D tashmuxamedova


-BOB. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining g‘azna ijrosi Reja



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə35/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

4-BOB. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining g‘azna ijrosi Reja:


    1. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining g‘azna ijrosini tashkil etishning zarurligi.
    2. Yagona g‘azna hisobraqamida byudjet daromadlari ijrosini hisobga olish.


    3. To‘lovlar kontingentini "O‘RMV" ATda aks ettirish orqali YAG‘Hga kiritish va ortiqcha to‘langan to‘lovlarni qaytarish.
    4. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va hisobini yuritish tartibi.





    1. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining g‘azna ijrosini tashkil etishning zarurligi

O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sari yo‘l tutishi davrida Davlat byudjetining mamlakatni jitimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi roli yanada oshadi. Byudjet daromadlarini shakllantirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida respublika va uning hududlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatning iqtisodiy barqarorligi byudjet daromadlarining darajasi bilan belgilanadi, uning asosiy manbalari soliqlar hisoblanadi. Mamlakatimizdagi islohotlarning hozirgi sharoitida asosiy e’tiborni byudjet tizimini rivojlantirish va soliq siyosatini samarali yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga e’tibor qaratish muhim vazifalardan biridir. Mamlakatda pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keluvchi moliyaviy munosabatlarni o‘zida ifoda etadigan, hokimiyat organlarining turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan davlat markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi byudjet daromadlari deyiladi.


“Davlat byudjeti daromadlari» moliyaviy kategoriyaning namoyon bo‘lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to‘lovlar, yig‘imlar, bojlar va ajratmalardan iborat. Davlat byudjetining daromadlarining absolyut hajmi va salmog‘i mamlakatning Yalpi ichki mahsulotining umumiy hajmi, muayyan davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Davlat byudjetida mablag‘larni to‘plash miqdori va ularni undirishning shakl va uslublari aniqlanadi.
Davlat byudjetiga majburiy to‘lovlarning kelib tushishi soliq va bojxona tizimlariga kiruvchi maxsus vakolatli organlar hamda mazkur vazifa zimmasiga yuklatilgan boshqa davlat organlari tomonidan ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning pirovard maqsadi – barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholi turmush darajasini yaxshilash, milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishdir. Soliq yukining optimal darajasi, tadbirkorlik faoliyati va iqtisodiyot rivojlanishiga to‘siq bo‘lmasligi, soliqqa tortiladigan obyektlarni yashirishga majburiy ehtiyoj tug‘dirmasligi, soliq to‘lagandan keyin qolgan daromadlar korxonalar moliyaviy barqarorligini va aholining yaxshi turmush darajasini ta’minlashi kerak31.
Bizga ma’lumki, davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo‘lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan daromadlar va jamg‘armalarning bir qismini byudjetga o‘tkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag‘lari tashkil etadi. Bu byudjet kategoriyaning namoyon bo‘lish shakli





31 Петти В. Экономические и статистические работы. М.: Соцингиз, 1940. С. 98.
byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to‘lovlar, yig‘imlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
Miqdoriy jihatdan Davlat byudjetining daromadlari yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini ko‘rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog‘i mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda Davlat byudjetida mablag‘larni kontsentratsiya qilish (to‘plash, yig‘ish) miqdori va ularni undirishning shakl va metodlari aniqlanadi.
Byudjet daromadlarini shakllantirish jarayonining quyidagi prinsiplarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir:

  • soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak;

  • soliqlar ularni to‘lovchilar o‘rtasida teng (adolatli) taqsimlanmog‘i lozim;

  • soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga ta’sir ko‘rsatmasligi;

  • soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;

  • davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo‘lishi lozim;

  • soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi

kerak;

  • subyektlarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishiga rioya etish lozim.

  • subyektlarning xatti-harakati va intilishiga bog‘liq bo‘lmagan holda

vujudga kelgan daromadlarning to‘liq yoki qisman byudjetga olinishi. – ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun korxonaning rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byudjetga olish.

    • byudjet mexanizmining rag‘batlantiruvchi ta’sirini ta’minlash.

    • byudjet daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish.

Davlat byudjetining daromadlari o‘zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to‘lovlarning turi, mablag‘larning tushish shakli va ularni byudjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.
Hozirgi vaqtda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida soliqlar davlat byudjeti daromadlarining birlamchi manbai hisoblanadi. Rivojlangan industriya davlatlarda, xususan, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya va Kanadada soliqlar davlat byudjeti daromadlarining 90 foizgacha bo‘lgan qismini, AQShda esa 70 foizdan ortiq qismini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarining asosiy (95 foizdan ortiq) qismi soliq tushumlaridan iborat.
Soliqlarni davlat byudjeti daromadlarining asosiy, birlamchi manba ekanligi ularning moxiyatini ochish maqsadida qator ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi. Soliqlarni byudjet daromadlarining manbai sifatidagi moxiyatini nazariy jixatdan asoslab bergan birinchi olim V.Petti hisoblanadi. U o‘zining 1662-yilda yozgan «Soliqlar va yig‘imlar to‘grisida traktat» nomli ilmiy asarida davlat uchun zarur bo‘lgan soliqlar miqdorini asoslab berish uchun davlat xarajatlarining majmuini aniqlashga harakat qildi. V.Pettining fikriga ko‘ra davlat foydasiga soliqlarni undirish mutanosib bo‘lishi lozim, chunki bu mexanizm turli miqdordagi daromadlar uchun «betaraf» hisoblanadi: «Soliq qanchalik ulkan bo‘lmasin, agar u barchaga mutanosib ravishda belgilangan bo‘lsa, u tufayli xech kim boyligining qandaydir qismini yo‘qotmaydi. Bundan tashqari, yig‘ilgan soliqlar mamlakatdan chiqib ketmas ekan, mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan bir xilda boy bo‘lib qolaveradi».32 Demak, Petti soliqlarni byudjet daromadlarining asosiy manbai sifatidagi rolini e’tirof etgan holda, soliqqa tortishni barcha soliq to‘lovchilar uchun teng bo‘lishini ta’kidlab o‘tgan.
Klassik iqtisodchilardan Adam Smit soliqlarni faqat davlat byudjeti daromadlarining manbai sifatida tadqiq qildi. Uning fikriga ko‘ra, soliqlar



32 Петти В. Экономические и статистические работы. М.: Соцингиз, 1940. С. 98.
hukumatni saqlash xarajatlarini qoplashga yetishi zarar. Demak, A.Smit o‘zining butun diqqat e’tiborini soliqlarni fiskallik funksiyasiga qaratdi.
Shuningdek, A.Smit soliq yukini taqsimlash nazariyasini quyidagicha shakllantirdi: barcha soliqlar pirovard natijada, yer egalaridan olinadi, chunki ular daromadning qo‘zgalmas manbaini doimiy egalari hisoblanishadi. A.Smit fiziokratlardan farqli ravishda yagona soliq nazariyasini qo‘llab-quvvatlamadi. Uning fikriga ko‘ra, rentani soliqqa tortish bilan birga ish haqiga solinadigan soliq xam mavjud bo‘lishi lozim. Ushbu soliq ish haqini to‘langan soliqlarning to‘liq summasiga ko‘paytiradi, agar faqat mehnatga bo‘lgan talabni kamayishi yuz bermasa, albatta. Bundan tashqari, A.Smit iste’mol buyumlariga xam soliqlar solishni taklif qilgan, bu soliqlar tovarlar bahosini oshiradi va tovarlarning alohida turlariga bo‘lgan talabning o‘zgaruvchanligiga ta’sir qiladi.33
Klassik iqtisodchi D.Rikardo, A.Smitning soliqlar to‘grisidagi nazariyasini sezilarli darajada to‘ldirdi. O‘zining oldin o‘tgan taniqli iqtisodchilardan farqli o‘laroq, D.Rikardo soliqqa tortishning yangi tamoyilini yaratdi. Ushbu tamoyilga ko‘ra, barcha soliqlar, agar u ishab chiqarish xajmini oshirish yoki noishlab chiqarish xarakteridagi iste’molni kamaytirishga asoslangan holda o‘rnatilmagan bo‘lsa, kapitalni jamgarishga to‘sqinlik qiladi.34
D.Rikardoning fikriga ko‘ra yer rentasini soliqqa tortish juda oson va qulay, ammo rentadan olinadigan soliqning yuki to‘gridan to‘gri xaridor zimmasiga yuklatilmasligi lozim, chunki bu soliq taklifi qat’i belgilangan omilga solingan soliqdir. D.Rikardo foydaga solinadigan soliqni tovarlarning bahosi va taklifiga ta’sirini tahlil qilgan. U tahlil natijalariga asoslangan holda quyidagi xulosani shakllantiradi: tovarlarni oborotining tezligini turli tovar pozitsiyalari bo‘yicha bir xil emasligi soliq yukini ularning baxosiga bir xilda ta’sir etmasligiga olib



33 Смит А. Исследования о природе и причинах богатсва народов. М.: Соцекгиз, 1962. С. 408.
34 Рикардо Д. Начала политической Экономики и податного обложения. М., 1908, М. –Л., 1929; М., 1935. С. 193.
keladi. Soliqlarning to‘g‘ri xildagi samarasi tufayli pullarning miqdorining ko‘payishi baholarning tarkibiga xam, darajasiga xam ta’sir qiladi.35
XIX asrda S.Sismondi soliqlarning byudjet daromadi sifatidagi moxiyatini tadqiq qilish asosida shunday xulosaga keldi: soliq to‘lovchi davlat xizmatlarini kelgusida iste’mol qilish maqsadida joriy ne’matining ma’lum qismini xukumat foydasiga qurbon qiladi. XIX asrning boshqa iqtisodchilari – A.Ter va J.Mak- Kullox soliqni davlatga berilgan «sug‘urta to‘lovi» sifatida qaradilar.
Soliqlarni davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai sifatidagi moxiyatini ochib berishda J.M.Keynsning xizmatlari juda kattadir. Uning fikriga ko‘ra, bozor mexanizmi takomillashmagan mexanizmdir, shuning uchun iqtisodiyot o‘z-o‘zini boshqarishning samarali instrumentlariga ega emasdir. Bunday sharoitda faqat davlat fiskal va pul kredit siyosati orqali iqtisodiyotni tartibga solish qobiliyatiga egadir. Keyns mazkur usullar ichida soliqlarni bozor iqtisodiyotini tartibga solishdagi roliga alohida e’tibor qaratdi. Uning fikriga ko‘ra yuqori progressiv soliqlar davlat byudjetini muvozanatlashga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda davlatning adolatli ijtimoiy siyosati muxim ahamiyat kasb etadi, chunki aholining kam ta’minlangan qatlamlari soliqdan ozod qilinadi va soliq yuki to‘liq badavlat soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklanadi. Keynsning qat’i tarzda e’tirof etishiga ko‘ra, katta jamg‘armalar iqtisodiy o‘sishga xalaqit beradi. Chunki ular ishlab chiqarishga yo‘naltirmaydi va daromadlarning passiv manbai hisoblanadi. Shuning uchun ortiqcha jamg‘armalarni soliqlar yordamida undirib olish zarur.36
Keynsning soliq nazariyasiga oid qarashlari uning izdoshlarini nazariy qarashlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Amerikalik iqtisodchi olimlar – G.Tibold, J.Pechler; angliyalik iqtisodchi olimlar – T.Kou, K.Krosland; frantsuz iqtisodchi olimlar – M.Klyuzo, J.Furastelar J.M.Keynsning izdoshlari bo‘lib, yuqori soliq



35 Блауг М. Экономическая мысль в ретроспективе / Пер. с анг. 4-е изд. М.: Дело Лтд 1994. С, 124-125.
36 Кейнс Джон Мейнард. Общая теория занятности, процента и денег. М.: Прогресс, 1978. С. 365.
stavkalarini qo‘llash, davlat byudjetida yirik mablag‘larni to‘plash, davlat tomonidan yirik ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish tarafdorlari bo‘lib chiqdilar. XX asrning 50-yillarida J.M.Keyns ta’limotiga nisbatan muqobil ta’limot sifatida monitarizm ta’limoti yuzaga keldi. Bu ta’limotning asoschisi AQShning Chikago Universitetining professori M.Fridman hisoblanadi. Monitaristlar iqtisodiyotga davlatning aralashuvini maksimal darajada cheklashni qat’i talab qildilar. Shu boisdan ular soliqlarning darajasini minimallashtirishni, iqtisodiyotni pul massasini va foiz stavkalarini o‘zgartirish orqali tartibga
solishni taklif qildilar.
Soliq nazariyasini rivojlanishiga sezilarli xissa qo‘shgan olimlardan biri italiyalik Nitti hisoblanadi. U davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini taqqoslash usulidan foydalangan holda soliqlarning byudjet daromadi sifatidagi roliga quyidagicha baho beradi: «Soliqlar davlatning iqtisodiy siyosatini ajralmas qismidir. Agar yig‘iladigan soliqlarning sezilarli qismi ishlab chiqarish maqsadlariga, samarali ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga va ilmiy-tadqiqotlarga ishlatilsa, agar armiya va davlat apparatini saqlash xarajatlari nisbatan katta bo‘lmasa, u holda soliqlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmaydi. Va, aksincha, agar yig‘iladigan soliqlar byudjet sohasi orqali iste’molga yo‘naltirilsa, ya’ni yeb yuborilsa u holda ular mamlakat iqtisodiyotiga vayron qiladigan tarzda ta’sir ko‘rsatadi».37 Taniqli rus iqtisodchi-olimlaridan M.Speranskiy, S.Vittilar soliqlarning byudjet daromadlari sifatidagi roliga baho berganlar. Ularning nazariy qarashlariga xos bo‘lgan o‘ziga xos jixat – bu soliqqa tortishning ma’naviylik (nravstvennost) tamoyilini ishlab chiqilganligi hisoblanadi. Ushbu tamoyilga ko‘ra o‘ziga to‘q, badavlat mulk egalariga nisbatan qo‘shimcha soliqlarning va
yuqori soliq stavkalarining qo‘llanilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.





37 Нитти Ф. Основные начала финансовой науки. С. 241.5.
Lekin, biror-bir mamlakat amaliyotida yuqorida qayd etilgan nazariyalarning birortasi sof xolida qo‘llanilmaydi. Odatda, mazkur nazariy oqimlarning ayrim qoidalaridan milliy soliq tizimi ma’lum bir davriy oraliqlarda foydalaniladi.
Soliqlarning byudjet daromadlarining manbai sifatidagi moxiyatini ochib berishga bag‘ishlangan nazariy qarashlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, birinchidan, soliqlar davlatning funksiyalarini bajarishning asosiy va birlamchi moliyaviy manbai hisoblanadi; ikkinchidan, soliqlarning milliy daromadni qayta taqsimlashdagi roli bevosita davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi bilan belgilanadi; uchinchidan, soliqlardan byudjetning iqtisodiy mazmundagi xarajatini moliyalashtirishda foydalanish masalasiga aloxida e’tibor berish amaliy ahamiyat kasb etadi, chunki rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiyotni tarkibiy jixatdan qayta qurish davlatning iqtisodiyotga faol moliyaviy aralashuvini zarur qilib qo‘yadi; to‘rtinchidan, soliqqa tortish tamoyillarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik soliq tushumlarining barqarorligiga xal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi; beshinchidan, respublikamiz iqtisodiyotining investitsion resurslarga bo‘lgan yuqori darajadagi talabini qondirish maqsadida soliqlarning jamg‘armalarga ta’sirini ilmiy jixatdan o‘rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
Rivojlangan industrial mamlakatlar bank amaliyotida byudjet daromadlarining xajmidagi salmog‘iga ko‘ra, bank kreditlari uchinchi o‘rinni egallaydi. Masalan, AQShda bu ko‘rsatkich uch foizni tashkil qiladi.
Byudjet daromadlari o‘zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to‘lovlarning turi, mablag‘larning tushish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.
Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig‘imlari, mahalliy soliqlar va yig‘imlar, bojxona bojlari, boj yig‘imlari va boshqa boj to‘lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
Nosoliqli daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • davlat mulkini foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);

  • byudjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan haqli (to‘lovli) xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);

  • fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo‘llash natijasida olingan mablag‘lar, jumladan, jarimalar, konfiskatsiyalar, kompensatsiyalar va davlat subyektlariga yetkazilgan zararlarni tiklash bo‘yicha olingan mablag‘lar va majburiy undirilgan boshqa mablag‘lar;

  • moliyaviy yordam ko‘rinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va byudjet kreditlaridan tashqari);

  • boshqa soliqsiz daromadlar.



1-rasm. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi38


Byudjet daromadlarining tarkibiga tushumlarning quyidagi ko‘rinishlari hisobga olinishi mumkin:



  • davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko‘rinishda olinadigan mablag‘lar;

  • kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarida byudjet mablag‘larining qoldig‘i bo‘yicha foizlar ko‘rinishida olinadigan mablag‘lar;

  • davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag‘lar;

  • qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq;

  • davlatga qisman tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga yoki aktsiyalar bo‘yicha dividendlarga to‘g‘ri keladigan foyda ko‘rinishidagi daromadlar;

  • davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);

  • davlatga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa daromadlar.

Byudjet daromadlar qismini to‘ldirishning manbalaridan biri byudjet tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar yoki mablag‘larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir.
Bunday moliyaviy yordamlar mablag‘larni oluvchi byudjetning daromadlarida o‘z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki



38 “O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-360-son (26.12.2013) O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan qabul qilingan Budjet kodeksiga asosida.
tiklanmaydigan shaklda o‘tkazilayotgan mablag‘lar ham byudjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi.



Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin