D tashmuxamedova



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə4/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Byudjet birinchi navbatda aniq olingan vaqt davomida daromadlar va xarajatlarni prognoz qiladi. U shu bilan birga asosli huquqlar asosida xarajatlar qilish va daromadlarni yig‘ish demakdir. Davlat byudjeti o‘zining resurslari hisobi va bu resurslarni ma’muriy va ijtimoiy talablar uchun katta miqdordagi xarajatlarning qoplanishidir. E.Bukning fikriga ko‘ra, byudjet 3 ta komponentdan tashkil topgan: moliyaviy reja; bajariladigan ish tartibini tuzish, tasdiqlash, rejani ijro etish va nazorat qilish va ayrim hukumat vakillari bu har bir rejani bajarishga va shu tartibda ijro etishga mas’uldirlar 1.
Byudjet tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:



1 Williams M. Government: Cash Management Its Interaction with Other Financial Policies. International Monetare Fund Fiscal Attairs Department Technical Guidance Note. 2010. 201 p.

  • byudjet tizimining yagonaligi;

  • byudjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;

  • byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi;

  • byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish;

  • byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;

  • byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi;

  • byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi;

  • kassaning yagonaligi;

  • byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi;

  • ochiqlik.

Byudjet tizimini professorlar T.S.Malikov va N.X.Haydarovlar quyidagicha ta’riflaganlar: «Byudjet tizimi bu turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, Byudjetlarni tashkil etishni va tuzish tamoyillarini ifodalaydigan, byudjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek byudjetlar hamda byudjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlar majmuidir. Ko‘pchilik hollarda, soddaroq tarzda, byudjet tizimi deyilganda, mamlakatdagi mavjud byudjetlar to‘plami (majmui) tushuniladi»1
Avvalo, byudjet jarayoni tushunchasining mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak, byudjet loyihasini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinishiga tegishli bo‘lgan davlat hokimiyat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda byudjet jarayoni ishtirokchilarining faoliyatiga byudjet jarayoni deyiladi. Byudjet jarayoni — byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish,



1 Malikov T.S., Haydarov N.H. Byudjet daromadlari va xarajatlari: O‘quv qo‘llanma T.: Moliya instituti, – Toshkent. 2007. 200 b.
byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jarayonidir1.
Davlat moliyasini boshqarish masalalari iqtisodiyot va moliya nazariyasida markaziy o‘rinni egallaydi. Iqtisodiyotni va davlat moliyasini boshqarishdagi muammolar shundan iboratki, bozor xo‘jaligi o‘z-o‘zini tartiblovchi va rivojlantiruvchi tizim (bozorning “ko‘rinmas qo‘li”) bo‘lishiga qaramasdan, hech qachon davlat aralashuvisiz samarali ishlamagan. Tarixiy taraqqiyotdan ma’lumki, umuman olganda, kapitalistik bozor xo‘jaligining yuzaga kelishi faol davlat aralashuvi bilan birga sodir bo‘lgan. Masalan, 1563- yilda ingliz qirolichasi Elizaveta I milliy baliqchilikni qo‘llab-quvvatlash va unga bo‘lgan talabni oshirish maqsadida o‘z xizmatkorlariga haftasiga 2 marta go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilishni ta’qiqlagan. 1666-yilda esa Angliyada jun mahsulotlarini sotish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni tugatish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilgan, xususan, vafot etgan fuqarolarni jun matodan bo‘lgan kiyimlarda dafn etish majburiy qilib qo‘yilgan, bu qonunni buzganlarga 5 funt-sterling miqdorida jarima belgilangan.
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodchi-olimlarining fikricha, bozorning “ko‘rinmas qo‘li” davlatning “ko‘rinadigan qo‘li” bilan to‘ldirilib turilishi kerak. Bu borada kelishmovchiliklar, qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishining sababi bu aralashuvning qay darajada bo‘lishi bilan bog‘liq, lekin davlatning tartiblovchi tamoyili asosan ko‘pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday yakdillikning asosiy sababi shundaki, olimlarning fikriga ko‘ra, bozor jamiyatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning barchasini o‘z- o‘zidan hal qila olmaydi. Misol uchun, monopoliya sharoitida o‘z-o‘zini tartiblash raqobatni rivojlantira olmaydi, bu esa tovarlar ma’lum turlari narxining oshishiga olib keladi va natijada aholi daromadlari iqtisodiyotning alohida bir sektorida ushlanib qoladi. Bunday hollarda bozor mexanizmi samarasiz ishlay boshlaydi va iqtisodiy tanglik sharoitida iqtisodiyotni



1 1 O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi (O‘RQ-360-son. 26.12.2013)ning 3-moddasi asosida.
barqarorlashtirishda bozor mexanizmi sust qatnashadi. Shuning uchun, iqtisodiyotni tartiblovchi qo‘shimcha mexanizmlarni ishlab chiqish ehtiyoji tug‘iladi. Ana shunday mexanizmlardan biri – davlatning iqtisodiyotni tartiblovchi dastak va vositalaridir. Iqtisodiyotni faqat “ko‘rinmas qo‘l”ga tashlab qo‘yish ijobiy natija bermasligini va bu haqiqatning naqadar to‘g‘ri ekanligini bugungi kundagi reallik, jahonda yuz berayotgan to‘fonlar tasdiqlab turibdi.
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning bosh maqsadi – iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mamlakatda mavjud ichki tuzumni mustahkamlash, mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy jarayonlarni jahondagi o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashtirishdan iborat. Tartiblashning boshqa barcha maqsad va vazifalari ana shu bosh maqsadga bo‘ysundirilgan.
Bu borada davlat moliyasini boshqarish va tashkil qilishning oldida qanday vazifalar turganini ta’kidlab o‘tish o‘rinli, ular:

  • muvozanatlashtirilgan bozorga kirib borishda barqaror taraqqiyotga erishish maqsadida maksimal darajada moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib topish;

  • ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va maqsadli dasturlarning samarali bajarilishini ta’minlovchi byudjet daromadlarining umumiy hajmini to‘g‘ri belgilash;

  • umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan barcha tadbirlarni uzluksiz moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda, davlat byudjeti xarajatlari umumiy hajmini to‘g‘ri belgilash va ularni optimallashtirish;

  • iqtisodiyotdagi inflyatsion tendentsiyalar va pul-kredit nobarqarorligini bartaraf etishga, milliy pul birligining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy barqarorlashtirish dasturlarini davlat byudjet siyosati chora-tadbirlari bilan muvofiqlashtirish;

  • iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan noinflyatsion manbalar hisobidan byudjet defitsitiga barham berish yoki uni qisqartirish;

  • iqtisodiy mintaqalar, xo‘jalik sohalari va byudjetlar o‘rtasida davlat daromadlarini qayta taqsimlash yo‘li bilan turli darajadagi byudjetlarni balanslashtirish maqsadida byudjetni oqilona tartibga solishni amalga oshirish;

  • keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash imkonini beradigan byudjetni o‘rta va uzoq istiqbolga mo‘ljallab rejalashtirishning ahamiyatini oshirish;

  • soliq majburiyatlarini bajarishda alohida fuqarolar va yuridik shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan nazoratni ta’minlash;

  • zamonaviy texnika va texnologiyalardan keng foydalanish asosida va moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish orqali byudjetlarni tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar.

Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri


– mamlakatda davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimini joriy qilishdan iborat. G‘aznachilikni joriy etish byudjetning daromadlar qismida tushumlarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishini va xarajatlar qismida byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishining nazoratini kuchaytirish va pul oqimlarini samarali boshqarish imkonini beradi. Davlat byudjetining kassaviy ijrosi sharoitida Markaziy bank va uning topshirig‘iga muvofiq tijorat banklari davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshiradilar. “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasiga muvofiq, “Davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Davlat byudjetining kassa ijrosi operatsiyalarini banklar Markaziy bankning topshirig‘iga binoan bajaradi.

Byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari ularning hisobvaraqlaridagi byudjet mablag‘lari qoldiqlari doirasida to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha amalga oshiriladi.


Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tashkil etish, shuningdek, uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi G‘aznachiligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Davlat byudjeti ijrosi g‘aznachilik tizimining joriy etilishi quyidagi ijobiy natijalarga erishishga imkoniyat beradi:

  • davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko‘rsatkichlarini doimiy nazorat qilish;

  • davlat moliyasining holati to‘g‘risidagi tezkor va muntazam ravishda axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish;

  • davlat byudjeti daromad va xarajatlari kassa ijrosining har kungi aniqlashtirilgan monitoringini o‘tkazish;

  • tasdiqlangan byudjet mablag‘lari doirasida byudjet tashkilotlarining tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldidagi majburiyatlarini qabul qilish bosqichida dastlabki nazoratni amalga oshirish;

  • moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o‘z vaqtida va manzilli moliyalashtirish orqali byudjet mablag‘larini bosh taqsimlovchilari tomonidan suiiste’mol qilish va noto‘g‘ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat olib borish;

  • byudjet tashkilotlari majburiyatlarni olgandan keyin pul mablag‘larini G‘aznachilik hisobraqamidan to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar yetkazib beruvchilar hisobraqamiga o‘tkazish orqali pul oqimlari harakatini tezlashtirish;

  • o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirish orqali ta’minotchilarning moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash;

  • g‘aznachilik tizimining bir pog‘onasidan ikkinchi pog‘onasiga pul mablag‘lari o‘tkazishni tezlashtirish orqali byudjet mablag‘larining tezkor harakat qilishini ta’minlash.

G‘aznachilik tizimida Davlat byudjeti xarajatlarini, birinchi navbatda, birinchi darajali xarajatlarni o‘z vaqtida to‘lash, kassaviy uzilish holatlarining oldini olish, bir mintaqaga tushadigan resurslarni boshqa mintaqaning majburiyatini ta’minlash uchun yo‘naltirish yo‘li bilan markazlashgan tarzda
turli darajadagi byudjetlarning daromadlarini boshqarish mexanizmini joriy qilish mumkin.

Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin