O‘zbekistonda davlat byudjeti g‘aznachilik ijrosiga o‘tishning bosqichlari
Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo‘g‘ini - davlat byudjetini boshqarish, byudjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan byudjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyotida sinalgan va o‘zining ijobiy natijalarini bergan davlat byudjetining g‘azna ijrosiga o‘tish amalga oshirilmoqda. Shu narsa ma’lumki, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlar bozor mexanizmlarini ko‘r-ko‘rona, sun’iylik bilan tatbiq etib bo‘lmaydi, chunki jamiyat a’zolari o‘rtasida shunday an’anaviy iyerarxik munosabatlar tizimi shakllanganki, ularni mensimaslik, keskin qarorlar qabul qilish chog‘ida ularni e’tiborga olmaslik turli noxush holatlarga olib kelishi mumkin.
Byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlovchi shunday mexanizmlardan biri – davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimidir.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini O‘zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish, davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradiki, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. Lekin, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida byudjet ijrosida bank tizimidan foydalanish bir qator muammolarni keltirib chiqardi:
byudjet daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi axborotlarning yetarli darajada operativ (tezkor) emasligi;
daromadlarning bank hisobraqamlariga tushishi va byudjetning hisobraqamlarida aks ettirilishidagi uzilishlarning mavjudligi bois byudjet resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi;
soliq daromadlarining byudjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanish jarayonlarini samarali tartibga solish va daromadlar tushumini jadallashtirishning zarurligi;
byudjet ajratmalarining hajmlari bilan haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar summalari ko‘rsatkichlarining tarqoqligi tufayli mablag‘larning tushumi va sarflanishi ustidan yagona nazoratning murakkablashuvi;
byudjet tashkilotlarining hisobraqamlarida ishlatilmayotgan byudjet mablag‘larining turib qolishi;
byudjet mablag‘larining ajratilishi bilan ularning so‘nggi iste’molchilarga yetib borishigacha bo‘lgan vaqtning uzoqligi;
davlat mablag‘lari harakatining murakkablashuvi va hajmlarining ortib borishi bilan ulardan oqilona foydalanish ustidan dastlabki nazoratning va joriy monitoringning zarurligi va boshqalar1.
Sanab o‘tilgan holatlar davlat byudjetining kassaviy ijrosidan g‘azna ijrosiga o‘tishning zarurligini
belgilab berdi.
Byudjetni g‘aznachilik tizimi asosida ijro etishning quyidagi afzalliklari
mavjud:
qisqa fursatlarda davlatning moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko‘rsatkichlarini aniqlash;
davlat moliyasining holati to‘g‘risidagi tezkor axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish;
davlat byudjetining ham daromadlari, ham xarajatlari qismini kassali ijrosining har kungi detallashtirilgan monitoringini o‘tkazish;
tasdiqlangan byudjet mablag‘lari doirasida byudjet tashkilotlarini tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish) dastlabki nazorat qilish;
moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o‘z vaqtida va manzilli moliyalashtirish bilan byudjet mablag‘larini bosh taqsimlovchilari tomonidan suiistemol qilish va noto‘g‘ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat qilish;
byudjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag‘larini g‘aznachilik hisobraqamidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’minotchilarning hisobraqamiga o‘tqazish natijasida pul oqimlari harakati bo‘yicha jarayonlarni qisqartirish;
g‘aznachilik tizimining bir pog‘onasidan ikkinchi pog‘onasiga pul mablag‘larini o‘tkazishni soddalashtirish natijasida g‘aznachilik tizimidagi byudjet mablag‘larini tezkor ishlatish.
Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning
1 Pulatov D.X., Nurmuxamedova B.I. G‘aznachilik: Darslik . T.: Sano-standart, 2014 y. 372 b.
Qorag‘alpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyasini boshqarish - davlat o‘z vazifalarini samarali bajarishini ta’minlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilishda ma’lum samaraga erishish, yagona tizim asosida moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish va nihoyat iqtisodiy barqarorlashtirish va jamiyat rivoji uchun sharoit yaratish borasida davlat tomonidan ko‘riladigan tadbirlar yig‘indisidir.
Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli organlar bilan bir qatorda, G‘aznachilik ham alohida muhim o‘rin egallaydi. G‘aznachilik - byudjetdan mablag‘ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul qiladi va byudjet tashkilotlariga yetkazib berilgan tovar mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun G‘aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig‘iga binoan vakolatni o‘z zimmasiga oladi va byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash va nazorat qilish asosida to‘lovlarni amalga oshiradi.
Davlat byudjeti g‘azna ijrosiga o‘tishgacha bo‘lgan davrda byudjet ijrosi jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilar edi:
byudjet tushumlarini taqsimlash;
tegishli byudjetlarda jamlangan mablag‘larni byudjetdan mablag‘ oluvchilarning ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochilgan hisobraqamlariga o‘tkazish.
Davlat byudjeti ijrosining bunday tartibida byudjet mablag‘larining keyingi taqdiri butunlay foydalanuvchilarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lib qoldi. Davlat byudjeti mablag‘laridan qay darajada samarali va oqilona foydalanilganligini esa faqatgina buxgalteriya hisobotlari orqali so‘nggi nazorat usullaridan foydalangan holda tekshirish mumkin edi.
Mazkur muammolarni e’tiborga olgan holda, Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tizimida byudjetni g‘aznachilik orqali ijro etish uchun mas’ul bo‘lgan institutsional tuzilma shakllantirildi. Bu faoliyat bir necha bosqichlarda amalga oshirildi. Ularni xronologik jihatdan quyidagicha tavsiflash mumkin:
|