Darajalar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami o‘n yetti razryaddan iborat:
1dan6gachabo‘lganrazryadlar- tasdiqlangan Byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifiga muvofiq mablag‘lar manbasi va tegishli byudjetlar darajalari kodi;
7 dan 9 gacha bo‘lgan razryadlar- tasdiqlangan Valyutalar tasnifiga muvofiq valyuta kodi;
10 dan 14 gacha bo‘lgan razryadlar- tasdiqlangan Hududiy tasnifga muvofiq hududiy tegishlilik kodi;
15dan17gachabo‘lganrazryadlar- "O‘RMV" ATda avtomatik tarzda beriladigan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ining noyob raqami.
Daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari byudjet tizimi tegishli byudjetlarining tasdiqlangan daromadlari miqdori bo‘yicha ma’lumotlarni, byudjet tizimi byudjetlari va BMJ byudjetlari daromadlarining g‘azna ijrosi jarayonida daromadlarning kassa tushumlari hajmini va tegishli byudjetlarga va byudjetlardan daromadlar turlari va manbalari bo‘yicha qaytarish (hisobga olish) summalarini o‘zida aks ettirishga mo‘ljallangan analitik hisob registrlari hisoblanadi.
Daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari kelib tushayotgan daromadlarning tegishli byudjetlarga mablag‘lar kirimi amalga oshirilgan tegishli hududga mansubligini aniqlaydi.
Daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami yigirma besh razryaddaniborat:
1dan6gachabo‘lganrazryadlar- tasdiqlangan Byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifiga muvofiq mablag‘lar manbasi va tegishli byudjetlar darajalari kodi;
7 dan 9 gacha bo‘lgan razryadlar- tasdiqlangan Valyutalar tasnifiga muvofiq valyuta kodi;
10-razryad- nazorat kaliti;
11 dan 15 gacha bo‘lgan razryadlar- tasdiqlangan Hududiy tasnifga muvofiq hududiy tegishlilik kodi;
16dan22gachabo‘lganrazryadlar- daromad turi;
23dan25gachabo‘lganrazryadlar- Tashkiliy tasnifning tegishli kodi.