D tashmuxamedova



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə110/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Yuridik majburiyat

Moliyaviy majburiyat



Shartnoma tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin yuridi majburiyat vujudga keladi

Tovar va xizmatlar yetkazib berilgandan keyin schyot-faktura yoki byudjet tashkilotining kreditorlik qarzi mavjudligi tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan sharoitda moliyaviy majburiyat vujudga keladi

Shartnomani imzolashdan olsin byudjet
mablag‘lari mavjudligi tekshiriladi

Moliyaviy majburiyat g‘aznachilikning
Bosh kitobida qayd qilinadi

Shartnoma to‘liq yuridik kuchga ega bo’lishi uchun g‘aznachilik bo‘linmalaridan ro‘yxatdan o‘tiladi

Moliyaviy majburiyatshartnomayoki boshqa kelishuvlarining muddati o‘tgunga qadar qoplanadi.

Yuridik majburiyatlarni hisobga olishni asosiy maqsadi byudjet nazoratining samaradorligini oshirishdan iborat, xarajatlarning tasdiqlangan rejadan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi




6-rasm. Yuridik va moliyaviy majburiyatlar asosida g‘aznachilik faoliyati


nazorati

G‘aznachilik bo‘linmalari taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarni amalga oshirish imkonini tekshirishni taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar summasini, tegishli byudjet mablag‘larining taqsimlovchilari (oluvchilari) bo‘yicha ularning yuridik va moliyaviy majburiyatlari, shuningdek kassa xarajatlari bilan band qilinmagan, ajratilgan byudjet mablag‘lari qoldiqlari bilan solishtirish orqali amalga oshiradi.


So‘rovnomada ko‘rsatilgan xarajatlar turlari bo‘yicha ajratilgan byudjet mablag‘lariga taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud bo‘lganda, g‘aznachilik bo‘linmalari G‘aznachilik dasturiy majmuida ushbu
byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar (oluvchilar)ning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi tegishli xarajatlar moddalari bo‘yicha keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirishni to‘xtatib qo‘yadi.
G‘aznachilik dasturiy majmuida keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirish to‘xtatib qo‘yilgandan so‘ng, byudjetdan mablag‘ oluvchilar (taqsimlovchilar)ning so‘rovnomasi tegishli g‘aznachilik bo‘linmalarining vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi so‘rovnoma, uni g‘aznachilik bo‘linmasiga taqdim qilingan kunning keyingi ish kunidan kechikmagan muddatda, byudjet mablag‘ining taqsimlovchi (oluvchi)ga keyinchalik uni tegishli moliya organlariga taqdim etish uchun qaytariladi.
Yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band bo‘lmagan byudjet mablag‘lari mavjud bo‘lmaganda va byudjet mablag‘lariga so‘rovnomada ko‘rsatilgan xarajat turlari bo‘yicha taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud bo‘lmagan hollarda, g‘aznachilik bo‘linmalari so‘rovnomani qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda byudjetdan mablag‘ oluvchilar (taqsimlovchilar)ga qaytaradilar.
Byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalariga tegishli moliya organlari tashabbusi bilan o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda, ular tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan taqdimnoma yoki ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihalari g‘aznachilik bo‘linmalariga imzolash uchun taqdim etiladi.
G‘aznachilik bo‘linmalari taqdimnomada taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarni amalga oshirish imkonini, taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar summasini tegishli byudjet mablag‘larining taqsimlovchilari (oluvchilari) bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar, shuningdek kassa xarajatlari bilan band qilinmagan ajratilgan byudjet mablag‘lari qoldiqlari bilan solishtirish orqali amalga oshiradi.
Taqdimnomada ko‘rsatilgan xarajat turlari bo‘yicha ajratilgan byudjet mablag‘lariga o‘zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud bo‘lganda, g‘aznachilik
bo‘linmalari G‘aznachilik dasturiy majmuida ushbu shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi tegishli bo‘lim, bob, paragraf va xarajatlar moddalari bo‘yicha keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirishni to‘xtatib qo‘yadi.
G‘aznachilik dasturiy majmuida keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirish to‘xtatib qo‘yilgandan so‘ng, moliya organining taqdimnomasi tegishli g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi va uning muhri bilan tasdiqlanadi.
Imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi taqdimnoma, u g‘aznachilik bo‘linmasiga taqdim qilingan kunning keyingi ish kunidan kechikmagan muddatda, tegishli moliya organiga qaytariladi.
Yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band bo‘lmagan ajratilgan byudjet mablag‘lari mavjud bo‘lmaganda va ajratilgan byudjet mablag‘lariga taqdimnomada ko‘rsatilgan xarajat turlari bo‘yicha taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud bo‘lmagan hollarda, g‘aznachilik bo‘linmalari taqdimnomani tegishli moliya organiga qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda qaytaradilar.
Moliya organlari tomonidan qonun hujjatlari asosida byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar (kamaytirishlar) kiritilgan hollarda, g‘aznachilik bo‘linmalariga ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihalari taqdim qilinadi (respublika byudjeti bo‘yicha — Moliya vazirligining tarmoq boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G‘aznachiligiga ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihasini taqdim etadi).
G‘aznachilik bo‘linmalari taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarni amalga oshirish imkonini tekshirishni, taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar summasini yuridik va moliyaviy majburiyatlar, shuningdek tegishli byudjetda turuvchi, barcha byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar (oluvchilar)ning tegishli bo‘lim, bob, paragraf va xarajatlar moddalari bo‘yicha kassa xarajatlari bilan band qilinmagan ajratilgan byudjet mablag‘lari qoldiqlari bilan solishtirish orqali amalga oshiradilar.
Ma’lumotnoma-bildirishnomada ko‘rsatilgan ajratilgan byudjet mablag‘lari limitlariga taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarni kiritish imkoni mavjud bo‘lganda, g‘aznachilik bo‘linmalari:

  • G‘aznachilik dasturiy majmuida tegishli byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar (oluvchilar)ning tegishli bo‘lim, bob, paragraf va xarajatlar moddalari bo‘yicha keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlar olishni va kassa xarajatlarini amalga oshirishni to‘xtatib qo‘yadi;

  • ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihasi taqdim qilingan kunning keyingi ish kunidan kechikmagan muddatda ijobiy xulosa tuzadi va uni tegishli moliya organlariga taqdim etadi.

Yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band bo‘lmagan ajratilgan byudjet mablag‘lari mavjud bo‘lmagan hollarda va so‘rovnomada ko‘rsatilgan xarajat turlari bo‘yicha ajratilgan byudjet mablag‘lari limitlariga taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud bo‘lmaganda, g‘aznachilik bo‘linmalari, ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihasi taqdim qilingan kunning keyingi ish kunidan kechikmagan muddatda, unga o‘zgartirishlar kiritish imkoni yo‘qligi sabablari ko‘rsatilgan holda xulosa tuzadi.
Ma’lumotnoma-bildirishnomaga salbiy xulosa olingandan so‘ng, tegishli moliya organlari ularni o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha choralarni ko‘radilar.
Yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va kassa xarajatlarini amalga oshirishni to‘xtatib qo‘yishni yechish, g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan moliya organlari tegishli ma’lumotnoma-bildirishnomalar va ularni o‘zaro solishtirish asosida tayyorlangan byudjet mablag‘lari taqsimlovchilar (oluvchilar)ning xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar ro‘yxatining barcha nusxalarini taqdim qilganidan keyin amalga oshiriladi.



Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin