D tashmuxamedova


Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə30/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish


Darajalar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish va yopish "O‘RMV" ATda quyidagicha amalga oshiriladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti bo‘yicha - Moliya vazirligi tomonidan;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjeti bo‘yicha - tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari moliya boshqarmalari tomonidan;

  • tumanlar va shaharlar byudjetlari bo‘yicha - tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan;

  • DMJ va BMJ byudjetlari bo‘yicha - ularning taqsimlovchi organlar tomonidan.

Darajalar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochilganidan yoki o‘zgartirilganidan so‘ng hududiy moliya organlari hamda DMJ va BMJ taqsimlovchi organlar bu haqda g‘aznachilik bo‘linmalari, davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga xabar beradilar.
Darajalar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida tegishli byudjetlarning darajalari va turlarining tasdiqlangan byudjet mablag‘lari hajmlari, turli darajadagi byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida taqsimlangan o‘zaro hisob-kitob mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar, byudjet tizimi byudjetlari va BMJ byudjetlarining g‘azna ijrosi jarayonida tegishli byudjetlarning kassa daromadlari va xarajatlari summalarining hajmi bo‘yicha ma’lumotlar hisobi yuritiladi.
Darajalar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarining yopilishi tegishli byudjetga mansub bo‘lgan hudud qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan (birlashtirilgan) hollarda amalga oshiriladi. Boshqa hollarda, darajalar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari yopilmaydi. Ochilgan va yopilgan darajalar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobi "O‘RMV" ATda Darajalar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobida elektron ko‘rinishda belgilangan shaklda yuritiladi. (5-rasm)



Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin