G‘aznachilikbo‘linmalaritomonidanshartnomalarniro‘yxatdano‘tkazish va hisobgaolish quyidagitartibdaamalga oshiriladi:
byudjetdanajratiladiganmablag‘larvaBMJmablag‘laribo‘yicha — mas’ul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga, To‘lovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasini ko‘rsatib «Ro‘yxatdan o‘tkazildi» shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish, shuningdek g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlash va «Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish» muhrini qo‘yish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqarijamg‘armalarimablag‘laribo‘yicha — mas’ul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga, To‘lovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning asli hisobga olish raqami hamda sanasini ko‘rsatgan holda «Shartnoma bo‘yicha to‘lovlar shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi» yozuvi bilan «Hisobga olindi» shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish hamda vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlash yo‘li bilan hisobga olinadi.
G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan yuridik majburiyatlar ro‘yxatdano‘tkazilganidan yokihisobgaolingandan so‘ng: - shartnomalarning ikki asli va to‘lovlar jadvallarining birinchi asli buyurtmachilarga qaytariladi, ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan shartnomalarning nusxasi, To‘lovlar jadvalining ikkinchi asli va buyurtmachilar tomonidan shartnomalar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa g‘aznachilik bo‘linmalarida saqlash uchun qoladi;
- yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning va To‘lovlar jadvalining birinchi asli buyurtmachilarga
qaytariladi, ikkinchi asli hamda Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa g‘aznachilik bo‘linmalarida saqlash uchun qoladi.
G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va hisobga olingan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobi «O‘RMV» ATda Shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) kitobida elektron ko‘rinishda yuritiladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan shartnomalar summasiga nisbatan moliyaviy majburiyatlarni kam miqdorda ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki hisobga olinishi natijasida yuzaga kelgan xarajatlarni qoplashga tegishli manba (byudjetdan ajratilgan mablag‘lar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari) bo‘yicha ishlatilmagan qoldiq mavjud bo‘lganida buyurtmachilar amal qilish muddati:
tugamagan shartnomalar bo‘yicha — tegishli hisobot davri uchun shartnoma summasini kamaytirishni va uni mazkur shartnoma bo‘yicha qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kelishuv tuzishi va g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etishi;
tugagan shartnomalar bo‘yicha — g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan shartnoma summasini kamaytirilishi va uni mazkur shartnoma bo‘yicha qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga muvofiqlashtirilishi uchun asos bo‘luvchi mazkur shartnoma bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan solishtirish dalolatnomasini tuzishi va g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etishi zarur.
Agar shartnomalar bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilishi asosli sabablarga ko‘ra keyingi moliya yiliga o‘tsa, buyurtmachilar mazkur shartnoma muddati tugaguniga qadar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzilgan solishtirish dalolatnomalari asosida shartnomalar muddatini uzaytirish, joriy moliya yilida qabul qilingan yuridik
majburiyatlar summasini yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) summasiga kamaytirish, shuningdek yetkazib berilmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yiliga o‘tkazishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kelishuvlar tuzishi mumkin. Bunda mazkur qo‘shimcha kelishuvlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) birligi narxining oshishini nazarda tutmasligi va ularning umumiy summasi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yetkazib berilmagan qismi bo‘yicha yuridik majburiyatlar summasidan oshmasligi shart.
Bunda mazkur qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olishda «O‘RMV» ATda ularning amal qilish muddati joriy yilning 31-dekabri sifatida kiritiladi.