2-rasm. Daromadlarni tegishli byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalariga o‘tkazishning amaldagi tartibi
Tarmoq boshqarmalari byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan tayinlash sertifikatlarini o‘rnatilgan tartibda tekshirganlaridan so‘ng, ularni ijro uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjeti Bosh boshqarmasiga (DBBB) taqdim etadi.
DBBB byudjetdan mablag‘ oluvchilarning tayinlash sertifikatlari asosida respublika byudjetining asosiy hisobvarag‘idan RG‘Hga mablag‘ o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomalarini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va ularni HKKMga ijro uchun taqdim qiladi.
23402 (005) hisobvarag‘idan respublika g‘azna hisobvarag‘iga mablag‘lar o‘tganligini tasdiqlovchi HKKMdan shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirmalar olinganidan so‘ng, DBBB ijro etilgan tayinlash sertifikatlarining birinchi nusxalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga taqdim etadi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar (moliyalashtirish saqlangan sharoitda - RG‘Hda moliyalashtirilgan mablag‘lar mavjud bo‘lganda) O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga RG‘Hdan mablag‘larni mahsulot yetkazib beruvchilarning bevosita bank hisobvaraqlariga yoki qonunchilikda nazarda tutilgan maqsadlarga o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomalarni qoidaga ko‘ra, mablag‘larni o‘tkazish sanasidan bir kun oldin taqdim etadi.
Respublika byudjeti qaramog‘ida bo‘lgan byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag‘lari (ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni saqlash uchun to‘lovlari, ota-onalarning musiqa va san’at maktablarida bolalarni o‘qitish uchun to‘lovlari, maktabgacha ta’lim muassasalari ishchilaridan ovqatlanish uchun tushgan tushumlar, shuningdek ijtimoiy ta’minot organlaridan byudjet tashkiloti xodimlariga pensiya va ijtimoiy nafaqa to‘lash uchun tushgan mablag‘lar) o‘rnatilgan tartibda RG‘Hga kirim qilinadi.
Joriy yilda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy moliya yili uchun kelib tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali RG‘Hga kirim qilinadi (byudjetdan mablag‘ oluvchilarning shartnomalar tuzmasdan amalga oshiriladigan to‘lovlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar).
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni, asosiy vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha kelib tushgan summalar RG‘Hga kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar byudjetdan mablag‘ oluvchilar joylashgan hududning shartli hisobvaraq raqami (ShHR) bilan ochilgan, 23402 (005) “Respublika byudjeti mablag‘lari” daromadlar tranzit hisobvaraqlari orqali respublika byudjetining daromadlariga o‘tkazilishi bilan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda hisobga olinadi.
RG‘H shaxsiy hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar RG‘Hda operatsiyalar amalga oshirilganligini tasdiqlovchi, birlamchi to‘lov hujjatlarining asl va ko‘chirma nusxalari ilovalari bilan, shuningdek naqd pul mablag‘larini berish uchun 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar ularga ilovalar bilan, tegishli ravishda, HKKM va tegishli xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan RG‘Hda va 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214
“G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlarida mablag‘lar harakatining keyingi ish kunida doimiy ravishda g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladi.
Respublika byudjeti qaramog‘ida bo‘lgan byudjetdan mablag‘ oluvchilarni g‘azna ijrosi bilan to‘liq qamrab olingandan so‘ng, ularning xarajatlarini respublika byudjetining asosiy hisobvarag‘idan RG‘Hga moliyalashtirish to‘xtatiladi va asosiy respublika byudjeti hisobvarag‘i RG‘H bilan birlashtiriladi.
Respublika byudjetining asosiy hisobvarag‘i RG‘H bilan birlashtirilgandan so‘ng, respublika byudjeti daromadlari 23402 (005) “Respublika byudjetining mablag‘lari” hududiy daromad tranzit hisobvaraqlaridan mablag‘lar to‘g‘ridan to‘g‘ri RG‘Hga kirim qilinadi.
Hududiy g‘azna hisobvaraqlari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar qaramog‘ida bo‘lgan byudjetdan mablag‘ oluvchilarning pul mablag‘larini kirim qilish va o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar hududiy g‘azna hisobvaraqlari (HG‘H) orqali amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar qaramog‘ida bo‘lgan byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag‘lari (ota- onalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni saqlash uchun to‘lovlari, ota-onalarning musiqa va san’at maktablarida bolalarni o‘qitish uchun to‘lovlari, maktabgacha ta’lim muassasalari ishchilaridan ovqatlanish uchun tushgan tushumlar, shuningdek ijtimoiy ta’minot organlaridan byudjet tashkiloti xodimlariga pensiya va ijtimoiy nafaqa to‘lash uchun tushgan mablag‘lar) o‘rnatilgan tartibda HG‘Hga kirim qilinadi.
Joriy yilda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy moliya yili uchun kelib tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali HG‘Hga kirim qilinadi (byudjetdan mablag‘ oluvchilarning shartnomalar tuzmasdan amalga oshiriladigan to‘lovlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar).
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni, asosiy vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha kelib
tushgan summalar HG‘Hga kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar byudjetdan mablag‘ oluvchilar joylashgan hududning shartli hisobvaraq raqami (ShHR) bilan ochilgan 23402 (005) “Respublika byudjeti mablag‘lari” daromadlar tranzit hisobvaraqlari orqali tegishli byudjetlarning daromadlariga o‘tkazilishi bilan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda hisobga olinadi.
HG‘H shaxsiy hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar HG‘Hda operatsiyalar amalga oshirilganligini tasdiqlovchi, birlamchi to‘lov hujjatlarining asl va ko‘chirma nusxalari ilovalari bilan, shuningdek naqd pul mablag‘larini berish uchun 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar ularga ilovalar bilan, tegishli banklar tomonidan HG‘Hda va 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlarida mablag‘lar harakatining keyingi ish kunida doimiy ravishda g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladi.