Sotsiologiyasi


I. 4. M adaniyat va sivilizatsiya



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/44
tarix14.12.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#177710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Madaniyat sotsiologiyasi (M.Bekmurodov, N.Yusupova)

I. 4. M adaniyat va sivilizatsiya
Madaniyat va sivilizatsiya bir-biri bilan chambarchas bog‘liq 
tushunchalardir. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida 
sivili­
zatsiya
atamasi mustahkam ravishda oyoqqa turib oldi va shu 
asrlarning o ‘zidayoq ilk bor ko'plik m a’nosida ishlatila bosh- 
landi (sivilizatsiyalar, aw aliga Fransiyada, so‘ngra esa Angliya- 
da amalda qo‘llanila boshlandi). 
Sivilizatsiya
atamasi lotin tili- 
dagi 
civis
- fuqaro va 
civilis -
tegishli so‘zlaridan olingan bo‘lib, 
“fuqarolik”, “fuqarolikka oid”, “fuqarolikka doir”, “fuqaroga 
tegishli” degan m a’nolami bildiradi. Uzoq tarixiy rivojlanish 
bosqichini boshidan o‘tkazgan 
sivilizatsiya
tushunchasi bugungi 
kunga kelib biron-bir kishilik jamiyati rivojini yoki qachonlar- 
dir o ‘z rivojida m a’lum bosqichga erishgan jamiyatni nazarda 
tutadi. Shuningdek, bu atama madaniyat atamasi bilan bog‘lanib 
kelganda qarashlar sofligini, huquqiy va ijtimoiy tartibning 
o ‘matilganligini, jamiyat osoyishtaligini bildiradi. Taxminan 5 
ming yil burun Yer sharining ayrim hududlaridagina sivilizatsi­
ya, ya’ni kishilarning ilk birlashuvi va ularning qonun-qoidasi 
asosidagi muloqot yuzaga kela boshlagan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sivilizatsiya 
sharoitida 
madaniyat 
rivojlanishi 
yuqori 
pog‘onaga ko‘tariladi, natijada yangidan-yangi moddiy va 
m a’naviy madaniy qadriyatlar yaratiladi.
Hozirda bu tushuncha:
1) ijtimoiy rivojlanishning yow oyilik va varvarlikdan keyin 
keladigan bosqichini;
2) umuman, kishilik jamiyati rivojlanishining m a’lum bir 
bosqichini (masalan, neolit davri, kapitalistik yoki hozirgi zamon 
sivilizatsiyasini);
3) m a’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani (masalan, qul- 
dorlik yoki kapitalistik sivilizatsiyalar);
4) geografik jihatdan farqlanuvchi hududlarni (masalan, Yev- 
ropa, Osiyo yoki Yaqin Sharq sivilizatsiyasi);
5) diniy mansubligi bilan farqlanuvchi madaniy birliklarni 
(xristian yoki islom sivilizatsiyasi);
6) kelib chiqishi va planetar mansubligiga ko‘ra ajraluvchi 
birliklarni (Yer sivilizatsiyasini va yerdan tashqari sivilizatsi- 
yalami);
7) etnik mansubligiga ko‘ra farqlanuvchi ijtimoiy-madaniy 
birliklarni (arab yoki hind sivilizatsiyasi);
8) makon va zamondan cheklangan jamiyatlam i (qadimgi 
M isr yoki Vavilon sivilizatsiyasi) va shu kabi m a’nolarni ifoda- 
lash uchun qo‘llaniladi.
Sivilizatsiya tushunchasini ijtimoiy rivojlanishning yow oyi- 
lik va varvarlikdan keyin keladigan bosqichini ifodalash uchun 
ishlatish m a’lum m a’noda o ‘rinli. Chunki bunday m a’noda 
ishlatilganda, sivilizatsiya tushunchasi kishilik jamiyati rivojla­
nishining ibtidoiy holatidan keyingi davrdagi butun holatini 
to ‘laligicha qamrab oladi” 1. “Bunday yondashuvda sivilizatsiya 
tunshunchasi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya tushunchasiga nis- 
batan keng mazmun kasb etadi. M a’lum bir xalqqa yoki millatga
1 F alsafa: ( 0 ‘quv q o 'lla n m a ) / E. Y usupovning urn. tahr. ost. - Т.: Sharq, 1999. 
309-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


tegishli b o ‘lgan va aynan ushbu xalq yoki millat madaniyatini, 
rivojini bildirayotgan 
sivilizatsiya
tushunchasini geografik jihat­
dan o‘zga hududda yashovchi xalq yoki millatga nisbatan ish- 
latish o ‘rinli emas (bu masalaga biz yuqorida, madaniyat shakl­
lari va elementlarini bayon etganimizda to‘xtalib o‘tganmiz). 
Masalan, Osiyoda rivojlanishning turli bosqichlarida turgan 
xalqlar mavjud. Albatta, bir-biriga yaqin bo‘lgan geografik ma- 
konda yashash ijtimoiy-madaniy hayotda qandaydir o‘xshash, 
umumiy tomonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ammo bu vazi- 
yat har bir xalqni yoki millatni o‘z dini, tili, madaniyati, turmush 
tarziga ko‘ra bir-biridan farqlanuvchi mustahkam birlik, yaxlitlik 
deb baholash uchun asos bo‘la olmaydi. Sivilizatsiya tarixning, 
jamiyatning sifat jihatidan o ‘sishining o‘ziga xosligini, u yoki 
bu mamlakat doirasida amal qiladigan, ishlab chiqarish kuchlari, 
inson faoliyati, madaniyati tomonidan belgilanadigan umumiy 
ijtimoiy qonuniyatlaming spetsifikasiga xos xarakterli xususi- 
yatini ifodalaydi. Bunday sifat jihatidan o ‘sish xususiyatlarining 
yo‘qolishi sivilizatsiyaning halokatini anglatadi. Sivilizatsiyaning 
mohiyatini tiishunishda unga mansub bo‘lgan madaniyatning 
rolini anglash muhim. Agar ishlab chiqarish kuchlari sivilizatsi­
yaning moddiy asosini tashkil etsa, madaniyat ijtiomiy hayot­
ning barcha sohalarini qamrab oladi, uning qiyofasini, o ‘zigaxos 
rangini belgilab beradi. Hatto ishlab chiqarish kuchlariga ham 
o‘ziga xos bo4gan xususiyatni, ahamiyatlilik darajasini in’om 
etadi. Bu bilan madaniyat ijtimoiy hayotning tashkiliy vazifasini, 
y a’ni sivilizatsiyaning shakllanishini, mavjud bo‘lishi va rivoj- 
lanishini belgilab beruvchi o‘ziga xos negiz, “matritsa” (“matritsa” 
tushunchasi 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin