5-rasm. G‘aznachilik faoliyati nazorati vazifalari108
moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o‘z vaqtida va manzilli moliyalashtirish bilan byudjet mablag‘larini bosh taqsimlovchilar tomonidan suiiste’mol qilish va noto‘g‘ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat qilish;
byudjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag‘larini g‘aznachilik hisobraqamidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’minotchilarning hisobraqamiga o‘tkazish natijasida pul oqimlari harakati bo‘yicha jarayonlarni qisqartirish;
108 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 53-sonli qarori (20.03.2007dagi) va unga o‘zgarishlar asosida.
g‘aznachilikning bir pog‘onasidan ikkinchi pog‘onasiga pul mablag‘larini o‘tkazishni soddalashtirish natijasida byudjet mablag‘larini tezkor ishlatish.
G‘aznachilik tizimi davlat moliyasini samarali boshqarish uchun ham, undan oqilona foydalanilishi ustidan qat’i nazoratni ta’minlash uchun ham zamin yaratdi. Buni esa quyidagicha izohlash mumkin:
Birinchidan,g‘aznachilik davlat byudjetining ijrosi jarayonida yuzaga keladigan daromad va xarajatlarni o‘z hisobvaraqlarida jamlaydi. Mablag‘arning Yagona g‘azna hisobvarag‘iga soliq va soliq bo‘lmagan daromadlar ko‘rinishida kelib tushishi moliyaviy resurslarni operativ boshqarish va davlat byudjeti xarajatlarini o‘z vaqtida to‘lash uchun barqaror baza yaratadi.
Ikkinchidan,dastlabki nazoratni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keladi, ya’ni davlat byudjetining maqsadli va to‘g‘ri foydalanilishi keyingi nazorat o‘rnatish orqali amalga oshirilmaydi, byudjet mablag‘lari ko‘zda tutilmagan maqsadlar uchun ajratilmaydi.
Mamlakatimizda Davlat moliyasi tizimini isloh qilish jarayonida amalga oshirilayotgan har bir o‘zgarishlar natijasida pirovard maqsad ko‘zlanib ish yuritilmoqda.
G‘aznachilik organlarining Davlat byudjetining kassa ijrosi, daromadlar vaxarajatlarustidannazorathamdabyudjetmablag‘lariniboshqarishsohasidagivazifalari:
Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan, tushgan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag‘ oluvchi- larning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish.
Davlat byudjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqami, shuningdek, tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlari oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g‘aznachilik hisobraqamlarini joriy etish orqali boshqarish.
Byudjet tashkilotlarining tovarlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarni, shuningdek, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kapital
qurilish bo‘yicha buyurtmalarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga yo‘naltirilishi ustidan qat’i nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tar- tibini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida ko‘zda tutilmagan hamda ajratilgan limitdan ortiqcha xarajatlarni oldini olish.
Byudjet tashkilotlarini, jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda qoidaga ko‘ra vositachilik xizmatlaridan voz kechish.
Davlat byudjeti G‘aznachilik tizimiga o‘tilganda byudjet muassasalari tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar uchun to‘lovlar moliyaviy majburiyatlarni tasdiqlovchi va xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’i summalar doirasida tovarlar yetkazib beruvchilarning bevosita hisobraqamlariga byudjetdan mablag‘ oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan joriy nazoratni ta’minlashga erishilishi.
G‘aznaijrosijarayonidabuxgalteriyahisobivahisoboti. Davlatichkivatashqiqarzlarigaxizmatko‘rsatishhamdakafolatlarinibajarishsohasidagivazifalari. G‘aznachilik faoliyati nazoratini amalga oshirganda nazorat natijalariga ko‘ra byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish holatlarini aniqlash va bartaraf etish tartiblari amalga oshiriladi.
Byudjet kodeksiga ko‘ra quyidagilar byudjet intizominibuzishdir109:
-Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini ularni olish (ulardan foydalanish) shartlariga muvofiq bo‘lmagan maqsadlarga yo‘naltirish;
-mehnatga haq to‘lash bo‘yicha belgilangan razryadlarga, lavozim maoshlari, ustamalar, ish haqiga qo‘shimchalar va boshqa to‘lovlar miqdorlariga rioya etmaslik;
byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlarni to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini, shuningdek pensiyalarni yetkazib berishni amalga oshiruvchi muassasalarga pul mablag‘lari berilishini banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz kechiktirish.
Byudjet ijrosi bosqichida quyidagilar smeta-shtatintizominibuzishdir:
noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida va normativlarga nisbatan oshirib ko‘rsatilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni xarajatlar smetasiga kiritish;
xodimlarning belgilab qo‘yilgan cheklangan umumiy soniga, xodimlarning toifalari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga rioya etmaslik;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya etmaslik;
tarifikatsiya ro‘yxatlarini tuzishning belgilangan tartibi va normativlariga rioya etmaslik.
Moliya va g‘aznachilik organlariga byudjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik byudjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini buzishdir110.
O‘zbekiston Respublikasiga beg‘araz yordam doirasida kelib tushgan tovarlarni sotish, ijaraga berish yoki boshqa tijorat maqsadlariga yo‘naltirish ulardan foydalanish tartibini buzishdir.
Byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.