G‘aznachilik tizimi faoliyat ko‘rsatishi uchun uning beshta tashkiliy elementi mavjud bo‘lishi va o‘zaro bog‘liqlikda amal qilishi zarur. Ular:
G‘aznachilikning yagona hisobraqami;
G‘aznachilikning bosh kitobi;
G‘aznachilik organlari;
G‘aznachilikning axborot tizimi;
G‘aznachilikda davlat byudjeti mablag‘larini boshqarish.
G‘aznachilikning yagona hisobraqami.Byudjet tizimi byudjetlari ijrosini ta’minlashda soliqli va soliqsiz davlat tushumlarini to‘plash, saqlash va davlat xarajatlarini amalga oshirish uchun G‘aznachilik tomonidan G‘aznachilikning yagona hisobraqami ochiladi. Yagonag‘aznahisobraqamiG‘aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobraqami bo‘lib, bu hisobraqamda Davlat byudjeti mablag‘lari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari kiritiladi. Yagona g‘azna hisobraqamidan davlat byudjetida mablag‘lari nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlari to‘lanadi, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari amalga oshiriladi. G‘aznachilik alohida operatsiyalarni, shuningdek, davlatning maqsadli fondlarining mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun g‘aznachilikning yagona hisobraqami doirasida subschyotlarini ochish huquqiga ega. Bu subschyotlardagi qoldiqlar g‘aznachilikning yagona hisobraqami qoldig‘ining ajralmas qismi hisoblanadi.
G‘aznachilikningboshkitobi.G‘aznachilikningboshkitobi– byudjet ijrosi g‘aznachilik usulining asosiy elementlaridan biridir. G‘aznachilikning Bosh kitobi bilan hukumat resurslarining hisob-kitobi yuritiladi va moliya tizimining axborot tizimi faoliyat ko‘rsatadi. G‘aznachilikning Bosh kitobi byudjet operatsiyalari buxgalteriya hisobini yuritishning kompyuterlashtirilgan tizimidir. G‘aznachilikning Bosh kitobida davlat muassasalari bilan bo‘ladigan
barcha moliyaviy operatsiyalar o‘z ifodasini topadi. G‘aznachilikning Bosh kitobi G‘aznachilikning yagona hisobraqami va subschyotlari bilan bo‘ladigan operatsiyalardagi barcha buxgalteriya provodkalarini aks ettiradi. G‘aznachilikning Bosh kitobi ham respublika byudjetidan, ham mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish hisob-kitobining o‘z vaqtida yuritilishini ta’minlaydi. G‘aznachilikning Bosh kitobi o‘z ichiga juda ko‘p byudjet birliklarini birlashtiradi. G‘aznachilikning Bosh kitobida byudjetning barcha daromadlari va xarajatlari ko‘rinadi.
G‘aznachilik organlari.G‘aznachilik yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, Moliya vazirligiga bo‘ysunadigan davlat organi hisoblanadi. G‘aznachilikning Qorag‘alpog‘iston Respublikasi G‘aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlarda G‘aznachilik bo‘limlari kabi hududiy organlari faoliyat yuratadi. G‘aznachilikka O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat G‘aznachisi rahbarlik qiladi. G‘aznachilikning hududiy organlari huquqiy shaxs maqomiga ega emas. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‘iga muvofiq G‘aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. G‘aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi.
G‘aznachilik organlari – Moliya vazirligining konsolidatsiyalashgan byudjetning kassa ijrosi uchun, davlat daromadlari va xarajatlari hisobini olib borilishi uchun, davlat xarajatlariga moliyaviy resurslarning yetarli bo‘lishini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘lim hisoblanadi.
Islohotlar jarayonida byudjet tashkilotlari, yuridik shaxs maqomini olgan tashkilotlar aniqlanadi. Har tomonlama axborot bilan ta’minlash uchun byudjet tasnifidan foydalaniladi. G‘aznachilikning Bosh Boshqarmasi byudjetni shakllantiradi va barcha byudjet tashkilotlari faoliyatini boshqaradi. G‘aznachilik byudjetdan mablag‘ oluvchilardan boshqarish funksiyalarini tortib olmaydi, byudjetning bajarilish jarayonini yaxshilash uchun ularni yanada
kengroq axborotlar bilan ta’minlaydi. Byudjet tasnifi bo‘yicha berilgan xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlar butun yil bo‘yi xarajatlar tendensiyasini va xarajatlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kerak bo‘ladigan ehtiyojlarni aniqlashga yordam beradi. G‘aznachilikning faoliyat ko‘rsatishi naqd pullarni to‘g‘ri va samarali boshqarish yo‘li bilan byudjetga ishonchni mustahkamlashga yordam beradi. Darmomadlar rejasi bajarilmagan holatda boqimandalik muammosini yechishga harakat qiladi.
Xorijiy mamlakatlar tajribalari shuni ko‘rsatadiki, g‘aznachilikning asosiy vazifalari bir-biriga o‘xshaydi:
Davlat byudjetining kassali ijrosini amalga oshirish.
Davlatning moliyaviy aktivlarini boshqarish.
Davlat qarzlarini boshqarish.
Davlatning moliyaviy resurslari hisob-kitobini yuritish, yig‘ish, ishlash, tahlil qilish tizimining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.
Davlat moliyasining holati to‘g‘risida doimiy ravishda hisobotlarni tayyorlash va taqdim qilish.
Moliyaviy nazoratning qoidalarini va mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
Davlat moliyasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq Moliya vazirligiga berilgan huquqlar doirasida byudjet tashkilotlari moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish1.
G‘aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;
Davlat byudjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqami, shuningdek tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa
1Pulatov D.X., Nurmuxamedova B.I. G‘aznachilik: Darslik . T.: Sano-standart, 2014. 372 b.
uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g‘aznachilik hisobraqamlarini joriy etish orqali boshqarish;
byudjet tashkilotlarining tovarlar yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar) bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish bo‘yicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’i muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish;
byudjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda qoidaga ko‘ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’i summalar doirasida tovarlar yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar)ning bevosita hisobraqamlariga byudjetdan mablag‘ oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
Davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish.