Davlatxaridlaritizimidaavansto‘lovinimavauningmiqdori Avans to‘lovi bu buyurtmachi va ishtirokchi tomonidan kiritiladigan, operatorning vositachilik yig‘imlarini va tomonlarning zakalatini o‘z ichiga olgan moliyaviy mablag‘lar summasi. Har ikki toifadagi buyurtmachilar uchun avans to‘lovi bir xil, ya’ni komission yig‘imlar 0,15 % va lotning boshlang‘ich narxidan 3 % qismiga teng. Farqi shundaki, korporativ buyurtmachilar komission yig‘im va avans to‘lovini Hisob-kitob kliring palatasidagi ikkilamchi hisob varag‘iga, byudjet buyurtmachilari esa Hisob-kitob kliring palatasining Moliya vazirligi g‘aznachiligidagi maxsus shaxsiy hisob varag‘iga o‘tkazadi.
Elektron davlat xaridlarida buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar ishtirok etishi uchun eng asosiy va muhim afzallik shundaki, davlat xaridlari bo‘yicha barcha operatsiyalar Elektron raqamli imzodan foydalangan holda
buyurtmachining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Bu esa O‘zRTXBga kelish majburiyatidan ozod qiladi, ya’ni davlat xaridlarida ishtirok etishingiz uchun qog‘oz shaklidagi hujjatlar talab etilmaydi, barcha operatsiyalar – ro‘yxatdan o‘tishdan tortib to tovarni sotish yoki qabul qilib olishgacha bo‘lgan jarayon elektron tarzda amalga oshiriladi.
Buyurtmachilarmaxsusaxborotportaligarejajadvalnijoylashtiradilar. Portalda barcha e’lonlar buyurtmachining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Buyurtmachilar o‘z shaxsiy kabinetiga kirgach, “E’LON JOYLAShTIRISh” tugmasi bosiladi va “Reja jadval” bandi tanlanadi.
Reja jadvalda quyidagi qatorlar ochiladi va ularni to‘ldirish talab etiladi:
Mavsum (yil yoki chorak).
Tovar kategoriyasi.
Buyurtma nomi.
Tovar miqdori.
O‘lchov birligi.
Savdo o‘tkazilish oyi.
Moliyalashtirish manbai.
Davlat xaridlarini o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon moderatsiyadan o‘tkaziladi. Lotda savdo boshlanadigan oy ko‘rsatilishi shart. Elektron do‘kon orqali xaridlarni amalga oshirish uchun xarid qilinadigan tovar va xizmatlar bo‘yicha chegaralar belgilangan:
Tovarlar bo‘yicha byudjet buyurtmachilari uchun eng kam oylik ish haqining 25 baravarigacha, korporativ buyurtmachilari uchun eng kam oylik ish haqining 250 baravarigacha bo‘lgan miqdorda xaridni amalga oshirilishi mumkin. Bu miqdor yiliga eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan oshib ketmasligi kerak.
Ish yoki xizmat bo‘yicha byudjet buyurtmachilar ham, korporativ buyurtmachilar ham eng kam oylik ish haqining 25 baravarigacha bo‘lgan miqdordagi xaridni amalga oshirishlari mumkin.
Elektron do‘konda buyurtmachi sifatida zarur bo‘lgan tovarni tanlashda davlat xaridlari bilan bog‘liq har qanday operatsiyani amalga oshirish uchun avvalo, shaxsiy kabinetga kirishingiz lozim. Shaxsiy kabinetga esa elektron raqamli imzo yordamida kiriladi. Shaxsiy kabinetga kirgach, “Tovarlar katalogi” bo‘limi orqali filtrdan foydalangan holda zarur tovarni tanlashingiz mumkin.
Quyidagi parametrlarga ko‘ra qidiruvni amalga oshirishingiz mumkin:
Tovar raqami.
Tovar kategoriyasi.
Tovar nomi.
Tovarni etkazib berish hududi.
O‘rtacha narx berish orqali.
Tovar sonini ko‘rsatish orqali.
Ishlab chiqarilgan mamlakat.
Elektron do‘konda zarur tovarni tanlagach, mazkur lotning barcha parametrlari va shartlari bilan sinchiklab tanishib chiqishingiz kerak. Agar tovar barcha talablaringizga mos kelsa, siz narxlar so‘rovi mexanizmini faollashtirishingiz mumkin. Buning uchun: