Sotsiologiyasi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/44
tarix14.12.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#177710
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Madaniyat sotsiologiyasi (M.Bekmurodov, N.Yusupova)

177710

O 'Z B E K IS T O N R E S P U B L IK A S I O L IY VA 
O 'R T A M A X SU S TA’L IM V A Z IR L IG I
M ansur BEK M URO D O V , Nargiza YUSUPOVA
MADANIYAT
SOTSIOLOGIYASI
0 ‘zbe.kiston R espublikasi O liy va o'rta m axsus ta ’lim vazirligi
tom onidan bakalavriatning kasbiy pedagogik ta'litn yo'nalishi
talabalari uchun o'quv qo'llanm a sifatida tavsiya etilgan
“YANG I N A S H R ” nashriyoti
T o s h k e n t- 2 0 1 0
www.ziyouz.com kutubxonasi


U D K 316(070)
60.5
M14
M as’ul m uharrir 
p e d . f. d., prof. M . Q u ro n o v
Taqrizchilar: 
i. f. d. N . A liq o riy ev ;
s. f. n . A. Y unusov;
A . B ek b u lato v a
Bekm urodov, Mansur.
M ad an iy at 
so tsio lo g iy asi 
[Text]: 
o ‘quv 
q o ‘llan m a/ M . 
B ekm urodov, N . Y usupova; 
•m a s’ul m uhar.: M . Q uronov; taq rizch ilar: N . 
A liqoriyev [va boshq]; 0 ‘zbekiston R espublikasi 
O liy v a o ‘rta-m axsus ta ’lim vazirlig i. -T o s h k e n t: 
Yangi nashr, 2 0 1 0 . - 144 bet.
M u staq illik k a erish g an im izd an so ‘ng ja m iy a tim iz d a y u z b erayotgan ijobiy 
o ‘zg arish la rn i ilm iy o ‘rganish, islohotlarni tizim iy tad q iq etish dolzarb aham iyat 
kasb etm oqda. Shu sababdan ja m iy a t aso sin in g m uhim ja b h a si b o ‘lm ish 
m ad an iy atn in g ijtim oiy rivojini ch u q u r o ‘rg an ish g a ja z m qildik. U shbu o ‘quv 
_ q o ‘llan m a m ad an iy atn in g ijtim oiy tizim d a am al qilishi va fan sifatid a shakllanishi 
v a riv o jlan ish bosqichlarini, uning asosiy sohalari v a tush u n ch alarin i yoritib 
bergan.
M azk u r o ‘q u v q o ‘llanm a ijtim oiy fan lar y o ‘n alish id a ta ’lim olayotgan barch a 
oliy o ‘q uv yurtlari talab a v a aspirantlari uchun ham d a m ad an iy atsh u n o slik , 
so tsio lo g iy a, antropologiya, etnografiya, d av latch ilik tarixi v a b o sh q a ijtim oiy- 
g u m an itar fanlar bilan q iziq u v ch ilar uchun tav siy a etiladi.
BBK 60.5
ISBN-978-9943-330-58-0
© “YANGI N ASH R” nashriyoti, 2010-y.
www.ziyouz.com kutubxonasi


KIRISH
Ko‘p yillar mobaynida madaniyat sotsiologiyasi sotsiologi­
ya tarkibidagi yo ‘nalish sifatida amal qilib kelgan. Shu davr- 
larda madaniyat jarayoniga nisbatan bo‘lgan yuzaki yondashuv 
madaniyatning ilm sifatida rivojlanishiga ham yuzaki qaralishi- 
ga sabab bo‘ldi.
Sobiq Ittifoq siyosatida yetakchi o‘rin tutgan marksistik dok- 
tirinaga binoan madaniyat va madaniyat masalalariga iqtisod va 
iqtisodiy munosabatlar singari asosiy soha sifatida emas, balki ik­
kinchi darajali masala sifatida yondoshilgan. M a’naviy, m a’rifiy, 
madaniy sohalarga yuzaki yondashuv natijasida ushbu sohalaming 
jamiyat a’zolari orasida mavqeyi tushib ketishiga, ularga juda 
kam e ’tibor berilishiga, ular rivoji uchun mablag‘laming yetarli 
darajada ajratilmasligiga va, nihoyat, ularning qadrsizlanishiga 
olib keldi.
Bugungi kundagi madaniyat sotsiologiyasi o ‘zgacha bo‘l- 
mog‘i lozim. Agarda yaqin tarixdagi madaniyat sotsiologiyasi 
o‘z predmetini juda tor doira: badiiy adabiyotlami, san’atni, 
madaniyat uylarining faoliyatini o ‘rganish va ulami tahlil qilish
turli kishilar guruhi va qatlamlarining didini o ‘rganish va hoka- 
zolar bilan cheklagan bo‘lsa, endilikdagi madaniyat sotsiologi­
yasi ijtimoiy-ma’naviy hayotimiznining uzviy jihatiga aylanib 
bormoqda. Mustaqillikka erishishimizdan bir necha yillar a w al 
ijtimoiy fanlar, xususan, sotsiologiya sohasida ayrim rivojlan- 
gan mamlakatlardan orqada qolgan bo‘lsak-da, hozirda yuz 
berayotgan ulkan ijobiy o‘zgarishlarjamiyatimizdagi m a’naviyat 
sohasini, madaniyatning o‘zini tubdan o‘zgartirib yubordi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Dunyoda jadal yuz berayotgan global o ‘zgarishlar madaniyat 
sotsiologiyasi fani zimmasiga jiddiy m a’naviy mas’uliyat yukla- 
moqda. Madaniyat sotsiologiyasi yaqinda shakllangan ijtimoiy 
fan hisoblansa-da, lekin bu atamani umuman yangi atama, deb 
ham ayta olmaymiz. G ‘arb mamlakatlari olimlari o ‘z asarlarida 
madaniyat sotsiologiyasi atamasini aw aldan ishlatib kelishadi. 
Xususan, o ‘tgan asr boshlarida Alfred Veber tomonidan madani­
yat sotsiologiyasi haqida bir necha bor to‘xtalib o ‘tilgani 
m a’lumdir.
Madaniyat sotsiologiyasi fani jamoatchilik e’tiborini o ‘zining 
keng qamrovliligi, insonning ijtimoiy holati hamda uning hozir- 
gi va o ‘tmishidagi jamoaviy mavqeyi haqida m a’lumot bera 
olishi bilan o ‘ziga qarata olgan. Madaniyat sotsiologiyasi inson 
borlig‘ining ijtimoiy asosi haqida tizimiy m a’lumotlar beradi.
Bugungi fan-texnika jadal rivojlanayotgan vaqtda madaniyat 
sotsiologiyasining tabiati, ko‘lami, fan sifatidagi ahamiyati va 
ijtimoiy soha sifatidagi o'rni kabi muhim masalalar tadqiq etili- 
shi kerak. Madaniyat sotsiologiyasining keng qamrovli ekan- 
ligi sabablaridan biri u nafaqt ilmiy soha, balki ijtimoiy soha 
ham ekanidir. Qiyosiy va madaniyatlararo o ‘rganilish natijasida 
madaniyat sotsiologiyasi ijtimoiy sohaga ta’sir qiladi va, o‘z 
navbatida, o ‘zi ham bu ta’sir ostida bo‘ladi.
XXI asr va uchinchi mingyillik boshida insoniyat oldida tur- 
gan vazifalar o ‘zining hajmi va ko‘lami jihatidan shu darajada 
ulug‘vor va kattaki, ularni mushtarak maqsadlar uyg‘unligisiz 
amalga oshirish mumkin emas. Jahon sivilizatsiyasining muhim 
beshiklaridan biri hisoblangan 0 ‘zbekiston oldida turgan vazi­
falar esa uning jahon hamjamiyatiga shiddat bilan kirib kelishi 
asosida yanada konkretlashmoqda.
Madaniyat sotsiologiyasi fani boshqa ijtimoiy-gumanitar 
fanlarga qaraganda birmuncha yosh hisoblanadi. Ushbu fan­
ning boshqa mamlakatlarda o ‘qitilishi ancha ilgari boshlangan, 
shuningdek, madaniyat sotsiologiyasi fanini o‘rganish mamlakat,
www.ziyouz.com kutubxonasi


millat taqdiri hamda kelajagi bilan bevosita bog‘liq. Madaniyat 
sotsiologiyasi fanini o‘qitish, o ‘rgatish, ayni paytda, jam iyat­
dagi ijtimoiy barqarorlikni qadriyat sifatida anglash uchun ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, mazkur fan aholining turli 
tabaqalari, ayniqsa, talaba-yoshlarda millat m a’naviyatini ilmiy 
o‘rganish orqali yuksak madaniyatni shakllantirishda muhim 
omil bo‘lib xizmat qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin