Bitiruv malakaviy ishini yozish davomida amalga oshirilgan tatqiqot ishi yakunlari yuzasidan quyidagi xulosalarga kelishga muvaffaq bo‘lindi:
G‘aznachilik - davlat budjetining ijrosini ta’minlashning bir shakli bo‘lib, unda maxsus idora davlat soliqlarini yig‘imini va ulardan foydalanishni ta’minlaydi, mablag‘lar ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, davlat tashqi va ichki qarzlarini boshqaradi hamda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari pul oqimlarini monitoringini olib boradi.
G‘aznachilik tizimini joriy etish orqali Davlat budjetini ijro etishning afzalliklari:
qisqa fursatlarda davlatning moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko‘rsatkichlarini aniqlash;
davlat budjetining ham daromadlari, ham xarajatlar qismini kassali ijrosining har kungi monitoringini o‘tkazish;
tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida budjet tashkilotlarini tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish bosqichida
(shartnomalar, kontraktlar tuzish vaqtida) dastlabki nazorat qilish;
moliya organlari tomonidan budjet xarajatlarini o‘z vaqtida va manzilli moliyalashtirish bilan budjet mablag‘larini bosh taqsimlovchilari tomonidan suiste’mol qilinishini va noto‘g‘ri ishlatilishini oldini olish maqsadida joriy nazorat amalga oshirish.
Asosiy adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi Qonuni «Mehnat» gazetasi – T., 1993, 1 oktyabr.
Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik (nazariya va amaliyot) –T.: “Mehnat”, 2004. -672b.
Abdurahmonov Q.X. va boshq. Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi – Darslik. -T.: O’qituvchi, 2001.
Bulanova V.S. i dr Ro’nok truda. Uchebnik. Izatelstvo: Ekzamen, 2004. -342c.
2 G.Qosimova. G’aznachilik faoliyatini tashkil qilish.T.: Iqtisod-moliya. 2005. 47-bet.
3 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 28.02.2007 y. PQ-594-son Qarori asosida
4 Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarini tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlash tartibi to’g’risida”gi
Yo’riqnoma. “Davlat moliyasi tizimi” normativ-huquqiy xujjatlar to’plami. 2-jild. T.: O’zbekiston. 2002 y
5 Fuqarolik kodeksi. Birinchi qism, 3-bo’lim
6 O’zbekiston Respublikasining «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida» № 670-son Qonuni. 3-modda. 29.08.1998 y.
7 B.I. Nurmuxamedova “G’aznachilik” fanidan ma’ruza matnlari. T. 2013 y.
8 Karimov I.A. Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo‘lidan izchil borish-asosiy vazifamiz. T.O‘zbekiston. 2004y. 4-bet.