rasm.“UzASBO” KD va “G‘aznachilik” KDlar ma’lumot almashinuvi
Dastur umumiy markazlashtirilgan serverga, ma’lumotlarni saqlash va ishlash bo‘yicha yagona tizimga ega bo‘lgan yagona integratsiyalangan apparat - dasturiy kompleksdir.
“UzASBO” KD quyidagi komponentlar (hisob obyektlari) bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish imkonini beradi:
pul mablag‘lari, kassa xarajatlari va haqiqiy xarajatlar;
moliyaviy natijalarni hisobga olish bo‘yicha schyotlar, hisobotni shakllantirish va tuzish;
xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar;
“G‘aznachilik-4” kompyuter dasturi bilan o‘zaro ta’sirlashuv.
Foydalanuvchilar dasturdan foydalanish uchun WEB-texnologiyalarni qo‘llagan holda Moliya vazirligining dasturiy maydoniga kiradilar (http://www.mdm.uz).
“UzASBO” KD tarkibiy tuzilmasi funksionallikni boshqaruv darajalari bo‘yicha taqsimlashni, boshqa turdosh axborot tizimlari bilan informatsion o‘zaro ta’sirlashuvni o‘z ichiga oladi.
“UzASBO” KD amaliy dasturiy ta’minotning boshqa tizimlar bilan o‘zaro axborot ta’sirlashuvi “G‘aznachilik” KD, shuningdek dasturiy komplekslar o‘rtasidagi himoyalangan aloqa kanallari orqali moliyaviy axborotning yagona ma’lumotlar bazasi bilan axborot ta’sirlashuvidan iborat, “UzASBO” KD bilan axborot ta’sirlashuvi jarayonida quyidagi ma’lumotlar bilan almashinuv amalga oshadi:
“UzASBO” KDdan “G‘aznachilik” KDga;
ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va byudjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlar sinxronizatsiyasi;
byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bilan bog‘liq boshqa axborot “G‘aznachilik” KD dan “UzASBO” KDga quyidagi ma’lumotlar bilan almashiniladi:
byudjet tashkilotlarining “G‘aznachilik” KD da ochilgan tegishli shaxsiy hisobvaraqlarida mablag‘larning harakati haqida axborotni berish;
byudjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilari bilan ro‘yxatga olingan (qaytarilgan) shartnomalari haqida axborot berish;
byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bilan bog‘liq boshqa axborotlarni berish.
Dastur bir vaqtning o‘zida 30000 tagacha foydalanuvchining qulay ishlashini ta’minlay oladi. Bunda xodimlarning, dastur bilan bevosita ishlaydigan xodimning axborot texnologiyalari sohasidagi malakasi davlat sektoridagi ofis xodimining axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlariga qo‘yiladigan talablar bilan cheklanishi mumkin.