bosqich. Tarmoq, vazirliklar va idoralar hisobraqamiga tushadigan byudjet mablag‘larining hajmini tasdiqlash.
bosqich. Soliq organlari orqali byudjetning daromad qismini amalga oshirish va tasdiqlangan xajmlariga binoan byudjet oluvchilarning tijorat banklaridagi hisobraqamlariga yetkazib berish.
bosqich. Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning kassa xarajatlarini amalga oshirilishi. Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning tijorat banklaridagi hisobraqasiga tushgan mablag‘ Moliya vazirligi va uning joylardagi moliya organlarining nazorati doirasidan tashqarida amalga oshiriladi. Bu mablag‘larning nazorati tijorat banklarining o‘ziga yuklatiladi. Tijorat banklarining hisobraqamlaridagi shu davr ichida ishlatilmagan byudjet tashkilotlarining qoldiq mablag‘lari tijorat banklarining resurs mablag‘lari vazifasini bajaradi hamda to‘lov muddati kelgunga qadar o‘sha bank tomonidan tijorat maqsadida ishlatilishi mumkin. Bunda tijorat tavakkalchiligi bilan bog‘liq xatarlar ushbu mablag‘lar zimmasiga tushishi tabiiy.(1-rasm)
Xalqaro Valyuta Fondi ekspertlari Barri Potter va Jek Daymont fikricha, “Iqtisodiy hamkorlik va tarraqqiyot tashkiloti126tarkibidagi ko‘pchilik mamlakatlar davlat moliyasini boshqarishda g‘aznachilik tizimiga suyanishadi va bunda g‘aznachilik tizimining Moliya vaziri tomonidan boshqarilishi davlat mablag‘larini ishlatilish samaradorliligini va ularning o‘z vaqtida va maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat etish sifatini ham sezilarli darajada oshiradi”127.
126rganization for Economic Cooperation and Development (OECD)
127Barry Potter, Jack Diamond. Building Treasury Systems.1999 r3.
1-rasm.Davlat byudjetining kassa ijrosi jarayonida g‘aznachilik
tiziminingmodellari G‘aznachilik tizimi davlatning markaziy hukumati va hududlardagi boshqaruv organlarining asosiy moliyaviy xizmatlarini ta’minlaydi. Bu xizmatlar qatorida: davlat mablag‘lari to‘lovlarini amalga oshirish, mablag‘lar harakati hisobi va hisobotini ta’minlashi, fiskal hisobot va boshqalar ko‘rsatiladi. Rivojlangan davlatlar moliya vazirligi va boshqa tarmoq vazirliklari uchun davlat moliyasini shakllantirish, ijro qilish va nazorati bo‘yicha funksional bog‘liq tarzda kompyuter tizimini tuzadi va doimiy ravishda takomillashtiradi. Shu bilan birga, bu yaxlit – integrallashgan tizim, ixtisoslashtirilgan kompyuter dasturlari, byudjetning barcha darajadagi mahalliy byudjetlarga ishlov berish, davlat qarzini boshqaruv vazifalarini optimallashtirish, byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va
birlashtirish, mahalliy moliya organlari va boshqa tashkilotlarining moliyasini boshqarish funksiyalari uchun alohida ixtisoslashgan dasturlarni o‘z ichiga oladi.
Ilmiy adabiyotlarda g‘aznachilik tizimining turli ta’riflari uchraydi. Quyida shu ta’riflardan birini keltiramiz:
Xalqaro Valyuta Fondi ekspertlari Barri Poter va Jek Daymondlarning ta’riflashicha:
Davlat byudjeti g‘aznachilik ijrosi, yana bir ta’rifga ko‘ra,ijroiya organitarafidan byudjet mablag‘larini jalb qilish va sarflanishini ta’minlaydi, bunda,ushbuorganmaxsusvakolatlarigako‘ratushumlarro‘yxatibo‘yicha,YagonaHisobraqamidanamalgaoshiriladiganto‘lovlarvazimmasidagibyudjetmajburiyatlarining vaqti vahajminitartibgasoladi130. Xorijiy mamlakatlar G‘aznachilik bo‘yicha o‘tkazilgan taqqoslashdan ko‘rinib turibdiki, byudjetning banklar orqali ijrosi sharoitida byudjet mablag‘larining bosh taqsimlovchisi - Moliya Vazirligining byudjet
128Ivanova N. G., Makovnik T.D., Kaznacheyskaya sistema ispolneniya byudjetov. «Piter»Sankt-Peterburg. 2001. str.29
129Barry Potter, Jack Diamond. Building Treasury Systems. 1999 r6.
130Rudovol I. P. Pravovoe regulirovanie kaznacheyskogo ispolneniya byudjeta. // Finansi. № 8, 2009. str. 25.
mablag‘larining tezkorligini ta’minlashda, davlat byudjetining daromad qismiga tushadigan mablag‘larini kuzatishda ham, byudjet oluvchi tashkilotlarga mablag‘larni taqsimlab yetkazish borasida ham funksiyalari chegaralangan edi. Byudjet ijrosining g‘azna tizimida bosh taqsimlovchisi barcha mablag‘larni Yagona g‘azna hisobvarag‘iga tushgan vaqtdan mablag‘ oluvchiga bu summa to‘langunga qadar shaffofligini ta’minlash imkonini bu tizim kengaytiradi. Barcha mablag‘larining Yagona g‘azna hisobvarag‘iga tushishini tartibga solib turadi, ulardan vaqt tejash bo‘yicha foydalanishning eng qulay variantini tanlaydi. Buning hisobiga Davlat byudjeti ijrosi samaradorligini keskin oshiradi.