KIRISH ………………………………………................... I-BOB. DAVLAT BUDJETI G’AZNA IJROSINING AHAMIYATI, UNING UZIGA HOS HUSUSIYATLARI VA TASHKILIY ELEMENTLARI 1.1. Davlat budjetining g’azna ijrosining ahamiyati va uning
o’ziga xos xususiyatlari .................................................... 1.2. Davlat budjeti g’azna ijrosining asosiy elementlari va huquqiy asoslari ..............................................................
II-BOB. DAVLAT BUDJETI GAZNA IJROSINING AMALDAGI TARTIBI VA UNING HOLATI TAHLILI ........................................................................ 2.1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G’aznachiligining davlat budjeti g’azna ijrosini tashkil
etishdagi faoliyati va asosiy vazifalari …………………….
2.2. G’aznachilikda narxlar monitoringini olib borish va davlat
xaridini tashkil etish amaliyoti tahlili …………………..….
2.3 Yuridik va moliyaviy majburiyatlar, budjetdan mablag’
oluvchilar xarajatlari to’lovini amalga oshirish tartibi ……
III-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA DAVLAT BUDJETI GAZNA IJROSI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI .. XULOSA..... ........................................................................ FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ......
KIRISH
Mamlakatimizda keyingi yillarda davlat moliyasini boshqarishda ma’muriy islohotlar jadal sur’atlarda amalga oshirila boshladi. Bunda hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosatning to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo’yicha imkoniyatlarning safarbar etilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning, xususan, davlat moliyasini tubdan isloh qilish jarayonlarini davlat tomonidan boshqarish, monitoringini olib borish va nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan qaraganda, O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bugungi bosqichida davlat moliyasini boshqarish tizimini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlar talablariga moslashtirish, ular faoliyatini so’nggi ijobiy natijalarni ko’zlagan xolda muvofiqlashtirish, davlat moliyasini boshqarishni shaklan va mazmunan yangi sifat pog’onasiga ko’tarish, davlat moliyasini boshqarish organlari, birinchi navbatda, Moliya vazirligi G’aznachiligining faoliyat mexanizmlarini va uning elementlarining faoliyatini takomillashtirishning zarurligi, byudjet jarayonida byudjet ijrosining g’aznachilik tizimiga bosqichma-bosqich o’tilayotganligi va bu boradagi muammolarni tadqiq etishning zarurligi hamda davlat moliyasini institutsional tarkibini isloh qilishda g’aznachilik faoliyatining zarurligi mazkur bitiruv-malakaviy ishning dolzarbligini belgilab beradi.