1-jadval.
G‘aznachilik tizimida byudjet jarayonlarini amalga oshirilishi131
Xarajatlar aylanish davri
|
Byudjet jarayonlarini amalga oshirilishi
|
Bank tizimidagi holat
|
G‘azna tizimidagi holat
|
Ajratmalar
|
Byudjet boshqarmalari-hududiy moliya organlari
|
Byudjet boshqarmalari-hududiy moliya organlari
|
Taqsimlash (smeta-yoyilma)
|
Byudjet boshqarmalari-hududiy
moliya organlari
|
Byudjet boshqarmalari-hududiy
moliya organlari
|
Byudjetni yil ichida qayta ko‘rib
chiqish
|
Byudjet boshqarmalari-hududiy
moliya organlari
|
Byudjet boshqarmalari-hududiy
moliya organlari
|
Majburiyatlar (shartnoma, buyurtma)
|
Byudjet tashkilotlari buxgalteriya bilan birgalikda kreditor qarzlar va haqiqiy xarajatlardan farq qiladigan majburiyatlar hisobotlarda ko‘rsatilmaydi
|
Byudjet tashkilotlari buxgalteriya bilan birgalikda
g‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkazish kerak.
A. har oylik hisobot
|
Verifikatsiyalash (yetkazib berish)
|
Byudjet tashkilotlari buxgalteriya bilan birgalikda choraklik hisobotlar
|
Byudjet tashkilotlari buxgalteriya bilan birgalikda.
G‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Mumkin bo‘lgan ro‘yxatga olish rejimlari: majburiyatlarga nisbatan.
V. har oylik hisobot
|
Kassa limitlari (masalan, yo‘riqnoma/sertifikatlar)
|
|
G‘azna har oylik/har kunlik hisobotlar
|
To‘lov xabarnomalari
|
|
G‘azna va byudjet tashlotlari
buxgalteriya bilan birgalikda
|
131 Колесов A.С. Бюджетный протцесс: сушность и совершенствование. – Финансы № 11. 2010. – с 8.
|
|
har oylik / har kunlik hisobotlar
|
To‘lovlar
(bankka jo‘natiladigan xarajatlarni amalga oshirish ruxsatnomalari)
|
Banklar: kassa balansi: har kunlik hisobot Byudjet tasnifi-tarmoq-paragraf: har oylik hisobot
|
G‘aznachilikda har oylik/har kunlik hisobotlar Byudjetdan mablag‘ oluvchi
tashkilotlar (axborot g‘aznaga elektron yo‘l bilan uzatiladi)
D. har oylik hamda har kunlik hisobotlar.
Kassa balanslari haqida kunlik hisobotlar
|
Buni o‘zlashtirish uchun shuni nazarda tutish kerakki, byudjetning g‘aznachilik ijrosida turli malakaga ega, davlat boshqaruvi va mahalliy boshqaruv tizimlarining turli pog‘onalarida ishlayotgan mutaxassislar faol qatnashadi. Davlat byudjetining g‘aznachilik ijrosiga doir asosiy tamoyillar, byudjet ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni va harakatlarda shu tizim qatnashchilari tamoyillarga rioya qilishni o‘zaro kelishib olinmagunga qadar, tizim faoliyatining samarasi yuqori bo‘la olmaydi. Shu nuqtayi nazardan bu tizimga umumiy va tushunarli yagona tamoyillar joriy qilinmasa turli muammolarni olib kelishi mumkin. Bu vaziyatda byudjetning g‘azna ijrosida quyidagi tamoyillar keltiriladi:
Byudjetning g‘aznachilik ijrosiga doir eng muhim tamoyil - daromadlar va xarajatlar Yagona kassadan amalga oshirilishi. Bunda byudjet taqchiligini yopish uchun byudjet tushumlari va byudjetning barcha daromadlari Yagona G‘aznachilik hisobidan amalga oshiriladi.
Ikkinchi muhim tamoyil - Davlat byudjeti ijrosining hisoboti va buxgalteriya hisobini umumiy (yagona) tasnifga asoslangan tizimini yaratilishi. Bu tamoyil Davlat byudjeti g‘aznachilik ijrosi tizimini o‘zida mujassamlashtirgan hisobotlar va shu jarayonga tegishli barcha standartlarni joriy qilinishini bildiradi. Bunga davlat byudjeti ijrosi bo‘yicha hisob va hisobotlar, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlari, uzoq muddatli dasturlari, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jalb qilingan mablag‘lari kiradi. Bu borada tashkilotlarning yagona buxgalteriya hisobi standartlari va hisobotlari faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida emas balki byudjet tashkilotlarida ham yagona byudjet tasnifi, buxgalteriya hisobi plan schyotlari va buxgalteriya hisobi hujjatlari bilan amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Bu tamoyil g‘aznachilik
organlari va byudjet tashkilotlaridan tashqari, yagona tasnifga asoslangan hisob va buxgalteriya hisobi tizimi soliq va bojxona organlaridan tushadigan davlat byudjeti daromadlari, byudjetdan tashqari fondlarning daromadlariga tushadigan mablag‘lar, daromadlarni maxsus yig‘uvchilarga hamda davlatning maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchilarga qo‘llaniladi.
Byudjet ijrosining banklar orqali amalga oshiriluvchi kassali ijrosidan farqli ravishda g‘aznachilik tizimida byudjet ijrosida tushumlarning Yagona g‘azna hisobraqamiga kelib tushishidan oxirgi pul mablag‘larni oluvchiga yetib borgunga qadar kuchli moliyaviy nazorat qilinishi ta’minlanadi. Bu “tiniqlik” tamoyilini amalga oshirish imkonini yaratadi. Jamiyatni demokratiyalashtirish va fuqarolik jamiyati tarraqqiyoti natijasida, siyosiy partiyalar, turli harakatlar va nodavlat tashkilotlari davlat byudjetini rejalashtirish jarayonida bir-birlari bilan muhokama qilishi va dolzarb yo‘nalishlarni aniqlash jarayonida mazkur tamoyildan foydalanishlari tarraqiy etgan davlatlarda tabiiy hol. O‘zbekiston Respublikasida “tiniqlik” tamoyilini amalga oshirish byudjet jarayoni uchun asos bo‘lib, qolaversa, davlat byudjeti mablag‘larining samaradorligi oshishiga xizmat qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, shuni e’tiborga olish kerakki, alohida ekspertlar va xalqaro tashkilotlar “tiniqlik” tamoyili ma’nosida Davlat byudjeti ijrosini boshqa davlatlar byudjet ijrosi bilan solishtirishga urinib, haqqoniylikka erishadi.
O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlari “shok terapiyani” o‘zida mujassamlashtirmagan, islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib, oldingi bosqichning samarali amalga oshirilishiga qarab, aholini maksimal ijtimoiy himoyalagan holda amalga oshirishi tamoyili asosida o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Lekin, rivojlangan va qo‘shni davlatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar va byudjet bilan bog‘liq hal qilinayotgan masalalar, bizning mamlakatimizdagi Davlat byudjeti maqsadlaridan sezilarli farq qilinishini inobatga olishimiz kerak. Hattoki, erkin va dekmokratik hisoblangan davlatlarda davlat byudjetining ba’zi “backdoor Spending”132 deb nomlangan xarajatlari mavjudki, ularning maqsad va
132 Allen Schick, Robert Keith, Edward Davis. Manual on the Federal Budget Process.CRSReportfortheCongress. 1991. P 115
mohiyatining maxfiyligi hech kimda qiziqish va xalqaro tashkilotlarda va “malakali ekspertlar” doiralarida e’tiroz va yoki tushunmovchilik uyg‘otmaydi.
Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatadiki, g‘aznachilik tizimining ustunlik qiladigan bironta modeli yo‘q. G‘aznachilikning bo‘lim va boshqarmalar soni va ularning aniq funksiyalari har bir mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarga bog‘liq, shu bilan birga bu funksiyalar mamlakatlarning rivojlanishiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: |