D tashmuxamedova


rasm. Byudjet tizimi byudjetlarining darajalari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochish vakolatlarining taqsimlanishi



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə26/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

rasm. Byudjet tizimi byudjetlarining darajalari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochish vakolatlarining taqsimlanishi


Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari:

  • O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;

  • tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun

– tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan;
- davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun – davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016-yil 30-martda 2772-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 24- martdagi 21-sonli buyrug‘iga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish qoidalari” belgilandi. Byudjet tizimi byudjetlari va boshqa maqsadli jamg‘armalar daromadlari va mablag‘lari xarajati hisobi bo‘yicha operatsiyalarni yuritish maqsadida byudjet tizimi byudjetlarining tegishli darajalari, byudjet tashkilotlari, byudjet mablag‘lari oluvchilar, BMJ byudjetlaridan mablag‘ oluvchilar uchun moliya organlari va davlat maqsadli jamg‘armalarini va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan "O‘RMV" ATda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti byudjet tasnifining tegishli kodlari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.
Darajalar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari
Darajalar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari byudjet tizimi byudjetlarining tegishli darajalari va turlarining tasdiqlangan byudjet mablag‘lari hajmlari bo‘yicha ma’lumotlarni, turli darajadagi byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida taqsimlangan o‘zaro hisob-kitob mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalarni, byudjet tizimi byudjetlari va BMJ byudjetlarining g‘azna ijrosi jarayonida byudjet tizimi tegishli byudjetlarining kassa daromadlari va xarajatlari summalari hajmini o‘zida aks ettirishga mo‘ljallangan analitik hisob registrlari hisoblanadi.

Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin