar to‘liq yetkazib berilgandan so‘ng 3% zakalat summasi Hisob-kitob kliring palatasi
tomonidan avtomat ravishda byudjet buyurtmachisining tegishli shaxsiy hisob varag‘iga qaytariladi.
O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchilarga login va parollar berilishi hamda byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan savdo o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlar matni maxsus axborot portaliga joylashtirilishi bepul amalga oshiriladi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar savdo o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlarda ayrim turdagi tovarlar bo‘yicha bitta e’lon predmetida bir nechta tovarlar (ish, xizmat) ro‘yxatini ko‘rsatishi mumkin. Bunda, quyidagi bir nechta tovarlar bo‘yicha umumlashtirilgan holda e’lon berilishi mumkin:
kantselyariya mahsulotlari;
oziq-ovqat mahsulotlari;
dori-darmon vositalari (savdo o‘tkazish to‘g‘risida e’lon berilgan hollarda);
ta’mirlash ishlari;
boshqa bir tipdagi tovar(ish, xizmat)lar (Hukumat komissiyasining ishchi organi bilan kelishilgan holda).
Bunda, byudjetdan mablag‘ oluvchi bir nechta tovarlar (ish, xizmat) ro‘yxatini e’lon ilovasida alohida ko‘rsatadi.
Elektron savdoda qatnashish to‘g‘risida e’lon va talabnoma. 1 ming AQShdollaridan kam bo‘lgan bitta kontrakt bo‘yicha – narxi, sifati va tovarlar (ishlar,xizmatlar)ni yetkazib berish muddatlari bo‘yicha eng maqbul keladigan shartlarnitaklifqilganyetkazibberuvchilarbilanto‘g‘ridanto‘g‘rishartnomalartuzishorqali.Bittakontraktbo‘yichamablag‘miqdoriO‘zbekistonRespublikasiMarkaziybankiningshartnomatuzilgansanadagirasmiykursibo‘yichahisoblanadi; 1 mingdan 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan bitta kontrakt bo‘yicha —buyurtmachituzadiganidoraviytanlovkomissiyalaritomonidanbaholanadiganengmaqbultakliflarnitanlabolishorqali.Bittakontraktbo‘yichamablag‘miqdori O‘zbekistonRespublikasiMarkaziybankiningengyaxshitaklifkelibtushgansanadagirasmiykursibo‘yichahisoblanadi; 100 ming AQSh dollaridan ortiq miqdordagi bitta kontrakt bo‘yicha — buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti, shuningdek buyurtmachining tarmoq ilmiy-texnik kengashlarining vakillarini albatta jalb etgan holda tuziladigan idoralararo tanlov (tender) komissiyalari tashkil etadigan tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi99.
Mazkur xaridlar bo‘yicha texnik shartlar O‘zbekiston Respublikasi PrezidentihuzuridagiLoyihaboshqaruvimilliyagentligi bilan kelishilgan bo‘lishi shart. Bitta kontrakt bo‘yicha mablag‘ miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining texnik shartlar tasdiqlangan sanadagi rasmiy kursi bo‘yicha hisoblanadi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tanlov (tender) komissiyalari tarkiblari va tegishli tartib-taomillar ushbu qaror talablariga muvofiqlashtiradi.
Buyurtmachilarning rahbarlari davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirish tartibiga, shu jumladan xarid qilishning maqsadga muvofiqligiga rioya qilmaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha qadar shaxsiy javobgar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasining investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida davlat va korporativ xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.
Elektron savdo o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon maxsus axborot portaliga faqatgina buyurtmachining agenti orqali joylashtiriladi va ushbu e’lon o‘z navbatida elektron tizimda talabnoma ko‘rinishida shakllanadi. Elektron savdolar o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
99O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3237-sonli qarori asosida.
Byudjetdan mablag‘ oluvchi boshlang‘ich narxni internet, maxsus gazeta va jurnallar va matbuotda chop etilgan boshqa tovar (ish, xizmat) narxlaridan hamda respublika ichki bozorlaridagi (korxona va firmalar) narxlardan foydalangan holda mustaqil belgilaydilar va elektron savdolarda qatnashish uchun maxsus axborot portalida e’lon bergan kundan boshlab 25 kun ichida O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining hisob-kitob kliring palatasida ikkinchi depozit hisobvaraq tarzida ochilgan shaxsiy hisobvarag‘iga boshlang‘ich narxning 0,05 foizi miqdorida birjaning vositachilik yig‘imi sifatida avans to‘lovini amalga oshiradi. Byudjetdan mablag‘ oluvchi to‘lov topshiriqnomasining “To‘lovchining nomi” ustunida g‘aznachilik bo‘linmasining nomi, “To‘lovchining hisobraqami” ustunida
– tegishli g‘azna hisobvarag‘i, “To‘lov maqsadi” ustunida – byudjetdan mablag‘ oluvchining shaxsiy hisobvaraq raqami va byudjetdan mablag‘ oluvchining nomi, byudjet tasnifining tegishli kodi, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlar, to‘lov maqsadi, shuningdek davlat xaridlari bo‘yicha savdolarda qatnashish uchun garov (zalog) summasi o‘tkaziladigan ID(shaxsiy hisobvaraq) raqami (garov (zalog) summasi o‘tkazish uchun “O‘zRTXAB” OAJ hisob-kitob kliring palatasidan olingan ID raqam) ko‘rsatiladi.
Agarda byudjetdan mablag‘ oluvchining O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining Hisob-kitob kliring palatasida ikkinchi depozit hisobvaraq tarzida ochilgan shaxsiy hisobvarag‘i birja xizmatini (boshlang‘ich baho hisob- kitobidan) to‘lash uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, byudjetdan mablag‘ oluvchi
tomonidan maxsus axborot portaliga e’lon joylashtirilgan kundan boshlab 25 kun o‘tishi bilan talabnoma avtomat tarzda o‘chiriladi.
Qog‘oz formatdagi savdolar bayonnomasi birja yoki birjaning mintaqaviy savdo maydoni va yetkazib beruvchi (uning agenti) tomonidan ikki nusxada imzolanishi kerak, ulardan biri buyurtmachiga (uning agentiga) beriladi.
Buyurtmachi va savdolarda g‘olib chiqqan yetkazib beruvchi savdolar bayonnomasi asosida savdolar g‘olibi aniqlangan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida har bir lot bo‘yicha alohida kontrakt tuzishi shart.
Byudjetdan mablag‘ oluvchi tomonidan maxsus axborot portaliga (elektron savdo tizimiga) joylashtirilgan e’lon (talabnoma) bo‘yicha tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilar bitta yoki umuman taklif tushmagan hollarda, savdo o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va bu to‘g‘risida savdo bayonnomasi (tiket) nusxasini O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi yoki uning hududiy bo‘limlari 1 kun ichida tegishli byudjetdan mablag‘ oluvchilarga yoki ularning agentlariga taqdim qiladi.
Xulosa qilib aytganda, davlat xaridlari tizimini samarali tashkil etish davlat xaridlariga kichik biznes subyektlarini yanada ko‘proq jalb qilish, davlat ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni sotib olishda maqbul narxlarni qo‘llash, pirovardida byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, davlat mablag‘larining maqsadsiz ishlatilishining oldini olish, byudjet xarajatlarining samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan.