Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular byudjet qonunchiligi, Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi bo‘yicha yo‘riqnoma, shuningdek, byudjet tashkilotlaridagi buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘yicha boshqa me’yoriy hujjatlar, ularning tarmoq spetsifikasi bilan belgilanadi. Bu xususiyatlarga quyidagilar kiradi:
byudjet sohasi (sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan va h.k.) muassasalarida hisobning tarmoq xususiyatlarini inobatga olish.
“UzASBO” KDni joriy etish bo‘yicha ishlar natijasida quyidagi maqsadlarga erishiladi:
barcha byudjet tashkilotlari uchun yagona “UzASBO” KD versiyasi yaratilgan va qo‘llaniladi, bu unga o‘zgarishlarni markazlashtirilgan tarzda kiritish, shuningdek ma’lumotlarni ishonchli saqlash va rezervlashni ta’minlaydi;
barcha mintaqalarda joylashgan byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘yicha ma’lumotlar bazasi tuzilmasi yaratiladi;
buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona metodologiya bo‘yicha yuritilishini ta’minlaydigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratiladi;
tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan analitik va sintetik hisob yuritish bo‘yicha registrlarni (vedomostlar, Bosh kitob va h.k.), turli joriy va davriy hisobotlarni (1-, 2-son shakllar, balans va unga ilovalar va h.k.) yuritish va ularni qog‘ozga tushirish imkonini beradi.