I. 3. M adaniyatning
asosiy shakl va elem entlari
Ilmiy adabiyotlarda madaniyatni moddiy va m a’naviy madani-
yatga bo‘lish rasm bo‘lgan. Madaniyatni moddiy va ma’naviy
madaniyatga bo‘lish inson faoliyatining ikki asosiy sohasi - moddiy
va m a’naviy ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liqdir. Moddiy
madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini va natijalari-
ni o ‘z ichiga oladi. Moddiy madaniyatning muhim elementlari
ishlab chiqarish, transport, aloqa vositalaridir. Moddiy madani
yatga uy-joy, kiyim-bosh, uy-ro‘zg‘or buyumlari, iste’mol vosi
talari deb ataladigan hodisalar ham kiradi. Bularsiz m a’lum bir
xalq madaniyati, uning tarixiy taraqqiyotining turli bosqichlari-
dagi o ‘ziga xosliklari haqida to‘g‘ri fikr yuritish mumkin emas.
Albatta, moddiy madaniyatni faqat ishlab chiqarish va iste’mol
vositalariga taqab qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Umuman olganda, ijtimoiy hayotda moddiy ishlab chiqarish
sohasi bilan birgalikda, ijtimoiy soha, siyosiy soha, m a’naviy
soha faoliyatlari ham mavjud. Kishining bu sohadagi faoliyat-
www.ziyouz.com kutubxonasi
lari madaniyat klassifikatsiyasining asosi sifatida qabul qilinadi.
Bunday klassifikatsiya tizimining birinchi bosqichiga bir qa-
rashda mustaqil ko‘ringan, lekin bir-birlari bilan chambarchas
bog‘langan quyidagi madaniyat sohalari kiradi:
- moddiy madaniyat;
- ijtimoiy faoliyat;
- siyosat;
- san’at;
- m a’naviy madaniyat.
Moddiy madaniyatga moddiy madaniyat elementlari: -
texnika madaniyati, ishlab chiqarish madaniyati, rejalashtirish
madaniyati, taqsimlash va ayirboshlash madaniyati, kitob, uy,
mashina san’at asarlari, ya’ni insonlar tomonidan yaratilgan va
jism oniy jihatdan mavjud bo‘lgan barcha buyumlar kiradi. Lekin
shuni unutmaslik kerakki, sotsiologlami moddiy madaniyat
elementlari kishilar ta’siri ostida bo‘lgan vaziyatdagina qiziqti-
radi.
Ijtimoiy madaniyatga oila va nikoh masalalari madaniyati,
ijtimoiy-demografik guruhlar madaniyati, maishiy madaniyat,
m aorif va ta ’lim madaniyati, shaxslararo muloqot madaniyati,
ekologik madaniyat kiradi.
Siyosiy madaniyat sohasiga huquqiy madaniyat, fuqarolik
madaniyati, siyosiy faoliyat yuritish madaniyati, ya’ni sinflararo
muloqot, ijtimoiy guruhlar, davlat, xalq kiradi.
M a’naviy madaniyat sohasiga dunyoqarash, mafkura, ilm-
fan, din, badiiy madaniyat, san’at, milliy an’analar, axloqiy
madaniyat, estetik madaniyat, an’ana, shaxslararo aloqalar, mu
nosabatlar, urf-odatlar va hokazolar kiradi.
Madaniyatni moddiyga va m a’naviyga boMishning o ‘zi shartli
holat hisoblanadi. Bir tomondan, moddiy madaniyat elementlari
bo‘lgan kitoblar, ibodatxonalar, tasviriy san’at va hokazolar
www.ziyouz.com kutubxonasi
m a’naviy g ‘oya natijasi sifatida vujudga kelgan bo‘lsa-da, ikkin
chi tomondan, ular moddiy mavjud bo‘lishga ehtiyoj sezadilar.
M a’naviy madaniyat, avvalo, g ‘oya sifatida ijodkor tasaw u-
rida vujudga keladi, so‘ng ushbu g‘oya moddiy madaniyat sifa
tida yaratiladi va dunyo yuzini ko‘radi. “M a’naviy madaniyat
m a’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ong shakllarini yaratish bi
lan bog‘liq boTgan faoliyatning barcha sohalarini qamrab oladi.,
M a’naviy madaniyat namoyon bo‘lishining turli ko‘rinishlari
mavjud: har xil tasaw urlar va g ‘oyalar, nazariyalar va ta’limotlar,
ilmiy bilimlar va san’at asarlari, axloqiy va huquqiy normalar,
falsafiy, siyosiy qarashlar, mifologiya, din va hokazo. Bulaming
barchasi o ‘z-o‘zidan paydo boTmaydi, balki tarixiy taraqqiyot-
ning m a’lum bosqichida turgan va o‘zaro muayyan munosabat
larga kirishgan kishilar tomonidan yaratiladi. Bundan ko‘rinib
turibdiki, m a’naviy madaniyat m a’naviy faoliyat natijasi sifatida
kelib chiqayotgan hodisalamigina emas, balki ularni yaratish ja
rayonida kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni ifo-
dalash uchun ham xizmat qiladi” 1.
M a’naviy madaniyatning moddiy madaniyatga nisbatan
o ‘ziga xosligi nimada ko‘rinadi? Birinchidan, m a’naviy madani
yat nafaqat narsa shaklida, balki faoliyat shaklida ham namo
yon bo‘ladi (shifokor, o ‘qituvchi, qo‘shiqchi, raqqos faoli
yati; m a’ruza, aktyor o ‘yini faoliyati va hokazo). Ikkinchidan,
m a’naviy qadriyatlar eng uzoq yashaydigan qadriyatlar hisobla-
nadi, y a ’ni m a’naviy madaniyatning betakror asarlari mazmun-
mohiyati jihatidan hech qachon qarimaydi. Bunga Xorazmiy,
F arg ‘oniy, Farobiy yaratgan asarlar m isol b o ‘la oladi.
Uchinchidan, m a’naviy madaniyat o‘z yaratuvchisi va ijodkori
haqida moddiy madaniyatga nisbatan ancha ko‘proq m a’lumot
bera oladi. To‘rtinchidan, m a’naviy madaniyatning birgina
kategoriyasining o‘zida bir qator boshqa m a’naviy madani-
1 F alsafa: ( 0 ‘quv q o ‘llanm a) / E. Y usupovning urn. tahr. ost. - Т.: Sharq, 1999.
16
www.ziyouz.com kutubxonasi
yat kategoriyalari yotgan bo‘ladi. Masalan, biron-bir badiiy
madaniyat asari faqat estetik jihatni namoyon qilibgina qolmay,
balki axloqiy, xulqiy, dunyoqarashni o ‘stiruvchanlik kabi bir qa-
tor m a’naviy qadriyatlarni ham ko‘rsatadi.
M a’naviy qadriyatlar jamiyatda insonlar tomonidan iste’mol
qilinmasa edi, ular yaratilishi haqida gap ham bo‘lmasdi.
M a’naviy qadriyatlar mavjudligi jamiyat a ’zolari, insoniyat
tomonidan unga nisbatan talab borligini bildiradi. Lekin bun
day “talab” va “iste’mol” moddiy narsalarga bo‘lgan talab va
iste’moldan farqlanadi. Agarda moddiy narsalarda mahsulot
(oziq-ovqat, kiyim-kechak va hokazo) tezda tugatilsa, m a’naviy
qadriyatlar esa insonlar tomonidan bir necha marotaba foy-
dalanilishi mumkin. Ahamiyatli jihati shundaki, vaqt o‘tgan sa-
yin m a’naviy madaniyat sayqallanib, yanada qadri oshib boradi.
M a’naviy madaniyatning jamiyatda to‘la-to‘kis mavjud
bo‘lishini ijtimoiy institutlar ta’minlaydi. Bu ijtimoiy institut-
larning asosiy vazifasiga aynan m a’naviy boyliklarni ishlab
chiqarish, taqsimlash va ayirboshlash kiradi. Ular tarkibiga turli
tashkilot va muassasalar kiradi, ya’ni: birinehidan, ma’naviy
madaniyatni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish (ijodiy uyushma,
ilmiy-tadqiqot institutlari, xalq ijodiy jamoalari, kinostudiya-
lar, nashriyot va hokazo); ikkinchidan, m a’naviy qadriyatlar
ni taqsimlab chiqish (kinoteatrlar, sirk, konsert uyushmalari,
m a’ruzaxonalar, maktablar, kutubxonalar, muzeylar va hokazo);
uchinchidan, madaniyatni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayo-
nini sintetik ravishda bir-biri bilan birlashtirish orqali (klublar,
teatrlar, filarmoniyalar, radio, televideniye, oliy ta’lim muassa-
salari kafedralari va hokazo).
“Uzoq vaqtlar fanda madaniyat deganda faqat m a’naviy
madaniyat nazarda tutildi. Negaki borliqni haqiqat, yaxshilik,
go‘zallik belgilaydi deb hisoblashgan. Shuning uchun birinchi
o ‘rinda ilmiy tadqiqotlarning asosi axloq, nafosat bo‘lib keldi.
Natijada jamiyatning moddiy hayotini, uning iqtisodiyotini
www.ziyouz.com kutubxonasi
o ‘rganishga e ’tibor berilm adi. M oddiy m adaniyat tadqiqot
uchun qiziqarsiz hisoblandi.
Industrial jamiyatning vujudga kelishi, uning texnikaviy
taraqqiyoti va texnologiyalarining tezda almashishi madani-
yatshunoslami insoniyatning barcha moddiy madaniyatini
o ‘rganishga majbur qildi” 1. Shuningdek, hozirgi kunda madani
yat tizimlaridan bo‘lmish moddiy va m a’naviy madaniyat bir-
biriga shunday ta’sir qilyaptiki, bir tomondan, m a’naviy madani
yat moddiy madaniyat yaralishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomon
dan, moddiy madaniyatning boyishi m a’naviy madaniyatning
yangi qirralarining ochilishiga sabab bo‘lmoqda. Eng qizig‘i,
uchinchi tomondan esa, moddiy madaniyatda m a’naviy madani
yat va, aksincha, m a’naviy madaniyatda moddiy madaniyatni
uchratish mumkin. Masalan, ilmiy-texnik jarayon bo‘lmish om
maviy axborot vositalari, radio, televideniya, kino, magnitafon,
videotexnika, komputer kabilar moddiy madaniyat bo‘la turib,
m a’naviy madaniyat oshishiga xizmat qiladi. M a’naviy madani
yat bo‘lmish ilm-fan esa texnikaning rivojiga xizmat qiladi.
Hattoki texnikani m a’naviylashtirish asri boshlandi (masalan,
texnika estetikasi...).
Moddiy madaniyat deb insoniyat mehnati bilan yaralgan,
uning barcha moddiy ehtiyoj va talablariga javob beradigan bir
necha moddiy qadriyatlar yig‘indisiga aytiladi. Moddiy madani-
yatga, aw alo, mehnat qurollari va ishlab chiqarish, ijtimoiy-
maishiy xizmat turlari (bular: transpot, aloqa vositalari, kommu-
nal uy-joy xo‘jaligi xizmati va hokazo), kiyim-bosh, uy-ro‘zg‘or
buyumlari kiradi. Demak, moddiy madaniyat insonning tabiatni
qay darajada egallay olganligini va unga ta’sir qilib, uni qanchalik
o ‘zgartira olganligini ko‘rsatadi.
Madaniyatshunos olim Yu. V. Rojdestvenskiy o ‘zining
madaniyatshunoslik faniga bag‘ishlangan asarlaridan birida mod-
1 E. G ulm etov va bosh. M adaniyatshunoslik: M a’ruzalar matni. - Т . , 2000. 23-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
diy madaniyat haqida qimmatli m a’lumotlar bergan. Kitobxonga
biz ushbu asardan olingan ma’lumotni berishni lozim topdik.
Dostları ilə paylaş: |