D tashmuxamedova


BOB. BYUDJET G‘AZNA IJROSI: TUSHUNCHASI MAZMUNI VA AHAMIYATI



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə3/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

BOB. BYUDJET G‘AZNA IJROSI: TUSHUNCHASI MAZMUNI VA AHAMIYATI


Reja
    1. Byudjet g‘azna ijrosining zarurligi, mohiyati va mazmuni.


    2. O‘zbekistonda davlat byudjeti g‘aznachilik ijrosiga o‘tishning bosqichlari.
    3. G‘aznachilik ijrosini amalga oshirishning tashkiliy elementlari va xususiyatlari


1.1. Byudjet g‘azna ijrosining zarurligi, mohiyati va mazmuni
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini o‘zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi.
Davlat byudjeti orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashda, respublikamizda qabul qilingan ijtimoiy dasturlarni, birinchi navbatda, aholining ijtimoiy nochor tabaqalarini aniq tarzda qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom avlodni tarbiyalash asosida aholi farovonligini oshirishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatning ta’sirchanligi va aniq tarzda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishda mahalliy byudjetlar samarali ijrosining ahamiyati katta. Bozor iqtisodiyotida davlatning moliyaviy resurslarni boshqarish ahamiyati beqiyos hisoblanadi, shu sababli respublikamizda Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishda g‘aznachilik tizimiga o‘tish zaruriyati paydo bo‘lmoqda.
Byudjet tizimi mamlakat moliya tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, uning muvaffaqiyatli tashkil etilishi samarali byudjet siyosatining asosini tashkil etadi.
Davlat moliyasi tizimidagi tub islohotlar natijasida byudjetning g‘azna ijrosiga o‘tilishi shuningdek, byudjetning o‘rta muddatli istiqbolini belgilashga o‘tish chora-tadbirlari mamlakatimizda izchillik bilan amaliyotga joriy etilmoqda. Jahon andozalari va xalqaro byudjet amaliyotining yangi qat’i talablari va mezonlari asosida davlat byudjetining o‘rta muddatli istiqbolini belgilash tizimiga o‘tishning joriy etilishi, rivojlangan mamlakatlarda samarali amal qilayotgan natijaviylikka asoslangan byudjetlashtirish amaliyotga joriy etilishi byudjet tizimi oldiga ham ulkan vazifalar qo‘yadi. Byudjet so‘zi XV asrlarda paydo bo‘lgan bo‘lib, O‘rta asrlardagi Fransuz tilidan “bougette”, qadimgi fransuz tilidagi “bouje”, ya’ni “charm sumka, hamyon, kichik charm sumka”, lotin tilidagi “bulga” so‘zidan olingan bo‘lib, “charm sumka” degan ma’nolarni anglatadi. Zamonaviy moliyaviy ma’nosi (1973) g‘aznachilik vaziri fiskal rejalarini o‘zining hamyonida saqlashi degan tushunchani beradi. Boshqa ma'nosi XVIII asrda “yangiliklar shodasi” bo‘lib ko‘chdi, shu sababdan bu so‘zni ishlatish ayrim gazetalar uchun sarlavha sifatida ishlatilgan.
Oksford lug‘atida keltirilishicha, byudjet – ma’lum davr uchun daromad va xarajatni hisoblash degan ma’noni anglatadi: Moliya Vaziri tomonidan yillik daromad va xarajatlarni muntazam baholash ya'ni oldinga qo‘yilgan maqsadga muvofiq kerakli pul mablag‘ini anglatadi. Merrayam-Vebster lug‘atiga ko‘ra, Byudjet qanday qilib sarflanishi rejalashtirilganligiga bog‘liq holda sarflanishga qodir bo‘lgan pul mablag‘i miqdoridir ya'ni, pul miqdorini qancha sarflanishi mumkinligini va kelajakda qancha sarflanishidir. Bu hukumat tomonidan belgilangan davr ichida qancha sarflanishi rejalashtirilganligi va xarajatlar uchun qancha to‘lanishi haqidagi rasmiy ma’lumot. Rene Stourmning fikriga ko‘ra: “byudjet – davlatning yillik tushumi va xarajatlarini prognoz qiladi va tasdiqlaydi”.1





1 Williams M. Government: Cash Management Its Interaction with Other Financial Policies. International Monetare Fund Fiscal Attairs Department Technical Guidance Note. 2010. 201 p.
Byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjeti va byudjet tizimini, uning bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjetlar tarkibi va tuzilmasini, byudjet mablag‘larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.
Byudjet tuzilishining qanday tuzilganligi mamlakatning ma’muriy- hududiy tuzilishiga va hukumat organlarining vakolatlari taqsimotiga bog‘liq bo‘ladi. Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari (shtatlar, provinsiyalar, oblastlar, o‘lkalar kabi) o‘rtasida hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga ko‘ra barcha davlatlar unitar va federativ (federativ davlatlarda davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativ davlat tuzilishi mavjud) davlatlarga bo‘linadi. Unitar va federativ (konfederativ) davlat tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi chizmada aks ettirilgan.
O‘zbekiston Respublikasining byudjet tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanadi.

Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin