D tashmuxamedova



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə127/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Xorijiy mamlakatlar g‘aznachilik tizimlarining xususiyatlari
  • Byudjet tizimini boshqarishda g‘aznachilik mexanizmining modellari


  • AQSh va Rossiya Federatsiyasida g‘aznachilik tizimi faoliyati
  • Xorijiy tajribalar asosida g‘aznachilik tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari





      1. Xorijiy mamlakatlar g‘aznachilik tizimlarining xususiyatlari

    O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar misolida, davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish sohasidagi amalga oshirilayotgan yutuqlar qatorida, g‘aznachilik tizimining joriy qilinishi va bu borada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar islohotlar samarasining dalolatidir. G‘aznachilik tizimining joriy qilinishi byudjet ijrosining samarasini keskin oshirishni ta’minlamoqda.
    Byudjetning g‘azna ijrosiga oid xorijiy adabiyotlarda g‘aznachilik tizimiga quyidagicha ta’rif beriladi, ”G‘aznachilik tizimi byudjetdan mablag‘ oluvchilarning majburiyatini ijroga qabul qiladi. Keyin taqdim qilingan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun g‘aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig‘iga binoan vakolatni o‘ziga oladi. Byudjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida to‘lovni amalga oshiradi. G‘aznachilik bo‘linmalari byudjet tashkilotlari va boshqa byudjetdan mablag‘lar oluvchilarga naqd pul to‘lash uchun banklarning vakolatli muassasalarida maxsus tranzit g‘aznachilik hisobraqami ochadi. Har bir tranzit hisobraqamga joylashuv o‘rniga bog‘liq tarzda naqd pul mablag‘lari oluvchi byudjet tashkilotlari biriktirilishi lozim. Banklarning vakolatli muassasalari G‘aznachilik tomonidan yozib berilgan chek asosida mazkur tranzit hisobraqamlardan byudjet tashkilotlariga naqd pul mablag‘lari berish amalga oshiriladi”123.

    Byudjet ijrosining g‘aznachilik tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish byudjet mablag‘larini to‘liq va samarali ishlatilishining dastlabki va joriy nazoratini ta’minlaydi: Dastlabki nazorat shartnomalarni ro‘yxatga olish
    123 Steven M. Bragg. Treasury management: The Practitioner’s Guide /Published by John Wiley &Sons, Inc., Hoboken, New Jersey/ 2010.
    jarayonida, joriy nazorat byudjetdan mablag‘ oluvchilarni xarajatlariga mablag‘ni to‘lashda amalga oshiriladi”124.
    Jahon tajribalari shuni ko‘rsatadiki, byudjetning kassali ijrosi ikki usulda: g‘aznachilik va bank tizimi orqali amalga oshiriladi. G‘aznachilik tizimining faoliyati birinchi bosqichda nafaqat moliyaviy resurslarni safarbar qilish orqali mahalliy byudjet xarajatlarini muntazam ravishda boshqarish imkonini yaratadi, balki ular ustidan samarali nazorat qilish imkonini ham beradi.
    “G‘azna” inglizcha “treasure trove” so‘zidan olingan bo‘lib, insonlar tomonidan ma’lum bir maqsadlarda yerga ko‘milgan oltin va kumushning topilishi hamda bu topilma podshohlarga tegishli bo‘lganligini anglatadi. Boshqa iqtisodiy adabiyotlarda “g‘aznachilik” – terminiga iqtisodiy kategoriya sifatida ikki xil ta’rif beriladi. G‘aznachilik – davlat byudjeti kassasini ta’minlaydigan va davlat moliyasini boshqaradigan maxsus davlat organidir. G‘aznachilik – mamlakatning moliya siyosatiga va iqtisodiyotni boshqarishga javob beradigan vazirlikdir.
    G‘aznachilik – Maxsus davlat moliya organi bo‘lib davlat byudjetining ijrosini ta’minlaydi, o‘zida yagona markazlashgan pul fondlarini shakllantiradi, shuningdek davlat tomonidan soliqlar yig‘ish va ulardan foydalanishni ta’minlaydi. Ko‘pchilik hollarda g‘aznachilik Moliya vazirligi tarkibiga kiruvchi yagona tamoyillarga asoslangan tizimdir. AQSh, Avstraliya, Braziliya kabi davlatlarda byudjet ijrosi g‘aznachilik orqali amalga oshiriladi.
    Davlat byudjeti kassa ijrosiga bank tizimida davlat dasturlarida ishtirok etayotgan tashkilot va muassasalar tarkibining oshishi natijasida byudjet mablag‘larining bosh taqsimlovchisi, ya’ni Moliya Vazirligining ushbu mablag‘lar xarakati va ularning maqsadli ishlatilishi ustidan olib borayotgan nazoratini ma’lum darajada cheklashga olib kelgan. Moliya Vazirligiga byudjetning daromadlar qismi to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetib kelmasligi byudjet mablag‘larini tezkor sur’atlarda samarali ishlatilishiga to‘sqinlik qildi.





    124 Пулатов Д. Вопросы совершенствование государственного финансового котроля в Узбекистане.
    // Perspectives of Innovations, Economics and Business Volume 2. 2009.P -50.
    “G‘aznachilik-davlatning moliyaviy resurslarini boshqarishning yangi usulidan foydalanishdir. Davlat byudjetining barcha daromadlarini jamlash va taqsimlashdagi yangicha tamoyil va mexanizmlarni amalga qo‘llashdir. Qolaversa, byudjetning har bir so‘mini oqilona ishlatishni ta’minlovchi yangicha mexanizmdir. Hozirgi kunda ko‘plab xorijiy davlatlarda, jumladan, Frantsiya, Shvetsiya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlar byudjet ijrosini g‘aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladi”125. G‘aznachilik faoliyatini tashkil etishning dastlabki boskichdagi chora-tadbirlari mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlariga hamda respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlariga byudjetdan mablag‘lar oluvchilar bilan mahsulot yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalarni g‘aznachilik organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish va tuzilgan shartnomalarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni nazorat qilish bilan boshlandi.
    Xorijiy mamlakatlarda Markaziy bankning paydo bo‘lishi va tijorat banklari tizimining takomillashuvi g‘aznachilik tizimining quyidagi o‘zgarishlariga olib keldi:

    • tangalar yasash va pul emissiyasi Markaziy banklar zimmasiga o‘tdi;

    • qarz majburiyatlarini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozlar miqdorini boshqarish ham Markaziy Bankka berildi;

    • bank tizimining poytaxtdan boshqa savdo va sanoat markazlariga tarmoq yoyishi, davlat tomonidan to‘lovlar olish va berish funksiyalari ham banklarga topshirildi;

    • “G‘azna” aholi omonatlarini qabul qiluvchi bank muassasasiga aylandi.

    Davlat byudjetining kassa ijrosi jarayonida g‘aznachilik tizimining modellari turlicha bo‘lib, ularning vazifalari bir-biridan farqlanadi. G‘aznachilikda byudjet mablag‘lari xarajatlari uch bosqichga bo‘linadi:



    125 Steven M. Bragg. Treasury management: The Practitioner’s Guide /Published by John Wiley &Sons, Inc., Hoboken, New Jersey/ 2010.
    .


    1. Yüklə 5,5 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   139




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin