D tashmuxamedova


G‘aznachilikda narxlar monitoringini tashkil qilish



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə111/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

3. G‘aznachilikda narxlar monitoringini tashkil qilish


G‘aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan avval dastlabki nazoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu narxlar monitoringi orqali
ta’minlanadi. Buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda va hisobga olishda narx yechimi hamda narxlar monitoringini amalga oshiriladi.111
G‘aznachilik bo‘linmalari buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzilayotgan shartnomalarning sifatli ta’minlanishini va narx-navo yechimini nazarda tutuvchi byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni tanlov (tender) savdolari o‘tkazilganligi natijalarini tasdiqlovchi tanlov (tender) komissiyasi qarorlari bayonnomasi nusxasi hamda elektron savdolar bayonnomasi nusxasini olish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Buyurtmachilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuziladigan shartnomalardagi narx-navo yechimi hamda ularning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilganligiga javobgardir.



Bazorlardan ma’lumotnomalar



Raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari





Нарх мониторинги

Ommaviy axborot vositalari va
Ixtisoslashtirilgan reklama nashrlaridagi ma’lumotlar
3


8-rasm. Narxlar monitoringi uchun muqobil yetkazib beruvchilar narxlarini belgilash usullari







111 “O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalari” O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami №2850, 7-bobi asosida.
Bunda byudjet tashkiloti sotib olmoqchi bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi muqobil yetkazib beruvchilar narxlari bilan taqqoslanadi. Muqobil yetkazib beruvchilar to‘g‘risida ma’lumot to‘plashning turli usullari mavjud. Masalan:

  • tovar xomashyo birjalari ma’lumotlaridan foydalanish;

  • bozorlardan ma’lumotnomalar olish;

  • raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari olish;

  • ommaviy axborot vositalari va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlaridagi ma’lumotlarni umumlashtirish.

Xo‘jalik shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida har bir shartnomaga bir nechta (kamida 2 ta) yetkazib beruvchining tijorat taklifi ilova qilinishi, bunda har bir yetkazib beruvchining rekvizitlari (nomi, manzili, telefon raqamlari, rahbari to‘g‘risidagi ma’lumotlari) aniq ko‘rsatilishi, yetkazib beruvchilar shu sohada uzoq yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan, yuqori mavqeli korxonalar bo‘lishi tavsiya etiladi.
O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz, aynan ishlab chiqaruvchining o‘zidan sotib olinishi, chetdan keltiriluvchi tovarlar esa bevosita importyordan sotib olinishi narxlarning asossiz o‘sishining oldini oladi.
Moliya organlarida narxlar monitoringini tashkil etishning huquqiy asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom” bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur Nizom davlat byudjeti, davlat byudjetida jamlanuvchi davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari, Hukumat kafolati bo‘yicha olingan xorijiy kreditlar, Jahon banki guruhi, ETTB, OTB, Xalqaro hamkorlik Yapon banki, “KfW” banki kabi xalqaro va xorijiy moliya institutlari tomonidan taqdim etilgan xorijiy grantlar mablag‘lari evaziga import qilingan yoki O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan xomashyolar, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish bo‘yicha tender savdolarini tashkil qilish mexanizmini belgilab beradi.


Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin