Sotsiologiyasi


I. 7. O m m aviy m adaniyat turi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/44
tarix14.12.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#177710
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Madaniyat sotsiologiyasi (M.Bekmurodov, N.Yusupova)

I. 7. O m m aviy m adaniyat turi
Ommaviy madaniyat - madaniyat mavjudligining murakkab, 
hamma vaqt bir xilda talqin qilinmaydigan o ‘ziga xos shakli. 
“Ommaviy madaniyat G ‘arb madaniyati bilan bog‘liq hodisa 
deb tushuniladi, shuningdek, u g‘oyasizlik, sifatsizlik va did- 
sizlik namunasi sifatida talqin qilinadi. Ommaviy madaniyat 
chuqur ijtimoiy va madaniy ildizlarga ega. Ommaviy madaniyat 
paydo bo‘lishining ijtimoiy-iqtisodiy ildizlari yirik sanoat ishlab 
chiqarishning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. XX asrda radio, kino, 
televideniye, video, komputerlar tizimining paydo bo‘lishi nati-
1 F alsafa qom usiy lug‘at. (T uzuvchi va m a s’ul m u h arrir Q. N azaro v ). — Т.: 
Sharq, 2004. 199-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


jasida ommaviy madaniyat o ‘z rivojlanishining yangi bosqichiga 
qadam qo‘ydi. Bu bosqichda ko‘pchilik uchun maqbul bo‘lgan 
qarashlar va qadriyatlarni shakllantirish imkoniyatlari keskin da- 
rajada o‘sgani bilan xarakterlanadi. Ommaviy madaniyat xalq 
madaniyatidan farqli o‘laroq nafaqat kosmopolitik va, ayni payt- 
da, umuman milliylikdan uzoq boMishi ham mumkin. Ko‘pgina 
hollarda ommaviy madaniyatning u yoki bu namunasining mil­
liy mansubligini faqat uning tili yoki ijrochisiga qarab ajratish 
mumkin. Elitar madaniyat ko‘pchilikka mo‘ljallanmagani, tush- 
unish qiyin bo‘lgani bilan ajralib turadi. Ommaviy madaniyat 
insonga xos bo‘lgan hissiyotlar: muhabbat, qo‘rquv, muvaffaqi- 
yatga erishishga bo‘lgan intilish, g‘aroyibotga ishonch va shu 
kabilarga asoslanishi bilan ustuvorlik qiladi. Shu yo‘l bilan om­
maviy madaniyat real hayotga qaysidir jihatlari bilan o‘xshash 
bo‘lgan, ammo undan, ayni paytda, birmuncha uzoq bo‘lgan 
hayot manzarasini yaratadi” 1.
Barcha san’atkorlar, madaniyat namoyandalari aynan shunday 
«ommaviy» darajadaxalqqa tushunarli bo'lishga intilishsalar-da, 
lekin ommaviy madaniyatga salbiy munosabatda bo‘luvchilar 
bu madaniyat turini rivojlanmagan badiiy didga, sodda, diniy 
va axloqiy qadriyatlarni yuzaki tushunishga asoslangan, haqiqiy 
m a’naviy madaniyatni buzib talqin qiladigan hamda yuksak klas- 
sik madaniyatni ommaga yaqinlashtirmaydigan, saviyasi past, 
“egoist” madaniyat, deb izohlaydilar. Odatda, ommaviy axborot 
vositalari orqali ma’naviy saviyasi past boMgan, arzon, qiymati 
kam madaniyat ko‘rinishini omma ongiga singdirib, so‘ngra uni 
sotish yo‘li bilan daromad topish maqsadida ommaviy madani- 
yatdan foydalaniladi.
Ommaviy madaniyatni mahsulot yoki iqtisodiy madaniyat 
turi deb ham yuritishadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Amerikalik sotsiolog D. Bell o‘zining “Массовая культура 
и современное общество’' nomli asarida bayon qilishicha, om­
maviy madaniyatning qanday bo‘lishi kerakligi omma soni yoki 
xarakteri bilan belgilanmay, balki shu omma a ’zolarining aqliy 
qobiliyatiga, dunyoqarashiga, uning ongi nimani «hazm» (qa­
bul) qila olishiga bog‘liq.
Ommaviy madaniyatning asosiy usuli bu tomoshabinlarning 
sodda ravishda beriluvchanlik his-tuyg‘ularidan foydalanish- 
dan iborat, y a’ni chuqur mulohazalantirmaydigan asarlar orqali 
ularning his-tuyg‘ularini “qarmoqqa ilintirish”.
Ommaviy madaniyat turi ilk bor XX asrda AQSH industrial 
va postindustrial sivilizatsiyasining mahsuloti sifatida vujudga 
keldi.
Ommaviy madaniyatning asosiy shakllariga: vestern, fantasti- 
ka, erotika, pomografiya, ujas, mistika, melodrama va detektivni 
kiritish mumkin.
Yuqorida biz XX asr o ‘rtalarida ommaviy m adaniyat kuch- 
li tanqidga uchraganini, uni salbiy m adaniyat turi deb baho- 
lashganini bayon qilgan edik. Tanqidchilardan, asosan, ingliz 
yozuvchisi O. Xaksli, nemis faylasufi T. Adorno, ispan madani- 
yatshunos olimi Xose Ortega-i-Gasset, nemis sotsiologi G. 
Markuze qarashlari diqqatga sazovordir.
Ommaviy madaniyatni o ‘rganishdan aw al, shu madaniyat 
iste’molchilari bo‘lmish “omma”ning o‘zini o‘rganib chiqmoq 
lozim.
XIX 
asr fransuz psixologi Gustav Le Bon omma haqida keng 
m a’ lumot berib o ‘ tadi. “Le Bon (1841 -1 9 3 1 ) - fransuz psixologi, 
antropologi, arxeologi. Sotsiologiyada psixologik yo‘nalish asos- 
chilaridan biri. Asosiy asarlari: “Materiya evolutsiyasi”, “Omma 
psixologiyasi”, “Kuch evolutsiyasi” va boshqalar. Ijtimoiy 
tarixiy jarayonga qonuniyatli aniq bir maqsadga qaratilgan ja- 
rayon va hodisalar sifatida qaradi. Bu qonuniyatli jarayon u yoki 
bu xalq vakillarida umumiy, o ‘xshash belgilami shakllantiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ana shunday belgilardan biri “xalq ruhi”, uning his-tuyg‘usi, 
e’tiqodi, tafakkuri, muassasalari, san’ati vujudga keladi. Le Bon 
sivilizatsiya tarixini elitarizm pozitsiyasidan baholadi va uning 
istiqbollarini oldindan aytishga harakat qildi. Uning fikricha, 
madaniyat yutuqlari kiborlarning faoliyatiga bog‘liq. Kiborlar 
ommaga g‘oyalarni singdirish, ta ’kidlash, takrorlash va yuqti- 
rish orqali madaniyat yaratadilar. Le Bon demokratiya va tenglik 
g ‘oyalariga qarshi chiqdi. Le Bonning fikricha, sanoat, ommaviy 
axborot vositalarining rivojlanishi va shaharlaming o ‘sishi ijti­
moiy hayotning tobora ko‘proq ommaga bog‘liq bo‘lishiga olib 
keldi. Jamiyat omma asriga qadam qo‘yadi, unda “ommaning 
ongsiz faoliyati” yetakchilik qiladi” 1.
U o‘zining “Психология толпы” nomli asarida bayon qilishi- 
cha, yirik ommalar jamiyat rivojini, ertangi kunini belgilaydi. 
Sababi bugungi kunga kelib madaniyat, siyosat yirik ommalar 
didiga, talabiga moslashib bormoqda, bu esa jamiyatning maj- 
ruhlanishiga olib keladi.
Parlament tizimi, saylovlar, referendumlar ommani siyosiy 
kuchga aylantirib qo‘ydi. Bir tomondan, bu demokratiyaga eri- 
shish yo‘li bo‘lsa, ikkinchi tomondan, yirik to‘dalar ulkan xavf 
ham tug‘diradi. Omma esa beriluvchanlikka moyil. Kishi om­
maga kirganda o‘z aslini yo‘qotib, shu ommaga moslashadi. 
Uning ongli ravishdagi MENligi - SHAXSligi yo‘qolib, ong­
siz ravishdagi to‘daning bir bo‘lagiga aylanib qoladi. U maxsus 
yo‘naltirilgan g‘oya va his-tuyg‘ularga, targ‘ibot va tashviqotga 
tez beriluvchan bo‘lib qoladi. Individ yakka o‘zi bo‘lganda ba- 
jarmaydigan noto‘g ‘ri xatti-harakatlarni to‘da ichida amalga os- 
hiradi. U o ‘zi qilayotgan xatti-harakatiga hamisha ham to‘g ‘ri 
baho bera olmay qoladi. Le Bon so‘zi bilan aytganda, “inson­
lar to‘da ichida o‘zlarini yakka holatlaridagiga nisbatan yomon
www.ziyouz.com kutubxonasi


tutish xususiyatiga egalar”. “Психология толпы” asarida Le 
Bon insoniyatning agressiv holatlari bo‘lmish urushlar, inqilob- 
lar, terrorchilik harakatlari haqida fikr yuritib: “Kishi qaysidir 
muddatga madaniyat ta’siridan chetga chiqar ekan, u bemalol 
agressiv harakatlami amalga oshira oladi”, - deb ta’kidlaydi'.
Diniy nizolar va urushlar motivi haqida so‘z ketganda, Le 
Bon: “Qirollar Varfolomey kechasini yaratishmagan, diniy 
urushlarni ham ular keltirishmagan, Fransiyadagi terrorizmni 
ham Robesper, Danton yoki Sen-Just keltirib chiqarmagan, yuz 
bergan mudhishliklarning barchasida “to‘da yuragi, to‘da istagi” 
bor bo‘lgan”, - deb hisoblaydi2.
Haqiqatanham, qirollar, liderlar, yetakchilar yuz berishi kerak 
bo‘lgan jarayonni faqatgina tezlatishlari yoki sekinlatishlari 
mumkin, xolos. Individ to ‘da ichida o ‘zligini y o ‘qotib, iro- 
dasiz, tafakkursiz bo ‘lgan avtomatga aylanadi. Shu yo ‘l bilan 
u o ‘zi bilmagan ravishda sivilizatsiyadan bir necha pog‘ona 
pastga tushgan to ‘daning bir qismi bo‘lib qoladi. Oddiy, yak- 
ka o ‘zi bo‘Igan holatda bu individ madaniyatli inson bo ‘lgan 
bo‘lishi mumkin. Lekin to‘da - bu varvar. Unda bosh ko‘tarish, 
agressivlik, shuningdek, g ‘ayrat, kuch-qudrat, qahramonlikka 
moyillik tuyg‘ulari uyg‘onadi.
Ommaviy madaniyatga tanqidiy munosabatda bo‘lgan yana 
bir madaniyatshunos - bu X. Ortega-i-Gasset. Olim fikricha,
XX asr jahonga umuman yangicha sharoitni olib keldi: endilik- 
da kishilar ommasi qat’iyatlilik bilan siyosatga aralashadigan, 
tarixning yo‘nalishini, madaniyatning taraqqiyot yo‘lini boshqa- 
radigan bo‘lishdi. Omma nafaqat kishilar soni bilan, balki sifat 
darajasi bilan ham belgilana boshlandi. Lekin shuni unutmaslik 
kerakki, omma sifati qay darajada ekanligini aniqlab bo‘lmaydi. 
U tushunarsiz, noaniq bo‘lib, ko‘p holatda sifat darajasi past,
1 Q arang: E. А хм едова, P. Г абидулин. К ультуралогия. М и ровая культура. -
Т.: А кад. Худ. Узб., 2001.
2 Q arang: Е. А хм едова, Р. Г абидулин. Культуралогия. М ировая культура. -
Т.: А кад. Худ. Узб., 2001.
www.ziyouz.com kutubxonasi


quyi pog‘onaga yaqin bo‘ladi. Omma o‘zlari uchun tushunarsiz 
bo‘lgan, o‘zlarining ongi qabul qilmaydigan chuqur mazmunda- 
gi madaniyat turlariga yoqtirmay qaraydi. Shuning uchun hami- 
sha, elitar madaniyat bilan ommaviy madaniyat o ‘rtasida nizo 
kelib chiqish xavfi mavjud.
G. Markuze ham ommaviy madaniyatni tanqid qilar ekan, 
jam iyat ommaviy axborot vositalari orqali individga bitta shaklli 
mahsulotni ustalik bilan zo‘rlab «tiqishtiradi», deb hisoblaydi.
Biroq XX asrning oxiriga kelib ommaviy madaniyatga 
bo‘lgan munosabat o‘zgardi, unga ijobiy yondashadiganlar soni 
ko‘paydi. Bu jarayon, avvalo, AQSH va G ‘arbiy Yevropada 
sezildi. Endlikda ommaviy madaniyatga ko‘p sonli kishilaming 
didi va talabini qoniqtiradigan, ularning madaniyati darajasiga 
mos tushadigan, ularni qoniqtirib, rohat baxsh etadigan madani­
yat vositasi sifatida qaraydigan bo‘lishdi. Amerikalik sotsio­
log D. Bell so‘zi bilan aytadigan bo‘lsak, ommaviy madaniyat 
Amerika jamiyati a’zolarini birlashtirib, mamlakatda ijtimoiy 
garmoniyani (xotirjamlikni) o ‘rnatdi.
Amerikalik sotsiolog E. Shillz ham ommaviy madaniyatni 
himoya qiladi. Bugungi kunda G ‘arb madaniyatshunosligi va 
sotsiologiya fanlarida ommaviy madaniyat - bu oddiy ommaviy 
kishining talablarini qoniqtiruvchi normal holat, degan tushun- 
cha paydo bo‘ldi. Aksincha, yuqori madaniyat namoyandalari 
o‘z aralashuvlari orqali ommaviy madaniyatning sifat darajasini 
ko‘tarishga, yaxshilashga urinmoqdalar. Ular, oliy madaniyat 
ommaviy madaniyatga singish jarayonida uni yuqori darajaga 
olib chiqadi, deb hisoblashadi.1
Prezidentimiz I. A. Karimovning “Yuksak m a’naviyat -
yengilmas kuch” asarida 0 ‘zbekistonda ommaviy madaniyat­
ning xalqimiz m a’naviyatiga zarari xususida batafsil bayon etil- 
gan.
1 Q arang: E. А хм едова, P. Г аби дулин. К ультуралогия. М ировая культура. -
Т.: А кад. Худ. Узб., 2001.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin