Mundarija kirish i-bob. Davlat budjeti g’azna ijrosining ahamiyati, uning uziga hos hususiyatlari va tashkiliy elementlari


Yuridik va moliyaviy majburiyatlar, budjetdan mablag’ oluvchilar xarajatlari to’lovini amalga oshirish tartibi



Yüklə 112,85 Kb.
səhifə6/8
tarix22.12.2023
ölçüsü112,85 Kb.
#190676
1   2   3   4   5   6   7   8
Davlat budjeti g‘azna

2.3 Yuridik va moliyaviy majburiyatlar, budjetdan mablag’ oluvchilar xarajatlari to’lovini amalga oshirish tartibi
Yuridik majburiyat byudjet tashkiloti bilan kontragent o’rtasida ma’lum bir muddatdan so’ng ma’lum bir mahsulotni etkazib berish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) to’g’risida shartnoma imzolanganidan va bu shartnoma tegishli tartibda G’aznachilikda ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi. Moliyaviy majburiyat - bu g’aznachilikda ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomaga muvofiq mahsulotlar etkazib berilgandan (ishlar, xizmatlar) keyin vujudga keladi. Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishini talab etadi. Masalan, schet fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko’rsatilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalari (akt priema-sdachi), ish haqi qaydnomalari (vedomostlar) va boshqa shu kabi hujjatlar. Mazkur hujjatlar tegishli vakolatga ega bo’lgan mas’ul shaxslar tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi shart. Byudjet tashkilotlari amaldagi qonunchilik talabiga ko’ra eng kamida oldindan 15 foiz to’lov amalga oshirilishini ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratishlari talab qilinadi.
Moliyaviy majburiyat shartnomaga muvofiq tovarlar etkazib berilganidan
(ishlar bajarilgan, xizmatlar ko’rsatilganidan) keyin vujudga keladi. Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishini talab etadi.
Masalan, schyot-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko’rsatilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalari (akt priema-sdachi), ish haqi qaydnomalari (vedomostlar) va boshqa shu kabi hujjatlar. Mazkur hujjatlar tegishli vakolatga ega bo’lgan mas’ul shaxslar tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi shart. Amaldagi qonunchilik talablariga ko’ra byudjet tashkilotlari oldindan eng kamida 20 foiz to’lovni amalga oshirishlari talab qilinadi.Moliyaviy majburiyat G’aznachilikning Bosh kitobida qayd qilinadi. Moliyaviy majburiyat shartnoma yoki boshqa kelishuvlarning muddati o’tgunga qadar qoplanishi lozim.Moliyaviy majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi qabul qilingan yuridik majburiyatlar asosida tasdiqlangan byudjet rejasi va o’rnatilgan byudjet me’yorlari doirasida xarajatlarni amalga oshirishni ta’minlash hamda byudjet tashkilotlari kreditorlik qarzlarini nazorat qilishdan iboratdir.Moliyaviy majburiyatlarning limitini baholash. Ma’lumki, byudjet tashkiloti tasarrufidagi pul mablag’lari miqdori moliya organi tomonidan tasdiqlangan smeta bilan cheklangan. Moliyaviy majburiyatni qabul qilish chog’ida yuridik majburiyatlarni ham smetada ko’rsatilgan xarajat moddalari doirasidan chetga chiqmasligi nazorat qilinadi. Byudjet tashkiloti yil davomida ko’plab kontragentlar bilan shartnomalar tuzadi.
Ularning bajarilishini ta’minlash uchun pul to’lovlarini amalga oshiradi. Moliyaviy majburiyatlar limitini baholashda xarajatlar smetasining I- va IIguruh xarajatlarining o’z vaqtida moliyalashtirilishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar o’z vaqtida, kechiktirmasdan berilishi, ish haqidan ajratmalar o’z vaqtida o’tkazilishi shart. Boshqa xarajatlar (IV-guruh)ni amalga oshirishda ham byudjet tashkiloti tejamkorlik, optimallik tamoyillariga amal qilgan holda xarajatlar to’lovini amalga oshirish ketmaketligiga ((1)oziq-ovqat, (2)dori-darmon, (3)kommunal xizmatlar, (4)boshqa xarajatlar) rioya qilishi talab etiladi. Xarajatlar tegishli ruxsat asosida amalga oshirilishi hamda ularning hajmi yillik ajratmalar va xarajatlarni amalga oshirish ruxsati (HAOR) miqdoridan ortib ketmasligi shart. G’aznachilikda moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va to’lovlarni amalga oshirish. Byudjet tashkiloti va ta’minotchi o’rtasida tuzilgan shartnoma g’aznachilik bo’limida ro’yxatdan o’tkazilib, ta’minotchi ro’yxatdan o’tgan shartnomani olgandan keyin, shartnoma shartlariga asosan tovar va xizmatlar etkazib berishni boshlaydi. G’aznachilik bo’limlarida ro’yxatdan o’tmagan shartnomalar bo’yicha ta’minotchi tovar va xizmatlar etkazib berishga haqqi yo’q.Tovar va xizmatlar etkazib berilgandan so’ng ta’minotchi byudjet tashkilotiga schet-faktura (bajarilgan ishlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi)ni taqdim etadi.U yoki bu tomon shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda shartnoma summasi kamaytirilishi yoki shartnoma umuman bekor qilinishi mumkin. Masalan, etkazilgan tovar va xizmatlar shartnomada ko’rsatilgan tovar va xizmat talablariga (sifati, hajmi va boshqalar) javob bermagan taqdirda byudjet tashkiloti g’aznachilik bo’limlariga shartnomani bekor qilish haqida so’rov xujjati tayyorlab taqdim etishi lozim.Bekor qilish haqidagi so’rovnomada ko’zda tutilgan shartnomani bekor qilish uchun ro’yxatdan o’tkazilgan shartnoma bo’yicha barcha ma’lumotlar to’liq aks ettirilishi lozim. Shartnomani bekor qilish so’rovnomasi qabul qilingan majburiyat summasini qisman yoki umuman bekor qiladi.Ma’lum summaga bekor qilingan yuridik majburiyat shu summaga byudjetga tiklanadi.Byudjet tashkiloti mol etkazib berilganligi to’g’risidagi schet-fakturani olgach, to’lov arizasini tuzadi. To’lov arizasi – schet-faktura asosida tayyorlanadigan buxgalteriya hujjati bo’lib, byudjet tashkilotining kreditorga (mol etkazib beruvchiga) ma’lum summani to’lash uchun G’aznachilikka taqdim etadigan topshiriqnomasi.To’lov arizasini tayyorlash (tuzish) byudjet tashkiloti vazifasiga kiradi. Byudjet tashkiloti schet-fakturani qabul qilgan paytning o’zida to’lov arizasini 2 nusxada tegishli G’aznachilik bo’limlariga qonunchilikda nazarda tutilgan vaqtda taqdim etishi lozim. Qonunchilikka asosan arizaga majburiy xujjatlar (masalan, schet-faktura, bajarilgan ishlar to’g’risidagi dalolatnoma va boshqalar) ilova qilinadi. Byudjet tashkiloti schet-fakturada uni qabul qilgan sanasini aks ettirishi shart.

2.3-rasm. Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish chog’ida G’aznachilik tomonidan amalga oshiriladigan nazorat7


Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish chog’ida G’aznachilik tomonidan amalga oshiriladigan nazorat quyidagilarni o’z ichiga oladi (2.3rasm):

  • byudjet mablag’lari oluvchilar va boshqa javobgar shaxslarning imzo va muhrlarini solishtirish;

  • yuridik majburiyatning ro’yxatdan o’tish raqami mavjudligini tekshirish;

  • byudjet tasnifidan to’g’ri foydalanilganligini nazorat qilish;

  • hisob-kitoblarning to’g’riligini nazorat qilish; • kreditorning rekvizitlari aniqligini nazorat qilish;

  • byudjet mablag’lari mavjudligini nazorat qilish.

Etkazib beriladigan tovar (ishlar, xizmatlar) uchun xarajatlarni to’lash bo’yicha to’lovlarni, shu jumladan bo’nak to’lovlarini amalga oshirish uchun byudjetdan mablag’ oluvchilar moliya organiga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan to’lov topshiriqnomalarini quyidagi tarzda taqdim etadilar:

  1. byudjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchiga bitta bank

muassasasida xizmat ko’rsatilsa, to’rt nusxada. To’lov topshiriqnomalarining birinchi va to’rtinchi nusxalari byudjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi va byudjetdan mablag’ oluvchining muhri izi bilan tasdiqlanadi;

  1. byudjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchiga turli bank muassasalarida xizmat ko’rsatilsa, uch nusxada. To’lov topshiriqnomalarining birinchi va uchinchi nusxalari byudjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi va byudjetdan mablag’ oluvchining muhri izi bilan tasdiqlanadi.

Byudjetdan mablag’ oluvchilar o’z xarajatlarini to’lash uchun moliya organiga mablag’larni o’z bank hisobraqamlaridan o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalari, hisobvaraq-fakturalar yoki tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilganligini va byudjetdan mablag’ oluvchining etkazib beruvchidan qarzi mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar, shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarni taqdim etadilar. Bo’nak to’lovi hisobiga mablag’larni to’lash uchun byudjetdan mablag’ oluvchi byudjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarga binoan to’lov topshiriqnomasini taqdim etadi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim etilgan to’lov hujjatlari va ularga ilova єilingan hujjatlarni tekshirish, shuningdek to’lov topshiriqnomalarini ijro uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka topshirishni moliya organlari, qoidaga ko’ra ular taqdim etilgan kunda amalga oshiradilar.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar taqdim etgan hujjatlar “Vaqtinchalik nizom” talablariga muvofiq kelsa, moliya organi to’lov topshiriqnomasi birinchi va to’rtinchi (yoki uchinchi) nusxalarining orqa tomoniga “Tekshirildi” yozuvini qo’yish yo’li bilan to’lov topshiriqnomalariga tegishli belgilarni qayd etadi, ularni moliya organining mansabdor shaxsi o’z imzosi va moliya organi muhri bilan tasdiqlaydi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar taqdim etgan to’lov va boshqa hujjatlar Nizom talablariga muvofiq kelmasa, moliya organi ularni byudjetdan mablag’ oluvchiga qaytarib, to’lov topshiriqnomalarining orqa tomoniga ularga belgi qo’ymasdan, muvofiq emaslik sabablarini ko’rsatadi.
Moliya organi belgilar qayd etilgan to’lov topshiriqnomalari asosida ikki nusxada Byudjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalarining reestrini tuzib, unda mazkur bitiruv malakaviy ishning 1-ilovasida ko’rsatilgan shaklda byudjetdan mablag’ oluvchilarning nomlari, ular bankhisobraqamlarining raqamlari, shuningdek to’lanadigan to’lov topshiriqnomalari raqamlari, sana va summalarini ko’rsatadi.
Bunda Reestrlarni moliya organi byudjetdan mablag’ oluvchilarga xizmat ko’rsatadigan har bir bank bo’yicha alohida tuzadi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalarining barcha nusxalari va Byudjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalari reestrining ikki nusxasini moliya organi byudjetdan mablag’ oluvchilarga xizmat ko’rsatadigan tegishli bankka topshiradi.
Xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan to’lov topshiriqnomalari Reestrlar ma’lumotlari bilan solishtirilganidan va moliya organining byudjetdan mablag’ oluvchilarning to’lov topshiriqnomalarida belgisi mavjudligini tekshirganidan so’ng, Reestrning birinchi nusxasi tegishli to’lov topshiriqnomalari bilan birga bankda qoladi, Reestrning bank shtampi va bank mas’ul xodimining imzosi qo’yilgan ikkinchi nusxasi esa moliya organiga qaytariladi.
To’lov topshiriqnomasi ijrosidan keyin xizmat ko’rsatuvchi bank to’lov topshiriqnomalarining hamma nusxalariga va Reestrning tegishli satrlarida ijro etilgan to’lov topshiriqnomalari qarshisiga to’lov to’g’risida shtamp qo’yadi.
To’lovdan so’ng:
a) xizmat ko’rsatuvchi bankka to’lov topshiriqnomalarining to’rt nusxasi
taqdim etilgan taqdirda:
-birinchi nusxasi Reestr bilan birga bankning kun hujjatlariga tikiladi;
-ikkinchi nusxasi etkazib beruvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi;
-uchinchi nusxasi byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova єilinadi va ke-yin byudjetdan mablag’ oluvchiga topshirish uchun moliya organiga topshiriladi;
-to’rtinchi nusxasi moliya organiga topshiriladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchining bank hisobraqamidan bank ko’chirmasi, shuningdek to’lov topshiriqnomasining uchinchi va to’rtinchi nusxalari olinganidan keyin moliya organi byudjetdan mablag’ oluvchiga unga to’lov topshiriqnomasining uchinchi nusxasini ilova qilgan holda bank ko’chirmasini topshiradi. Bank ko’chirmasi nusxasi va to’lov topshiriqnomasining to’rtinchi nusxasi moliya organida qoladi;
b) xizmat ko’rsatuvchi bankka to’lov topshiriqnomasining uch nusxasi
taqdim etilgan taqdirda:
birinchi nusxasi Reestr bilan birga bankning kun hujjatlariga tikiladi; ikkinchi nusxasi byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobraqamidan ko’chirmaga ilova qilinadi va keyin byudjetdan mablag’ oluvchiga topshirish uchun moliya organiga topshiriladi; topshiriqnomaning uchinchi nusxasi moliya organiga topshiriladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchining bank hisobraqamidan bank ko’chirmasi, shuningdek to’lov topshiriqnomasining ikkinchi va uchinchi nusxalari olinganidan ke-yin moliya organi byudjetdan mablag’ oluvchiga unga to’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasini ilova qilgan holda bank ko’chirmasini topshiradi. Bank ko’chirmasi nusxasi va to’lov topshiriqnomasining uchinchi nusxasi moliya organida qoladi.
Xulosa qilib aytganda, g’aznachilikni joriy etish davlat moliyasini boshqarishning mavjud tizimini yanada takomillashtirishga ko’maklashadi. G’aznachilikdan o’z vaqtida va muhim axborot olinishi tufayli Moliya Vazirligi tomonidan moliya tizimi hamda iqtisodiyotdagi qisqa muddatli kundalik holatlarni tezkor aniqlashga yordam bergan holda, byudjetning ta’sirchan rolini kuchaytiradi. Bunday tizimda byudjet bozorga doir ma’lumotlarga va yuzaga keladigan muammolarga monand ravishda munosabatda bo’lish, nomaqbul holatlarning oldini olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bundan tashqari, davlat byudjetini samarali nazorat qilish va uning taqchilligini boshqarish ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromadlari tizimi o‘z ichiga qo‘yidagi daromad turlarini qamrab oladi:

  • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;

  • davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;


Yüklə 112,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin