Sotsiologiyasi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/44
tarix14.12.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#177710
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Madaniyat sotsiologiyasi (M.Bekmurodov, N.Yusupova)

m ualliflardari)
v azifasin i bajaradi. D em ak, 
sivilizatsiya madaniyatning konkret namoyon bo‘lishini, uning 
real mavjud hayotini aks ettiradi. Sivilizatsiya falsafiy qarashla- 
rida asosiy urg‘u axloq-odob va siyosiy nazariya muammolariga
www.ziyouz.com kutubxonasi


berilgan bo Tib, insonning axloqiy va fuqarolik burch-vazifalari 
mutanosibligi ta’limotiga asos soldi”1.
Madaniyat
tushunchasi bilan 
sivilizatsiya
tushunchasi ko‘p 
hollarda sinonim sifatida yonma-yon ishlatiladi. Bunda sivili­
zatsiya tushunchasi ostida yaratilgan moddiy va m a’naviy yu- 
tuqlar nazarda tutiladi. Lekin sivilizatsiya haqida yuqoridagi 
fikrga qarama-qarshi bo‘lgan qarashlar ham mavjud. Sivilizatsi­
ya va madaniyat tushunchalarini bir-biriga ilk bor qarama-qarshi 
qo‘ygan olimlar XVIII - XIX asrlarda Germaniyada yashab ijod 
qilishgan.
Nemis sotsiologi Ferdinand Tyonis “Umumiylik va jam iyat” 
(1887) asarida 
ijtimoiy birlik (jamoaviylik)
va 
jam iyat (ijtimoiy)
tushunchalariga asoslangan konseptual tizimni yaratishga ha- 
rakat qildi. Ya’ni Tyonis ijtimoiy munosabatlarning ikki turini 
ajratib ko‘rsatdi (ijtimoiy birlik va jamiyat turlari).
Birinchi turdagi ijtimoiy birlik munosabatlarga insonni 
ichidan yo‘naltiruvchi tabiiy instinktiv birliklar kiradi. Ularga 
axloqiy mas’uliyat, emotsional teranlik misol bo‘la oladi. Bu mu­
nosabatlar oila, urug‘, qon-qardoshlik, qo‘shnichilik, etnos, xalq 
kabi ijtimoiy birliklarga (jamoaviylikka) xosdir. Bu munosabat­
lar esa aynan 
madaniyat
negizida vujudga keladigan munosabat- 
lardir.
Ikkinchi turdagi munosabatalarga yoki, boshqacha aytganda, 
ijtimoiy munosabatalarga ongli ravishda qo‘yilgan maqsadga qa- 
rab harakat qilish va o‘z xohishi bilan istaganini tanlash erkinligi 
kiradi. Birinchi turdagi munosabatlarga (ijtimoiy birliklarga) ona 
muhabbati misol bo‘la olishi mumkin, ikkinchi turdagi munosa­
batalarga (ijtimoiylikka) esa savdogarlik faoliyati misol bo‘ladi. 
Birinchi turdagi munosabatlar jamoani tashkil qiladi, ikkinchi 
turdagi munosabatlar jamiyatni hosil qiladi. Jamoada instinkt- 
lar, hissiyotlar hukmronlik qiladi. Jamiyatda esa hisob-kitobli
www.ziyouz.com kutubxonasi


tafakkur, mexanizmga monand munosabatlar qonunlariga rioya 
qilinadi. Demak, birinchi turdagi munosabatlarga psixologik va 
shaxsiy munosabatlar (oila, qo‘shnilar jamoasi, o ‘smirlar guruhi 
va hokazo) kirsa, ikkinchi turdagi munosabatlarga tashkilotlar 
va siyosiy partiyalar kirishi mumkin. Birinchi turdagi munosa­
batlar o‘zining davomiyligi va emotsionalligi bilan ajraladi. Ik­
kinchi turdagi munosabatlar o‘zining tasodifiy rasmiyatchilikka 
xosligi yuzasidan va shaxssizligi bilan ajraladi1. Albatta, ikkinchi 
turdagi munosabatlar qisman birinchi turdagi munosabatlarga 
asoslanishi mumkin, lekin ular umuman begona, bir-biriga yot 
bo ig an , hattoki o‘zaro dushman boMgan kishilar orasida ham 
quriladi. Ikkinchi turdagi munosabatlarning barchasi ratsional 
tizimga asoslanadi.Ularning a’zolari va subyektlari nafaqat yakka 
shaxslar, balki turli guruhlar, jam oalar, hattoki davlatlar va bir- 
lashgan tashkilotlar bo‘lishi mumkin. Bu darajadagi munosabat­
larning barchasi 
sivilizatsiya
ichida (negizida) vujudga kelgan 
munosabatlardir. Jamoaviylikdan sekin-asta ijtimoiylashuvga 
o‘tish orqali sotsial tashkillashganlik jarayoninining rivojlanishi 
mumkinligini ko‘rsatib bergan Tyonis bu jarayonda, shuningdek, 
boshqa holat ham yuz berishini ko‘rsatib o‘tadi. Olim, ijtimoiy 
jarayon madaniy aloqalaming kamayib borishi, an’anaviy aloqa- 
larning uzilishi, mehr-muhabbatning so‘nishi, insonlar o ‘rtasida 
yaqinlik munosabatlarining yo‘qolib borishi bilan bog‘liq hol- 
da yuz beradi”, - deb ta’kidlaydi2. Bu m a’naviy qadriyatlarn- 
ing o ‘rnini sovuqqonlik va faqat aqliy salohiyatga suyanib ish 
ko‘rish jarayoni egallaydi.
1919-yilda “Yevropaning so‘nishi” asarini chop etgan nemis 
faylasufi Osvald Shpengler sivilizatsiya jarayonida G‘arbni 
qat’iy halokat kutayotganligini bayon etadi. Shpengler nuqtayi
1 Q arang: Skirbekk, G ., G ile N . F alsafa tarixi: oliy o ‘quv yurtlari uchun o ‘quv 
q o ‘l l . - Т . : Sharq. 2002.
2 Q arang: JI. Г. Ионин. С оциология культуры: У чебное пособие 2-е издание. — 
М .: Л огос, 1998.
www.ziyouz.com kutubxonasi


nazari bo‘yicha, sivilizatsiya — bu rivojlanishning eng oxirgi 
pog‘onasigacha ko‘tarila olgan, insonlar tomonidan yaratilgan 
“sun’iy olam” yig‘indisidir. Sivilizatsiya - bu halokatning boshi 
va madaniyatning yakunidir. Sivilizatsiya - hayotning izidan 
o‘lim kelganidek, yoshlik ketidan qarilik quvganidek, gullab- 
yashnash o‘z nihoyasi yetganidek, madaniyatning ketidan quvib 
yuradigan hodisa va uni bartaraf etib bo‘lmaydi.
Madaniyat - bu insonning m a’naviyati, ichki olami, ijodiy 
qobiliyati, ilhomi va mehr-muhabbatidir. Sivilizatsiya esa 
noijodiyot, tabiiy bo‘lmagan quruqlik va sun’iylikdir. Demak, 
Shpengler uchun sivilizatsiya - bu ijodiyot, ilhomlanish, rivoj 
va ravnaq belgisi bo‘lmish m a’naviy boyish davri o‘miga, jam i­
yatning m a’naviy toshqotishi, ijodining tang holatga kelishi
m a’naviy bo‘shliq davri bilan almashuvidir.
Sivilizatsiya - jamiyatning texnik rivojlanishini, progressini 
bildirsa-da, lekin bu jarayon quruq, sun’iy, barcha narsani hisob- 
kitob bilan o ‘lchaydigan jarayondir. Shuning uchun Shpengler 
sivilizatsiyani har qanday madaniyat yakuni, xulosasi deb bil- 
gan. “Shpengler Osvald - nemis idealist-faylasufi, hayot falsafa- 
si vakillaridan biri. U konservativ-millatchilik yo‘nalishida pub- 
litsistik chiqishlar qilgan, ammo nemis natsistlarining hamkorlik 
qilish to ‘g ‘risidagi takliflarini rad etgan. Shpengler o‘z qarash- 
larida cheksiz kengayishga qaratilgan organik hayot tushuncha- 
sidan kelib chiqadi. Madaniyatni u “organizm” sifatida talqin 
qiladi. Uningcha, bu yagona umuminsoniy madaniyat yo‘qligini 
va bo‘lmaganligini ko‘rsatadi. Shpenglerning ta’kidlashicha, 
har bir madaniy “organizm” tarixi uning ichki hayotiy siklidan 
kelib chiqqan holda ming yilcha oldin belgilanadi. Madaniyat 
halokatga uchrashi jarayonida sivilizatsiyaga aylanadi. Madani- 
yatdan sivilizatsiyaga o‘tish esa ijodkorlikdan mahsulsizlikka, 
shakllanishdan qotib qolishga, qahramonona tashabbuslardan
www.ziyouz.com kutubxonasi


mexanik “ishga” o ‘tish bo‘ladi. Olim fikricha, sivilizatsiya oqi- 
batida badiiy va adabiy ijodga ehtiyoj qolmaydi” 1.
Shpengler konsepsiyasiga qo‘shiluvchilarga nisbatan uni 
muhokama qiluvchilar soni ko‘proq bo‘lishiga qaramay, bu 
konsepsiya olimlar orasida tez tanildi. Masalan, insonparvar- 
gumnist A. Shveytser jam iyat qalbsiz bo‘lgan texnik-mexanik 
sivilizatsiyadan qochib qutula olmasligini, oxir-oqibat bu sivi- 
lizatsiy an in g barib ir ushbu ja m iy a tg a kirib kelishi xavfi 
mavjudligi - jam iyat a ’zolarining tushkunlik holatiga tushishiga 
olib kelishini aytadi. N. Berdyayev: “Sivilizatsiya va madaniyat 
hodisasiga xronologik yondashib, ular davrlar almashinuvi nati- 
jasida yuzaga keladi”, - deb Shpengler nazariyasini xato sifatida 
ko‘rsatadi. Berdyayevning ta’kidlashicha, sivilizatsiya davrida 
madaniyat mavjud bo‘ladi va, aksincha, madaniyat davrida sivi­
lizatsiya mavjud bo‘ladi,
Shuni aytish lozimki, Shveytser madaniyat va sivilizatsiya 
o ‘rtasidagi farqni shartli, deb ko‘rsatib o ‘tadi. Shveytser fik­
richa ham, Shpengler fikricha ham, bitta jarayonni ifodalash 
uchun fransuz tadqiqotchilari “sivilizatsiya”, nemis tadqiqotchi- 
lari “madaniyat” atamasini ishlatishadi. Masalan, fransuz tarix 
maktabi namoyandalari “sivilizatsiya” atamasini ishlatishsa-da, 
aslida, madaniyat tushunchasi va jarayonlarini nazarda tutishadi. 
Taylor esa o‘z asarlarida madaniyatni sivilizatsiyaga tenglashtirib 
qo‘ygan.
E. Ahmedova o‘zining “Культуралогия” asarida ko‘rsatishicha 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin