II-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA DAVLAT BUDJETI GAZNA IJROSI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Respublikamizda budjet ijrosini belgilangan parametrlar doirasida amalga oshirish, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirish hamda mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, budjet intizomini ta’minlash budjet tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Budjet jarayonlarida, jumladan, budjet ijrosini qat’iy ta’minlashda budjetdan birinchi darajali ustuvor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish va boshqa olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud.
O‘zbekiston Respublikasida G‘aznachilik tizimi joriy etilgandan so‘ng, uning yanada samarali faoliyat yuritishi uchun tizimdagi mavjud muammolar, kamchiliklarni bartaraf etish, g‘aznachilik tizimining xorijiy tajribalaridan keng foydalangan holda, yanada takomillashtirish, rivojlantirish zarur bo‘ladi.
Respublikamizda G‘aznachilik tizimiga o‘tilib boshlaganda, bir qator rivojlangan mamlakatlarning tajribalaridan va ko‘plab iqtisodchi olimlarning g‘aznachilik tizimiga oid bilim va ko‘nikmalaridan keng foydalanilib kelinmoqda.
Respublikamiz moliya tizimining hozirgi sharoitida g‘aznachilik tizimining samarali faoliyat yuritishi uchun to‘sqinlik qilayotgan quyidagi muammo va kamchiliklarni keltirishimiz mumkin:
Respublikamizda G‘aznachilik tizimining samarali faoliyat yuritishi uchun me’yoriy–huquqiy asoslarning yetarli darajada emasligi va mavjud hujjatlarda ham kamchiliklar borligi;
O‘zbek iqtisodchi olimlarining g‘aznachilik tizimiga oid ilmiy
izlanishlarining, kitoblarining kamligi;
Respublika g‘aznachilik organlarida g‘aznachilik yo‘nalishi bo‘yicha
ta’lim olgan mutaxassislarning kamligi, ishlab kelayotgan xodimlarning g‘aznachilik bo‘yicha tajribalari yetishmasligi va yetarlicha bilim ko‘nikmasiga ega emasligi;
Respublika budjet tashkilotlarining hisobchi xodimlariga ushbu tizimning
yangiligi va kerakli darajada tizim bilan tanish emasligi;
Respublikaning barcha hududlarida zamonaviy axborot texnolo-giyalari, aloqa tizimlaridan foydalanishning etarli darajada tashkil etilmaganligi va boshqa bir qator muammolarni keltirishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachilik tizimining samarali faoliyati uchun uning mukammal me’yoriy–huquqiy asoslarini yaratish va mavjudlarini yanada mustahkamlash zarur bo‘ladi. Bu yo‘lda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi budjet tizimining samarali faoliyat yuritishi uchun juda katta xizmat qilishi aniq. G‘aznachilik tizimiga oid huquqiy hujjatlarning yagona, izchil tarzda amal qilishi nafaqat moliya, g‘aznachilik organlari xodimlarining shu o‘rinda budjet tashkilotlari hisobchi xodimlarining tezkor, samarali va bexato faoliyat yuritishlari uchun zamin yaratadi.
G‘aznachilik tizimining jahon tajribasini o‘rganib, ularni tahlil qilgan holda, o‘sha davlatlar yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarni o‘z g‘aznachilik tizimimizda imkoniyat darajasida bartaraf etish zarur hisoblanadi. G‘aznachilik tizimi tashkil etilgan ilk yillardan boshlab, maxsus ishlab chiqilgan dasturlar orqali Davlat budjeti g‘azna ijrosi mukammallashtirib borilmoqda. Bunda rivojlangan davlatlar g‘aznachilik tizimining afzallik tomonlari asos bo‘lib xizmat qilmoqda. G‘aznachilikda budjet tashkilotlarini moliyalashtirish mexanizmiga bog‘liq mahalliy budjet xarajatlarini optimallashtirish imkoniyatlarini to‘xtatib turuvchi quyidagi omillarni ko‘rsatib o‘tish lozim:
turli darajadagi budjetlarda tashkilotlarni moliyalashtirishda budjet mablag‘lari bilan bir qatorda, budjetdan tashqari manbalardan to‘liq foydalanilmay qolmoqda;
Mablag‘ga haqiqiy talabni belgilovchi budjet xarajatlari rejasini tuzishda uslubiy bazaning ishlab chiqilganligiga qaramasdan, cheklangan budjet mablag‘laridan samarasiz foydalanish holatlari uchramoqda.
O‘zbekiston Respublikasida G‘aznachilik tizimini joriy etishning asosiy sabablaridan biri, bu dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirgan holda, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash hisoblanadi. Bunda esa oldingi tizimda yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamasdan nazoratni amalga oshirish zarur bo‘ladi.
Hozirgi kunda davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rolini yanada oshirish va ularni jalb etishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki kichik biznes sub’ektlari davlat xaridlarini amalga oshirishda raqobatni vujudga keltiradi va qulay narxlarda xarid amalga oshiriladi. Shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda birjalar faoliyatidan kengroq foydalanish, tender savdolarini elektron tarzda amalga oshirishni yanada tezlashtirish zarur hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachilik organlari xodimlarini muntazam ravishda maxsus tashkil etilgan o‘quv markazlarida o‘qitib malakasini oshirish, Davlat budjeti g‘azna ijrosining samaradorligi va tezkorligini oshirish mumkin. Bunga qo‘shimcha tarzda budjet tashkilotlarining hisobchi xodimlarini kiritilayotgan o‘zgarishlar bilan muntazam tanishtirib borish ham g‘aznachi-lik xodimlari va budjet tashkiloti xodimlarining o‘zaro munosabatlarda muammolar kelib chiqishining oldini oladi.
O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachilik tizimida mavjud muammolarni bartaraf etishda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar g‘aznachilik tizimida qo‘llanilayotganchora-tadbirlarni tatbiq etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
G‘aznachilik tizimi – yosh moliyaviy struktura bo‘lishiga qaramasdan uning rivojlanish darajasi juda yuqori. Davlat budjetini boshqarishda g‘aznachilik organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar yildan yilga takomillashib boradi.
G‘aznachilik instituti budjet daromadlari va xarajatlarini to‘g‘ri rejlashtirish hamda ijro qilish imkonini beradi. Eng asosiysi, kelgusi yil loyihasini tayyorlash uchun prognoz ma’lumotlarini shakllantirilishida xizmat qiladi. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining barqarorligi mamlakatimizda hududlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvafaqqiyatini belgilab berishda davlat budjeti g‘azna ijrosi muhim ahamiyatga ega.
Davlat budjetining ijrosida ko‘pgina o‘zgarishlar amalga oshirildi. Respublika-mizda 2010-2014 yillarda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanish kuzatildi:
davlat budjeti daromadlari hisobi va ularni budjet tizimi bo‘g‘inlarida tartibga solish;
mahalliy soliqlar va yig‘imlar, respublika soliqli va soliqsiz daromadlari hisobi;
davlat va mahalliy budjetlarning kassa ijrosi;
quyi budjetlarni moliyalashtirishning pog‘onali moliyalashtirilishiga chek qo‘yildi;
budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat kuchaytirildi;
mahalliy budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash muddati qisqartirildi va sifati yanada yaxshilandi.
Davlat budjeti g‘azna ijrosini boshqarish sohasidagi dolzarb muammolarni hal etish zarur bo‘lganda, g‘aznachilik organlarining faoliyati Davlat budjeti islohotlarida o‘zining ijobiy tomonlarini ko‘rsatmoqda.
Davlat budjeti kassa ijrosini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibni to‘g‘ri amalga oshirilishini nazorat qilishga qaratilgan “Ichki nazorat” xizmatini rivojlantirish va takomillashtirish budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bu borada g‘aznachilik organlarida tashkil etilgan ichki nazorat bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini barcha pog‘onalarda mustahkamlash, uni malakali kadrlar bilan ta’minlash kabi keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish strategiyasiga ko‘ra, Moli vazirligi G‘aznachiligida ichki nazorat tizimini rivojlantirish konseptsiyasiga muvofiq Davlat moliyasini boshqarish tizimi ustidan nazoratni takomillashtirish pirovard maqsad qilib belgilandi. Hozirgi kunda budjet intizomiga rioya qilish, moliyaviy nazoratning rolini oshirish masalasi nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham avvalo, umumjamiyat manfaatlari nuqtai-nazaridan namoyon bo‘lmoqda. Budjet
intizomiga rioya etilishi, shu jumladan, g‘azna ijrosidagi ichki nazorat aksariyat rivojlangan davlatlarda samarali tarzda amalga oshirilmoqda.
Davlat budjetining g‘azna ijrosi jarayonida ichki nazorat boshqarmalarida va bo‘linmalarida amalga oshirilayotgan g‘aznachilik operatsiyalari va umuman faoliyat jarayonida yuzaga kelgan har qanday ko‘rinishdagi risk, o‘rnatilgan tartibga nomuvofiq bo‘lgan xato va kamchiliklar yomon oqibatlarga olib kelmasdan avval operativ aniqlangan taqdirda samarali hisoblanadi. Jahon standartlariga muvofiq davlat moliyasini boshqarish sohasida tashkil etilgan ichki nazorat va audit rivojlangan jamiyatga erishishning zarur quroli deb baholanmoqda.
Markazlashgan budjet mablag‘laridan belgilangan maqsadda ishlatilishini nazorat qilish, mahalliy budjetlarni bajarilishida investitsiya va kapital qo‘yilmalarga yo‘nal-tirilgan xarajatlar ustidan nazorat qilish tartibini mukammallashtirish lozim. Shuning-dek, ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish, dastur asosida aniq ro‘yxatli bo‘lishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarni moliyalashtirish mexanizmini soddalashtirish, budjet mablag‘laridan foydalanish hisobini yuritishda kuchli moliyaviy nazoratini ta’minlashni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachilik tizimini yanada takomillashtirishning yana bir muhim masalalaridan biri bu davlat xaridlar tizimi hisoblanadi. Davlat xaridini boshqarish tizimini takomillashtirish uchun quyidagi elementlardan foydalanish samarali yo‘nalish hisoblanadi:
davlat xaridi siyosatini davlatning iqtisodiy siyosati maqsadlariga muvofiqlashtirish;
davlat xaridi sohasidagi amalga oshirilayotgan siyosatni monitoring va baholashni tatbiq etish.
Davlat xaridlar tizimini takomillashtirishni muhim strategik masalalaridan biri – davlat xaridini rejalashtirishni qisqartirishdir. Davlat xaridi faoliyatini rejalashtirish-ning tamoyili budjet mablag‘larining ishlatilishi samaradorligini va tejamkorligini oshirish deb baholanishi kerak.
Respublikamizda kelgusida g‘aznachilik tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish uchun doimiy g‘aznachilikning Yagona g‘azna hisobvarag‘i monitoringini o‘tkazish kerak.
Hozirgi kunda budjet amaliyotida g‘aznachilik takomillashtirish va davlatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarish uchun Davlat budjeti mab-lag‘larini prognozlashtirish va kassali rejalashtirishni takomillashtirish bilan birga, davlat budjeti mablag‘larini likvidligini oshirishga olib keladigan
G‘aznachilikning Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi operatsiyalarni boshqarish mexanizmini takomil-lashtirish zarur.
Davlat budjetini bajarishga qaratilgan g‘aznachilik xizmati institutini rivojlantirish va mustahkamlash budjet mablag‘larining foydalanish samaradorligini ancha oshiradi. Bu borada Moliya vazirligi huzurida yangi tashkil etilgan G‘aznachilik tuzil-masining moddiy-texnik bazasini barcha pog‘onalarda mustahkamlash, uni malakali kadrlar bilan ta’minlash, sohalarda budjet tashkilotlarini moliyalash mexanizmini yanada takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.8 Budjet tashkilotlari xaridni to‘g‘ri va samarali tashkil qilish uchun mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish jarayoniga kompleks yondashish zarur.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish bosqichida budjetdan tashqari fondlarning mablag‘larini oqilona sarflashning eng maqbul mexanizmini shakllantirishimiz kerak. Shu sababli, kelajakda Davlat budjeti tarkibidagi davlatning maqsadli pul jamg‘armalari faoliyatini takomillashtirishni ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Bir qator rivojlangan davlatlarda budjet ishlab chiqish jarayonida yanada samarali uslublardan foydalanish maqsadida yangi “maqsadli-dasturli
rejalashtirish uslubi” yoki “natijaviylikka yo‘naltirilgan budjetlashtirish” uslubi qo‘llaniladi.
Budjet islohotining muhim yo‘nalishlaridan biri - natijaviylikka
yo‘naltirilgan budjetlashtirishni joriy etishdir. Natijaviylikka yo‘naltirilgan budjetlashtirish – moliya-viy resurslarni taqsimlash va foydalanishning tiniqligi, nazorat ostida bo‘lishi va samaradorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Bunda cheklangan moliyaviy resurslar jami-yatda ko‘zda tutilgan aniq maqsadga erilishiga qarab hamda davlat budjeti siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq taqsimlanadi. Natijaviylikka yo‘naltirilgan budjetlashtirishdan foydalanganimizda xarajatlarning alohida moddalari bo‘yicha bud-jet g‘azna ijrosida maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarishga o‘tiladi.
Dasturiy-maqsadli uslubda rejalashtirish uzoq muddatli baholash asosida, budjet xarajatlarini qismlarga ajratish esa – maqsadlar va dasturlardan kelib chiqib amalga oshiriladi. Dasturiy-maqsadli tamoyillar asosida tuzilgan budjetning o‘zida belgilanadi. Bunda budjet faqatgina xarajatlar tasnifining “an’anaviy” turlari yordamidagina emas, balki aniq dasturlar bo‘yicha ham ishlab chiqiladi. Dastur doirasidagi har bir tadbirga xarajatlar alohida ko‘rsatiladi. Ular shu dastur doirasida moliyalashtirilayotgan obyekt yoki xizmatning holatini va dastur yakunlanganda erishilishi rejalashtirilayotgan holatini aks ettiradi.
NYB uslubi g‘aznachilikda quyidagi vazifalarni yechishga imkon beradi:
aholi talablariga mos xizmatlarni taqdim etish;
xarajatlarning nafaqat qiymatini, balki ijtimoiy samaradorligini aniqlash;
budjet xarajatlarining asosliligi va tiniqligini oshirish;
budjet tasnifi bo‘yicha resurslarni xarajat turlari bo‘yicha emas, strategik maqsadlar bo‘yicha taqsimlash.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznichiligining rivojlanish darajasi juda yuqori, davlat moliyasini boshqarishda g‘aznachilik organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar yildan-yilga takomillashtirildi. G‘aznachilik tizimida budjet tasnifi tizimiga asoslangan davlatning moliyaviy nazorati kuchaytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini boshqarishni takomillashtirish, budjet jarayonini tizimlashtirish, budjet tasnifini mukammallashtirish bo‘yicha nazariy ishlanmalar va amaliy asoslarning sezilarli darajada zamon talabidan ortda qolmasligi uchun budjet tasnifi bo‘yicha aniq tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish zarur.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda budjet jarayonlarini samarali boshqarish yanada murakkablashadi.
Bu esa budjet mablag‘larini boshqarish, ularni budjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlash mexanizmini takomillashtirish zarurligini talab etadi. Davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda budjet ijrosini samarali boshqarish muammosi dolzarbligicha qolmoqda.
Respublikamizda amalga oshirilgan tadbirlar qatorida bank, moliya, budjet, g‘aznachilik tizimini mustahkamlash masalasiga qaratiladi. Shunday sharoitda Davlat budjetidan samarali foydalanish milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga mamlakat ichida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni yuzaga kelishini ta’minlaydi. Har qanday mamlakatda oqilona yuritilgan budjet siyosati mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladigan Davlat budjetini boshqarishning takomillashtirishga olib keladi.