D tashmuxamedova


Xarajatlar bo‘yicha byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari quyidagilarga asosan ochiladi



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə32/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Xarajatlar bo‘yicha byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari quyidagilarga asosan ochiladi:


    • shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochish uchun ariza;

    • byudjetdan tashqari mablag‘larning limitlangan tushumi va xarajatlari bo‘yicha xarajatlar smetasi (tushumi va xarajat yo‘nalishi limitlanmagan byudjetdan tashqari mablag‘lar bundan mustasno).

Xarajatlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari byudjet tashkilotlari, byudjet mablag‘lari oluvchilar va BMJ byudjetidan mablag‘ oluvchilar tomonidan tegishli hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida ochiladi. Agar taqdim etilgan hujjatlar talablarga muvofiq bo‘lmasa, ular qayta ishlash va kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki ish kuni mobaynida qaytariladi.
Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish uchun asos bo‘lgan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi va moliya organlari hamda DMJ va BMJ taqsimlovchi organlarda saqlanadi. Moliya organlari hamda DMJ va BMJ taqsimlovchi organlar xarajatlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochilgandan yoki o‘zgartirilgandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan bu haqda byudjet tashkilotlari, byudjet mablag‘lari oluvchilar va BMJ byudjetidan mablag‘ oluvchilarni xabardor qiladilar. O‘z navbatida byudjet tashkilotlari, byudjet mablag‘lari oluvchilar va BMJ byudjetidan mablag‘ oluvchilar ikki ish kuni mobaynida ochilgan yoki o‘zgartirilgan xarajatlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari rekvizitlarini tegishli davlat soliq xizmati organlari va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga yetkazadilar.
Ochilgan va yopilgan xarajatlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobi "O‘RMV" ATda Xarajatlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish kitobida elektron ko‘rinishda yuritiladi.
Moliya organlarining vakolatli xodimlari xarajatlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarining tegishli satrlarida quyidagilarni aks ettiradilar:

    1. byudjet mablag‘lari bo‘yicha:

  • byudjet tashkiloti va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari, shuningdek vaqtinchalik xarajatlar smetalari hamda kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlarning oylik yoyilmalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Zaxira jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan mablag‘lar;

  • xarajatlar smetalariga, shuningdek kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlarining oylik yoyilmalariga kiritilgan o‘zgartirishlar;

    1. byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha:

  • byudjet tashkilotlarining tegishli xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan mablag‘lar, tushumi va xarajat yo‘nalishlari cheklanmaydigan byudjetdan tashqari mablag‘lar turlari bundan mustasno;

xarajatlar smetalariga kiritilgan o‘zgartirishlar.
G‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli xodimlari xarajatlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarining tegishli satrlarida quyidagilarni aks ettiradilar:

  1. byudjet mablag‘lari bo‘yicha

  • byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarga berilgan XTR;

  • g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatga olingan yuridik majburiyatlar;

  • g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatga olingan moliyaviy majburiyatlar;

  • g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan to‘langan (o‘tkazilgan) xarajatlar, shuningdek naqd pul shaklidagi to‘langan mablag‘lar;

  1. byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha:

  • kelib tushayotgan byudjetdan tashqari mablag‘lar;

  • g‘aznachilik bo‘linmalarida hisobga olingan yuridik majburiyatlar;

  • g‘aznachilik bo‘linmalarida hisobga olingan moliyaviy majburiyatlar;

  • g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan to‘langan (o‘tkazilgan) xarajatlar, shuningdek naqd pul shaklidagi to‘langan mablag‘lar;

  1. DMJ va BMJ mablag‘lari bo‘yicha:

  • g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatga olingan yuridik majburiyatlar;

  • g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatga olingan moliyaviy majburiyatlar;

  • g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan to‘langan (o‘tkazilgan) xarajatlar, shu jumladan naqd pul shaklida to‘langan mablag‘lar;

g) DMJ va BMJ byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha:

  • kelib tushayotgan byudjetdan tashqari mablag‘lar;

  • g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatga olingan yuridik majburiyatlar;

  • g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatga olingan moliyaviy majburiyatlar;

  • g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan to‘langan (o‘tkazilgan) xarajatlar, shuningdek naqd pul shaklidagi to‘langan mablag‘lar.

G‘aznachilik bo‘linmalari byudjet tashkilotlari, byudjet mablag‘lari oluvchilar hamda BMJ byudjetidan mablag‘ oluvchilarning so‘roviga ko‘ra ularning tegishli xarajatlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan operatsiyalar amalga oshirilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda ulardan ko‘chirmalarni taqdim etadilar. "UzASBO" DMga ulangan byudjet tashkilotlari "UzASBO" DMdan elektron hujjat ko‘rinishdagi ko‘chirmalarni olishlari mumkin. Elektron hujjat ko‘rinishida taqdim qilingan ko‘chirmalar va ularga ilovalar qog‘oz hujjatlarga tenglashtiriladi va ular bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.

    1. Yüklə 5,5 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin