D tashmuxamedova


Davlat xaridlarini amalga oshirishda G‘aznachilikning o‘rni



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə96/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Davlat xaridlarini amalga oshirishda G‘aznachilikning o‘rni


Dunyodagi ko‘plab mamlakatlar singari, O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridi tizimini isloh etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hukumat tomonidan xarid


jarayonlarini ochiq-oydinligini ta’minlashga qaratilgan, jumladan, xaridni amalga oshirishda tender jarayonlaridan kengroq foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha qator hujjatlar qabul qilinmoqda.
“Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflyatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda”97. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsad, nafaqat davlat mablag‘laridan foydalanishning samarali hisob va nazoratini tashkil etish, balki davlat buyurtmachilarining shartnomaviy-huquqiy tartibga rioya etish darajasini oshirish ham ko‘zda tutilgan.
Davlat xaridini tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi tamoyillarga asoslangan tizim shakllantirilmoqda va tabiiy ravishda, bu sohada o‘z yechimini kutayotgan qator muammolarni ko‘rsatish mumkin, jumladan:

  • davlat xaridini amalga oshirishning mavjud tizimi respublika miqyosida davlat ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni sotib olish uchun qilinadigan xarajatlarni optimallashtirish imkonini bermaydi;

  • me’yoriy-huquqiy bazaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, xususan, O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridlari to‘g‘risida qonun qabul qilinmaganligi;






97 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi bo‘yicha dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-4947-son farmoni asosida

  • davlat xaridini amalga oshiruvchi va uning nazoratini ta’minlovchi malakali kadrlarning yetishmasligi;

  • xarid tizimining hamda uning mexanizmlarining ochiq-oydin emasligi va boshqalar.

Davlat xaridlarini amalga oshirishda g‘aznachilik tizimidan foydalanishni kengaytirish borasida alohida mexanizm ishlab chiqilishi va amalda qo‘llanilishi, kichik biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xarid qilish, ko‘rsatilayotgan ish va xizmatlarga doir davlat buyurtmalarini joylashtirish bo‘yicha ochiq elektron tizimning bosqichma-bosqich joriy etilishi natijasida davlat byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishga erishiladi.
Davlat xaridi tizimini isloh etish kompleks yondashuvni talab etadi. Islohotlar faqatgina maxsus qarorlar qabul qilish va davlat xaridi bo‘yicha vakolatli agentlikni tashkil etish bilan chegaralanib qolmasdan, balki turli davlat organlarining hamkorlikdagi harakatini yo‘lga qo‘yish, ular o‘rtasida vakolatlarni to‘g‘ri taqsimlash, tizimda kuchlar nisbati tengligini ta’minlovchi o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlarini shakllantirishni talab etadi.
Davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish mexanizmining samarali bo‘lishi, ko‘p jihatdan, davlat xaridi borasida qaror qabul qilayotgan davlat xizmatchilarining malaka darajasi, professional tayyorgarligi va haqqoniyligiga bog‘liq. Ko‘pgina davlatlarda davlat xaridi bilan shug‘ullanadigan xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish bevosita hukumatning zimmasiga yuklatilgan vazifa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlardagi kamchiliklarni bartaraf etishga katta e’tibor qaratilmoqda va davlat xaridini amalga oshirishda qatnashuvchi boshqa subyektlar ishtirokida davlat xaridi jarayonining mexanizmlarini hamda uning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining g‘azna ijrosi sharoitida davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni mexanizmlarini amaliyotga joriy etish bugungi kunda byudjet islohotlarining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1475- sonli “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilishni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-son qaroriga huzurida Davlat xaridlari bo‘yicha hukumat komissiyasi tashkil qilindi va uning ishchi organi etib O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi deb belgilandi.
Qarorga ko‘ra, Davlat xaridlari bo‘yicha hukumat komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari qo‘yidagilardan iborat:

  • tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan davlat byudjeti va boshqa markazlashtirilgan manbalar mablag‘larining maqsadli va ratsional ishlatilishi, shuningdek davlat xaridlari sohasida qonun hujjatlariga rioya qilish ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;

  • davlat xaridlari samaradorligi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish, ularni takomillashtirish bo‘yicha zarur choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;

  • davlat xaridlari jarayoniga kichik biznes subyektlarini faol va keng ko‘lamda jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish;

  • tender (konkurs) va birja savdolarida ishtirok etuvchi barcha subyektlar vakillarining malakasini oshirishga imkon yaratish, umumqabul qilingan xalqaro norma va standartlarni joriy qilish.

Davlat xaridlari bo‘yicha hukumat komissiyasining ishchi organi etib tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat edi98:



98 Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi to‘g‘risida Nizom. O‘zR VMning “Davlat xaridlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 2011-yil 1-aprel, 100-son. 1-ilova.

  • davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish, davlat xaridlarini amalga oshirishda narxlarni shakllantirish jarayonini nazorat qilish;

  • Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qonun hujjatlari bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha materiallarini va qarorlari loyihalarini tayyorlash;

  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari jarayonida ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Hukumat komissiyasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish;

  • davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda qatnashish.

2018-yil 9-aprelda qabul qilingan "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni davlat xaridlari ochiqligi va shaffofligi hamda bu sohada tadbirkorlarning raqobat kurashuvini ta’minlashga xizmat qilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, davlat byudjeti, markazlashtirilgan manbalar va davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalar mablag‘laridan samarali foydalanishga imkon yaratadi. Qonun xaridlarning besh tartib-taomilini belgilaydi, shundan ikkitasi davlat xaridi bo‘yicha qaror qabul qilishda inson omilini butkul inkor etadi. Qolgan xarid tartib- taomillari shaffofligi maxsus axborot portalida zarur axborot chop etish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Elektron do‘kon va auktsionda g‘olibni aniqlash avtomatik tarzda elektron tizim orqali amalga oshiriladi. Maxsus talablar tatbiq etilmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron do‘kon orqali xarid qilinadi. Byudjet buyurtmachilari uchun eng kam ish haqining 25 baravari, yiliga eng kam ish haqining 2500 baravaridan, korporativ buyurtmachilar uchun yiliga eng kam ish haqining 250 baravaridan ortiq bo‘lmagan limitlar o‘rnatildi.
Avval elektron savdo orqali birjada faqat 10-13 tovar, ish, xizmatlar guruhi ro‘yxatga kirgan, 100 ming AQSh dollari qiymatigacha faqat birinchi darajada zarur tovarlar xarid qilingan. Tanlov savdolari o‘rnatilgan mezonlarga javob
beradigan tovar (ishlar, xizmatlar)ning barcha turlariga tatbiq etiladi. Ilgari tanlov savdolarini o‘tkazish mexanizmi faqat kapital qurilish sohasida amal qilar edi. Tender tanlovlari uchun byudjet buyurtmachilariga – yiliga eng kam ish haqining 6000, korporativ buyurtmachilarga esa yiliga eng kam ish haqining 25000 baravaridan yuqori limitlar o‘rnatilgan.
Qonunda xarid qilish tartib-taomillari ustidan monitoring va nazorati tartibga solingan. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha tuzilayotgan komissiyaning faoliyati xaridlarning barcha turlariga tatbiq etiladi. Ilgari davlat xaridlarini nazorat qilish masalasi tartibga solinmagan, nizo va kelishmovchiliklar faqat elektron savdolar bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan. Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali xarid.uz internet manzilida rasman ishga tushdi. Endilikda portalda davlat xaridlari bo‘yicha barcha e’lonlar va ularning natijalari joylashtiriladi hamda davlat xaridlari elektron do‘kon va boshlang‘ich narxni pasaytirishga qaratilgan elektron auktsion shakllarida o‘tkaziladi.
Elektron do‘kon orqali xarid qilish, elektron do‘konning ish tartibi va undan foydalanishga oid masalalar batafsil yoritilgan. Auktsion orqali xaridlarni amalga oshirishning barcha jarayonlarini tartibga soluvchi qoidalar aks etgan. Davlat xaridlari bo‘yicha tanlov va tenderlarni o‘tkazish mezonlarining aniq belgilab qo‘yilgani ham muhim ahamiyatga ega. Bunda xarid komissiyasining faoliyati, tanlov va tender o‘tkazish uchun e’lonlar, ularda ishtirok etish uchun takliflarni berish, ularni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha shartnomalarni tuzish tartibi nazarda tutilgan.
Davlat xaridlarida mamlakatimiz tadbirkorlik subyektlari uchun yangilliklar va ularni qo‘llash tartibi keltirilgani alohida e’tiborga molikdir. Xarid qilish tartib- taomillarining davlat va jamoatchilik nazorati, xaridlar samaradorligining tahlili orqali davlat xaridlarini monitoring va nazorat qilishga ahamiyat berilgan. Shuningdek, xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati ochiqlik va shaffoflik printsiplarini ro‘yobga chiqarish orqali amalga oshiriladi.

    1. Yüklə 5,5 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin