sivilizatsiya
-
bu insondan tashqarida, y a ’ni unga bog'liq
bo ‘Imagan holda yuz beradigan jarayondir. U insonga ta ’sir
ко ‘rsatib lining ichki dunyosiga kirib borishi ham yoki bo ‘Imasa,
unga qarshi chiqishi ham mumkin. Madaniyat esa insonning
www.ziyouz.com kutubxonasi
ichki olami, uning та ’naviy boyligi namunasi bo ‘lib, kishining
qay darajada rivojlanganligini ко 'rsatib beradi1.
Ko‘pgina adabiyotlarda “sivilizatsiya” biron-bir jamiyatning
rivojlanganligi darajasini bildiradi. Lekin bu darajaga erishish
jamiyat taraqqiyotining qaysi pog‘onasiga ko‘tarilgandagina yuz
berishi mumkinligi yoki, boshqacha aytganda, “sivilizatsiya”
darajasiga erishish va “sivilizatsiya” maqomiga sazovor bo‘lish
nuqtasi (chegarasi) hech qaysi izlanishlarda aniq ko‘rsatilmagan.
Shuni aytib o‘tish mumkinki, sivilizatsiya belgilari sifatida
kamida quyidagilar mavjud bo‘lmog‘i lozim. Aw alo:
1) davlat xalqni jipslashtira oluvchanlik qobiliyatiga ega
bo‘lishi lozim;
2) davlat xalqni xo‘jalik, harbiy, huquqiy, qonuniy jihatdan
boshqara olishi lozim;
3) yozuvning mavjudligi. Yozma huquq normalariga, qonun-
qoidalariga ega bo‘lgan kishilik jamiyati - sivilizatsiyalashgan
jamiyat, yozilmagan qonun-qoidalar, an’ana va urf-odatlarga
rioya qilgan jam iyat sivilizatsiyalashmagan jam iyat hisoblanadi.
4) muayyan ijtimoiy ishlab chiqarish texnologiyasiga ega
bo‘lish lozim;
5) takrorlanmas madaniyati, qadriyati, falsafiy qarashlari,
odob-axloq normalari, qonuni, huquqiy normalari mavjud
bo‘lishi lozim;
6) o‘z hayotiy tamoyillariga ega bo‘lishi lozim;
7) insonparvarlikning yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lishi
lozim. Odamxo‘rlik va insonni qurbonlikka keltirish mavjud
bo‘lgan, inson qadr-qimmati va haq-huquqi toptalgan jam i-
yatlar sivilizatsiya darajasiga yetgan hisoblanmaydi. Albatta,
zamonaviy sivilizatsiyalashgan jamiyatning ayrim vaziyatlarida
uchrab turadigan insondan keltiriladigan qurbonliklar, qonli ma-
1 Q arang: E. А хм ед ов а, P. Г аби дулин. К ультуралогия. М ировая культура. -
Т.: А кад. Худ. Узб., 2001.
www.ziyouz.com kutubxonasi
rosimlar (inson nazarda tutilmoqda) o ‘tkazish jinoyat va ruhiy
kasalliklar belgisi hisoblanib, bunday varvarlik holatlari sivili
zatsiya yo‘qligi belgisi hisoblanmaydi.
Demak, sivilizatsiya kishiga bog‘liq bo‘lmagan, uning tashqa-
risida sodir bo‘layotgan tashqi hayot, olam, tashqi jarayondir.
Madaniyat esa buning aksi bo‘lib, u aynan kishi ichki dunyo-
sida vujudga keladigan jarayondir. Madaniyatning unday yoki
bunday bo‘lishi kishi ichki dunyosining qay darajada boy yoki
kambag‘al ekanligidan dalolat beradi.
Sivilizatsiya - bu, aw alo, madaniy yutuqlar majmuasidir. Bir
madaniyatning o ‘zi bir nechta dinastiya va davlatlardan uzoq ya-
shashi mumkin. 0 ‘z navbatida, bir sivilizatsiya o ‘z umri davo-
mida bir-birini bosib olgan bir nechta turli davlatlami ko‘rish im-
koniyatiga ega bo‘ladi. Sivilizatsiya turli hududlarga tarqalishi,
ularni “bosib olishi” (faqatgina, kuch ishlatish yo‘li bilan emas),
turli mintaqa xalqlari ongiga singishi, yangi-yangi xalq va dav
latlami egallashi mumkin. Shuningdek, sivilizatsiya o ‘zi erish-
gan madaniy qadriyat va yutuqlarini boshqa bir sivilizatsiyaga
hadya etib, o‘zi esa hayot “sahnasidan” butunlay yo‘qolib ketishi
ham mumkin.
Tarixning guvohlik berishicha, ayrim vaziyatlarda bir nechta
sivilizatsiyalar birlashib ketib, yagona sivilizatsiyani tashkil qil-
gan (maslan, grek-rim sivilizatsiyasi). Sivilizatsiyalar bir-biri
bilan parallel ravishda yashashi ham mumkin yoki bo‘lmasa
asta-sekinlik bilan ketma-ketlikda vujudga kelishi ham mum
kin. Nima bo‘lganda ham sivilizatsiya tarixi - bu madaniyat
tarixidir. Sivilizatsiyani o‘rganish - bu undagi madaniyat rivo-
jini o‘rganishdirl.
Sivilizatsiya - madaniyatning konkret namoyon bo‘lishi,
lining real mavjud hayotini aks ettirishi. Sivilizatsiya madani-
yatsiz, madaniyat sivilizatsiyasiz, undan tashqarida mavjud
1 Q arang: И он и н JT. Г. С оц и ологи я культуры. У ч еб н о е п особие. - М .: Л огос.
1998.
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo‘lishi mumkin emas. Chunki inson m a’lum bir sivilizatsiya
bag‘rida o‘tmish ajdodlari tomonidan yaratilgan barcha moddiy
va m a’naviy boyliklarni o ‘zlashtirgan holda shakllanadi va ka-
mol topadi.
Dostları ilə paylaş: |