D tashmuxamedova



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə119/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Ma’lumki, byudjet qurilishi mamlakatning davlat byudjeti va byudjet tizimini, uning bo‘g‘inlari o‘rtasidagi byudjetlararo munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi
byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet mablag‘larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.119
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 7-moddasida qayd etilgan byudjet tizimining yagonaligi tamoyiliga muvofiq, barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish va ijro etishda yagona byudjet tasnifi qo‘llaniladi. Barcha darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tasniflash obyektlariga tegishli raqam(kod)lar berish bilan guruhlanadi hamda tasnif ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi.
Byudjet tasnifi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hamda ulardan mablag‘ oluvchi tashkilotlarga qo‘llaniladi hamda davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro qilish, shuningdek davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash maqsadida foydalaniladi.
Byudjet tasnifi O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarining guruhlanishi bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • davlat byudjeti daromadlarining tasnifi;

  • davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifi;

  • davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi.

Byudjet tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va byudjet ma’lumotlarining xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.



119 Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc. 2010 New Jersey
Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi barcha darajadagi byudjetlar daromadlari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari daromadlarining guruhlanishidan iborat.
25 koddan iborat bo‘lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to‘rt qismli ko‘rinishga ega:

  • mablag‘lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi;

  • daromadlar turi;

  • hududiy tasnif.

Daromadlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko‘rinishga ega:



Mablag‘lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi

Daromadlar turi

Tashkiliy tasnif

Hududiy tasnif

x

xxx

x

x

x

xxx

xxx

xxx

xx

xxx

Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi (DMBAT) tatbiq etilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzishda faqatgina “Daromadlar turi” kodi qo‘llaniladi.


Xarajatlar tasnifi. Davlat byudjeti, davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar xarajatlari tasnifi barcha byudjet darajalari xarajatlari guruhlanishini o‘zida ifodalaydi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish sektori birliklari asosiy funksiyalarini bajarishga, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishga byudjet mablag‘larining yo‘naltirilishini aks ettiradi.
Xarajatlar tasnifi quyidagilardan iborat:

  • mablag‘lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi;

  • hududiy tasnif;

  • xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi;

  • xarajatlarning iqtisodiy tasnifi;

  • xarajatlarning iqtisodiy tasnifi (xarajatlar guruhi bo‘yicha);

  • tashkiliy tasnif;

Xarajatlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko‘rinishga ega:





Mablag‘lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi

Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi

Tashkiliy tasnif



Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi



Hududiy tasnif



x

xxx

x

x

x

xxx

xxx

xxx

xx

xx

xxx

xx

xxx

DMBAT to‘liq tatbiq etilguniga qadar xarajatlar smetasini va xarajatlar smetasi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni (davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni qo‘shgan holda) tuzishda “Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi”, “Tashkiliy tasnif” va “Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi” kodlari qo‘llaniladi.


G‘aznachilik tizimi samarali faoliyat qilishi uchun byudjet daromadlari va xarajatlarining mukammal ishlab chiqilgan funksional va iqtisodiy tasnifi bo‘lishi lozim. Davlat mablag‘lari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobini bank tizimidan G‘aznachilikka o‘tkazilishi bilan barcha operatsiyalar yagona G‘aznachilik tizimining Bosh kitobida aks ettiriladi. Bunda konsolidatsiyalashgan byudjetni ijro etishda, davlat moliyasi bilan amalga oshiriladigan barcha jarayonlarni o‘z vaqtida va aniq hisobini yuritishda G‘aznachilikning hisob-kitob schyotlari byudjet daromadlari va xarajatlarining tasniflash tizimiga mos kelishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, G‘aznachilikning ma’lumotlar bazasida barcha ma’lumotlar byudjet tasnifiga asosan guruhlanadi.

    1. Yüklə 5,5 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin