O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini amalga oshirish mexanizmlari va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu sohada suiiste’molchilik holatlarining oldini olish, shuningdek, 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2017-yil 23-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3237-sonli Qarorni qabul qildi. Qarorda ta’kidlanganidek, o‘tgan yillarda elektron auktsion savdolarini tashkil etish orqali davlat va korporativ xaridlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash choralari ko‘rildi. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilingan qarori:
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan, bitta kontrakt bo‘yicha 5 million AQSh dollaridan yuqori ekvivalentdagi investitsiya loyihalari doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xaridi yuzasidan tarmoq idoralararo tender komissiyalarini tugatishni;
loyiha tashkilotlari tomonidan tayyorlangan tender va loyihaoldi hujjatlarini taklif etilayotgan texnologiya va asbob-uskunalar bo‘yicha texnologiya, asbob-uskunalarni tanlash va narxlarni shakllantirish qismida ekspertizadan o‘tkazish funksiyasini bajaradigan ixtisoslashgan tarmoq ekspert kengashlarini tugatishni;
bitta kontrakt bo‘yicha 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha ekvivalentdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan tashkillashtiriladigan elektron savdolar orqali amalga oshirishga oid talabni bekor qilishni nazarda tutadi.
Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish maqsadida yangidan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliyagentligiga resurslar yagona milliy ma’lumotnomasi va davlat xaridlari yagonaaxborotportaliyaratilishihamda 2018-yil 1-yanvardan ishga tushirilishini ta’minlash, shuningdek, bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish topshirildi:
davlat va korporativ xaridlarini raqobat asosida amalga oshirishning shaffof va ochiq mexanizmini, ushbu sohada korruptsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni;
davlat va korporativ xaridlariga tadbirkorlik subyektlari keng jalb qilinishini;
davlat va korporativ xaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi hamda tartib-taomillarini yaratishni;
elektron xaridlarni yanada rivojlantirish, natijalarni tahlil qilish uchun ma’lumotlar yagona bazasini, xaridlarning zaruriy parametrlarini tashkil etishni.
Shu bilan bir qatorda, Agentlik O‘zbekiston Respublikasining investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida davlat va korporativ xaridlarini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.
2018-yil 1-yanvarga qadar noaniqliklarni bartaraf qilish va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish maqsadida davlat va korporativ xaridlari quyidagi ekvivalentlarga muvofiq, ya’ni:
1 ming AQSh dollaridan kam bo‘lgan bitta kontrakt – narxi, sifati va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish muddati bo‘yicha eng maqbul keladigan shartlarni taklif qilgan yetkazib beruvchi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali;
1 mingdan 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan bitta kontrakt – buyurtmachi tuzadigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali;
100 ming AQSh dollaridan yuqori miqdordagi bitta kontrakt – buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti, shuningdek, buyurtmachining tarmoq ilmiy-texnik kengashlarining vakillarini majburiy jalb etgan holda tuziladigan idoralararo tanlov (tender) komissiyalari tashkil etadigan tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, mazkur xaridlar bo‘yicha texnik shartlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan bo‘lishi shartligi haqidagi talab belgilandi.
Shu bilan birga, qarorda davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida ularning tender savdolarini tashkil etish bo‘yicha talablarni buzganligi hamda o‘tkazilgan davlat va korporativ xaridlarining maqsadga muvofiqligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan shaxsiy javobgar bo‘lishi ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilingan qarori davlat va korporativ xaridlarining ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va loyiha boshqaruvi tamoyillaridan foydalanishga asoslangan zamonaviy shakl hamda uslublariga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘lidagi yana bir qadam hisoblanadi.
Qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi byudjet mablag‘laridan foydalanishning samaradorligini, davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishda mustaqilligi va mas’uliyatini oshirishga, byurokratiyani bartaraf etishga xizmat qiladi.
Byudjet, davlat maqsadli jamg‘armalari, shuningdek xorijiy grantlar, kreditlardan moliyalashtiriladigan loyihalar har doim o‘z xizmatlari va tovarlarini taklif etishga tayyor bo‘lgan tadbirkorlar e’tiborini jalb etadi. Biroq davlat xaridlari taomillarida ishtirok etish yo‘lida ular ko‘plab murakkabliklarga to‘qnash kelishdi. Yangi normativ-huquqiy hujjat amaliyotda mavjud bo‘lgan ziddiyatlar va eskirgan normalarni bartaraf etish, qoidalar, xaridlar ishtirokchilari vakolatlarini
tizimlashtirish imkonini berdi. Ko‘p bosqichli kelishishlar va takrorlanuvchi taomillar o‘tmishda qoldi. Davlat xaridlari tizimi tadbirkorlikni rivojlantirishga faol ko‘maklashuvchi ancha ochiq va tushunarli tizim bo‘ldi.
Xarid.uz portali yaratilishi bilan barcha davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot ishtirok etish istagida bo‘lgan barcha uchun ochiq bo‘ldi. Tanlovni o‘tkazishda shaffoflik xarid.uz portalida zarur axborotni e’lon qilish yo‘li bilan ta’minlanadi. Birinchi marta xalqaro standartlarni inobatga olgan holda yagona yetkazib beruvchidan, ya’ni tabiiy monopoliyalar subyektlari yoki noyob tovarlar yetkazib beruvchilardan xarid qilish kabi xaridlar taomilining turi joriy etildi. Xarid usuli har bir taomil turi uchun belgilangan tovarlar qiymati limiti va takliflar mavjudligi bo‘yicha oson belgilanadi.
Yangi tizim davlat xaridlarini tadbirkorlarning keng doirasi uchun ancha jozibador qiladigan qator afzalliklarga ham ega. Ularning ayrimlari haqida
«O‘zinjiniring» instituti boshlig‘i Dildora Qodirova ma’lum qildi. O‘zbekiston qonunchiligi va amaliyotiga narxni maqbullashtirish, rasmiyatchilikni istisno qilish va xarajatlarni aniqlashtirish imkonini beradigan eng yaxshi xalqaro tajriba joriy etildi. Oldin amal qilgan qonunchilikka binoan narx qat’i bo‘lib, maqbullashtirilmagan. Xarid komissiyasi tuziladi. U ishtirokchilar takliflarini baholash mezonlari asosida eng yaxshi shartlarni belgilaydi. Komissiya majlislari yuzma-yuz yoki sirtdan o‘tkazilishi mumkin. Sirtdan o‘tkaziladigan shakli masalani tezkor ko‘rib chiqish va xizmat safarlariga xarajatlarni tejashga ko‘mak beradi.