Sotsiologiyasi


I. 8. Kiborlar (elitar) m adaniyati turi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/44
tarix14.12.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#177710
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Madaniyat sotsiologiyasi (M.Bekmurodov, N.Yusupova)

I. 8. Kiborlar (elitar) m adaniyati turi
Oliy - elitar madaniyat. Elita (fransuzeha 
elita
- eng sara, eng 
yaxshi, saralangan) - har qanday ijtimoiy tuzilmaning boshqaruv 
jihatlarini muvofiqlashtirish hamda rivojlantirish funksiyalarini 
amalga oshiruvchi oliy, imtiyozli qatlamdir. Elita haqidagi na- 
zariyalar dastavval Platon, Aristotel, Nitshe va boshqa olimlar- 
ning qarashlarida bayon qilingan. Hozirgi G ‘arb sotsiologiyasida 
elita turli xil talqin etiladi. Bunda elita hokimiyatga yo‘nalgan, 
siyosiy jihatdan eng faol odamlar (Moska), jamiyatda eng ko‘p 
obro‘, maqom, boylikka ega bo‘lgan, ommaga nisbatan aqliy va 
axloqiy ustunlikka ega odamlar (X. Ortega-i-Gasset), jam iyat­
ning noijodiy ko‘pchiligidan farq qiluvchi qismi (Toynbi), eng 
malakali mutaxassislar, menejerlar va boshqaruv tizimidagi oliy 
xizmatchilardir, deb izohlanadi”1.
Elitar madaniyati ostida, odatda, an’anaviy ijtimoiy-guma- 
nitar va ilmiy-texnik (intellektual) madaniyat tushuniladi. Elitar 
madaniyat — bu kam sonli kishilar madaniyatidir. Bu madaniyat 
turi oliy ta ’lim-tarbiya ko‘rgan, maxsus tayyorlangan, ijtimoiy 
va intellektual kelib chiqishi eng sara, yuqori bo‘lgan kishilarga 
tegishlidir. Boshqacha aytganda, k ib o rlar-elitar madaniyat jam i­
yatning imtiyozli tabaqalariga m o‘ljallangan. “San’at SAN’AT 
uchun” qoidasi madaniyatda nafis san’at, mumtoz musiqa, faqat 
kiborlargina mutolaa qiladigan badiiy adabiyot namunalarini 
nazarda tutadi. Bunday madaniyat namunalari murakkab bo‘lib, 
ular maxsus intellektual - estetik maqomga ega bo‘lgan, yuksak 
did vakillari uchun yaratiladi”2.
1 Sotsiologiya: 0 ‘quv qoM lanma. M ualliflar ja m o a si. —Т.: A. Q odiriy nom idagi 
xalq m erosi. 2002. 88-bet.
2Q arang: A l-B uxoriy. H adis: A l-jo m e ’ as-sahih (Ishonarli to 'p la m ). - Т . , 1997. 
4 1 0 - 4 1 4 - b e t.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ziyolilarning elitar madaniyatga bo‘lgan munosabatlari turli 
xildir. Elitar madaniyatda tarbiya topgan mutafakkirlarning bir 
qismi bu madaniyat turini davrning eng sof madaniyati deb hi- 
soblashsa, boshqa olimlar guruhi bu madaniyat turini umumiy 
madaniyatning bir yo‘nalishi, xolos, deb hisoblaydilar. Ayrim 
ziyolilar esa bu madaniyat turiga hattoki tanqidiy yondashadi- 
lar. Ularning fikricha, ko‘p sonli kishilar uchun tushunarsiz 
bo‘lgan har qanday madaniyat jamiyatga nizo, munozara olib 
kelishi mumkin. Konflikt esa oxir-oqibat madaniy qadriyatlarni 
yo‘q qilish xususiyatiga ega. Lekin shuni unutmaslik kerakki, 
madaniyat turlari ichida nizo shunday vaziyatda vujudga keladi: 
bunda kam sonli kishilar madaniyati bilan ko ‘p sonli kishilar 
madaniyati uzoq vaqt bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lmaydi.
Kiborlar - elitar madaniyati boshqa madaniyat turlaridan 
o‘zining chuqur mazmunliligi, muammolar mohiyatini ochib 
bera olishligi, nozik-nafisligi, mulohaza qildirvuchanligi, butun- 
ligi, his-tuyg‘ularga boyligi bilan farqlanadi. Kiborlar madani- 
yatiga eng sara adabiyotlar, turli san’at asarlari, falsafa, tabiiy, 
texnik va ijtimoiy sohadagi ilmiy-nazariy tadqiqotlar kiradi. Bu 
madaniyat turi o ‘z ijodkorining jamiyatdagi obro'si yoki ijti­
moiy kelib chiqishiga qarab emas, yaratilgan asarning saviya- 
siga, yetukligiga qarab belgilanadi.
Zamonaviy texnika va texnologiyalar, ommaviy axborot vosi­
talari jamiki madaniyat turlarini, madaniy qadriyatlarni jamiyat 
a’zolari orasida keng yoyilishi va mustahkamlanishi imkonini 
beradi. Elitar madaniyat bilan jamiyat a ’zolari, ijtimoiy qat- 
lamlarning barchasi o ‘qish jarayonida, ya’ni bolalik davrida 
tanishtirilsa, kishilarning qalbida qadriyatlarning barcha turlari 
shakllanib, umrbod muhrlanib qoladi. Lekin shuni unutmaslik 
kerakki, qaysi davrda, qaysi jamiyatda bo‘lishdan qat’i nazar, 
kishilarning o‘zlari istagan madaniyat turini tanlash imkoniyat- 
lari erkin bo‘lmog‘i lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin