Mundarija kirish i-bob. Davlat budjeti g’azna ijrosining ahamiyati, uning uziga hos hususiyatlari va tashkiliy elementlari


II-BOB. DAVLAT BUDJETI GAZNA IJROSINING AMALDAGI TARTIBI VA UNING HOLATI TAHLILI



Yüklə 112,85 Kb.
səhifə3/8
tarix22.12.2023
ölçüsü112,85 Kb.
#190676
1   2   3   4   5   6   7   8
Davlat budjeti g‘azna

II-BOB. DAVLAT BUDJETI GAZNA IJROSINING AMALDAGI TARTIBI VA UNING HOLATI TAHLILI
2.1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining
davlat budjeti g’azna ijrosini tashkil etishdagi faoliyati va asosiy vazifalari
Davlat byudjetining g’azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo’yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qorag’alpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi. G’aznachilik bilan davlat soliq, bojxona xizmati organlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, tijorat banklari, davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larini taqsimlovchi organlar, davlat byudjeti daromadlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslar, shuningdek, byudjet jarayonining boshqa ishtirokchilari davlat byudjetining g’azna ijrosi sohasidagi ma’lumotlarni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda almashib turadi. Bu organlar, yuridik shaxslar va byudjet jarayonining boshqa ishtirokchilari
G’aznachilikka taqdim etiladigan ma’lumotlarning to’g’riligi va asosliligi uchun javobgar bo’ladilar.
Shuni ta’kidlash lozimki, byudjetni ijro qilishda g’aznachilik tizimiga o’tilishi davlat xokimiyati bilan xo’jalik sub’ektlari o’rtasidagi byudjetga taalluqli vakolatlarni taqsimlashning belgilangan tartibi o’zgarmaydi. Davlat byudjetining kassali ijrosi G’aznachilikka biriktiriladi. Bunda byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilar, masalan, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining huquqlari, byudjetdan mablag’ oluvchilarning, masalan, ko’p tarmoqli byudjet tashkilotlarining (maktablar, sog’liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minot tashkilotlari) vertikal bo’ysinishi, iqtisodiy va tashkiliy nazoratning o’rnatilgan tartiblari o’zgarmaydi, ya’ni bu faoliyatlar g’aznachilik organlarining faoliyatidan tashqaridadir.
O’zbekiston Respublikasida G’aznachilik loyihasini tayyorlash jarayonida, dastlab uning tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish masalasi, uning funktsiyalari va bajaradigan vazifalarini aniqlash masalasi ko’rib chiqildi. G’aznachilik Moliya vazirligida yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. G’aznachilik tizimi markazlashgan holda bo’ladi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. G’aznachilikning bosh boshqarmasi;

  2. Viloyatlar, Toshkent shahri va Qorag’alpog’iston Respublikasi g’aznachilik boshqarmalari;

  3. G’aznachilikning hududiy bo’limlari.

G’aznachilik (markaziy va hududiy) organlari asosan quyidagi faoliyat turlarini olib boradi (2.1-rasm):

  • kassadagi naqd pullarni boshqarish;

  • oylik kassa limitlarini o’rnatish;

  • byudjet tashkilotlarining shartnomalarini ro’yxatga olish;

  • byudjet tashkilotlarining moliyaviy xarajatlarini joriy nazorat qilish (to’lov qog’ozlari nazorati);

  • byudjet ijrosining hisobini va hisoboti yuritish;

  • davlat qarzi va va hukumat aktivlari hisobini olib borish.

G’aznachilik yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan Moliya Vazirligiga bo’ysunadigan davlat organi hisoblanadi. G’aznachilikning Qorag’alpog’iston Respublikasi G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlarda G’aznachilik bo’limlari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi. G’aznachilikka O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat G’aznachisi rahbarlik qiladi. G’aznachilikning hududiy organlari yuridik shaxs maqomiga ega emas. O’zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligining buyrug’iga muvofiq G’aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. G’aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi.


Yüklə 112,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin